Qo‘rg‘oshin minerallarini flotatsion xususiyatlari
Galenitni flotatsion xususiyatiga undagi qo‘shimchalar, ayniqsa mis katta ta’sir ko‘rsatadi. Galenitni cho‘ktiruvchi modda sifatida natriy sulfid tuzi qo‘llanadi (1kg/t gacha). Bunda sulfid ionlar galenitni sirtidagi ksantogenatni eritib, sulfidli plyonka hosil qilib, to‘plovchi reagent bilan reaksiyaga kirishmaydi. Undan tashqari galenit xrom tuzlaridan K2SrO4 va K2Sr2O7 bilan yaxshi cho‘ktiriladi. Ph=5-6 bo‘lganda galenit yaxshi cho‘ktiriladi.Bulardan tashqari galenitni cho‘ktirish uchun oksidlovchilar (kaliy permanganat, kalsiy xlorit tuzi), qaytariluvchilar (natriy sulfit, tilosulfat, oltingugurt (v1) oksidi, sulfit kislota) yoki ularni temir tuzlari bilan aralashmasi (temir kuporosi, temir xlorit tuzi) qo‘llaniladi. Natriy tiosulfat yoki natriy sulfitning temir kuporosi bilan birga aralashmasi galenitni cho‘ktirish uchun mis – qo‘rg‘oshin konsetratlarini ajratishda ishlatiladi. Galenitni shu bilan birga fosforli tuzlar yordamida xam cho‘ktirish mumkin (NaH2PO4, Ca(H2PO4) va H3PO4). SHu bilan birga organik birikmalardan kraxmal yoki dekstrin ishlatilishi mumkin. Sianid birikmalar galenitga ta’sir etmaydi. SHu sababli qo‘rg‘oshi-mis konsetratlarini ajratishda mis minerallarini cho‘ktirishda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinning oksidli minerallari, ayniqsa serussit va anglezit sulfgidril to‘plovchilari bilan yaxshi flotatsiyalanmaydi va shu sababli qo‘rg‘oshinning oksidli minerallari sulfidizatsiya jarayonidan keyin ksantogenatlar bilan flotatsiyalanadi. Qo‘rg‘oshinning oksidli minerallari sulfidizatsiyalanish xususiyatiga qarab uch guruxga bo‘linadi. Engil sulfidizatsiyalanuvchi va engil flotatsiyalanuvchi (serussit, anglezit va vulfenit); yomon sulfidizatsiyalanuvchi va kuchsiz flotatsiyalanuvchi (mimetizit va piromorfit); sulfidizatsiyalanmaydigan va flotatsiyalanmaydigan (plyumboyarozit). Oksidli qo‘rg‘oshin minerallarini yog‘ kislotali to‘plovchilari bilan, ya’ni olein kislotasi, natriy oleat, naten kislotasi va boshqa to‘plovchilar bilan flotatsiyalash mumkin. Qo‘rg‘oshin rudalarini flotatsiyasining texnologik sxemalari va reagentlari sulfidli qo‘rg‘oshin rudalarini boyitish texnologiyasi, galenitni katta – kichikligi, flotatsion aktivligi va undagi piritni miqdoriga bog‘liq. Kombinirlangan gravitatsiya – flotatsiya usuli yirik zarrachali galenit uchun qo‘llanilib, uning asosiy qismi og‘ir suzpenziyalarda boyitiladi yoki cho‘ktirish mashinalarida ajratib olinadi. Bu usul faqatgina qo‘rg‘oshin uchungina emas, balki qo‘rg‘oshin – rux va polimetall rudalar uchun xam qo‘llanadi. Galenitni flotatsiyalash ishqoriy muxitda, ya’ni ph=8 – 8,5 ga teng bo‘lganda ksantogenatlar yoki ditiofosfatlar ta’sir etib (30-60g/t) olib boriladi. Ruda tarkibidagi pirit esa sianid tuzlari yordamida yaxshi cho‘ktiriladi. Agar ruda tarkibida temir oksidlari va gidroksidi uchrasa, texnologik sxemaga konsentratsion stol va magnit separatsiyasi jarayonlari kiritiladi. Bu kabi kombinirlangan sxema Marokkoning “Mibladen”, GFR ning “Mexernix” fabrikalarida qo‘llanadi. Galenit va serussitni ketma – ket flotatsiyalash Fransiyaning “San-Sebastyan” va SHvetsiyaning “Vassbo” fabrikalarida qo‘llaniladi. CHet el fabrikalarida qo‘rg‘oshin asosan sulfidli rudalardan ajratib olinadi va faqat 25% gina aralash va oksidli rudalardan ajratib olinadi. MDHda aralash va qiyin boyitiluvchi rudalar 45 % ni tashktl etadi.
MDH davlatlarining Oltintopgan, Konsoy konlari, Yugoslaviyaning Trepcha, AQSHning Lourens, Bingel, Yaponiyaning Oxori, Kameoka, SHvetsiyaning Ammaberg koni rudalari skarnoli rudalar tipiga kiradi.
Metasomatik konlarida qo‘rg‘oshin va ruxning nisbati 1:0,8. Bu kabi rudalar AQSH ning Ledvill, Yurika, Tinnik konlarida uchraydi. Puch tog‘ jinslari kvars, dolomit, kalsit, ankerit va sideritdan iborat. Kolchedan rudalar uning tarkibida pirit va pirrotinni miqdori yuqoriligi, mineral tarkibining murakkkabligi bilan farq qiladi.
Kolchedan rudalar polimetall rudalar hisoblanib, qo‘rg‘oshin va ruxdan tashqari mis, oltin, kumush, kadmiy, kamroq miqdorda qalay, vismut va undan tashqari barit, flyuorit va pirit uchraydi. Qo‘rg‘oshin va ruxning nisbati 1:2,4 . Yirik kolchedan konlariga Tishinsk , Xolodninsk, Orlovsk, Ozyornoe, Jayronsk, Folizchaysk (MDX), Broken Xil va Maunt Ayza (Avstraliya), Tsumeb (Namibiya), Rammelsberg (GFR) konlari kiradi. Stratiform tipidagi rudalar qo‘rg‘oshin va ruxning miqdori yuqoriligi bilan farq qiladi (1:1nisbati). Masalan, Kanadadagi Sallivan ruda tarkibida 8,3% qo‘rg‘oshin va 6,5% rux, Marokkoning Bubekker koni rudasida 6% qo‘rg‘oshin va 5% rux bor.Bu rudalardagi puch tog‘ jinslari kvars, dolomit, barit hisoblanib, rudali minerallar esa galenit, sfalerit, oksidlangan zonada esa anglezit, serussit va smitsonitdan tashkil topgan. Borevsk va Mirgalimsaysk jilali konlarida qo‘rg‘oshin va ruxning nisbati 1:1,5. Bu tipdagi rudalar Mizursk fabrikasida qayta ishlanadi. Bolgariyaning 40 ta konida jilali rudalar uchraydi. Qo‘rg‘oshin tarkibli rudalar sulfidli, aralash va oksidlangan rudalarga bo‘linib, olingan qo‘rg‘oshin konsentratlari 3.2 jadvalda berilgan talablarga javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |