Ruxning asosiy minerallari xarakteristikasi
t/r
|
Mineral nomi
|
Formulasi
|
Ruxning miqdori,%
|
Zichligi,g/sm3
|
Qattiqligi
|
1
|
Sfalerit
|
ZnS
|
67,1
|
3,5-4,2
|
3-4
|
2
|
Smitsonit
|
ZnCO3
|
59,5
|
3,58-3,8
|
2,5
|
3
|
Kalamin
|
2ZnO*SiO2* H2O
|
53
|
3,4-3,5
|
4-5
|
4
|
Sinkit
|
ZnO
|
80,3
|
5,7
|
4
|
5
|
Villemit
|
2ZnO*SiO2
|
59,1
|
4,1
|
5-6
|
6
|
Franklinit
|
(Zn,Mn)O *Fe2 O3
|
-
|
5-5, 2
|
6
|
III BOB. Qo‘rg‘oshin-rux rudasini boyituvchi fabrikalar.
Tekeliysk qo‘rg‘oshin – rux boyitish fabrikasi
Bu fabrikada bir tekis va sochma qo‘rg‘oshin – rux rudalari boyitiladi. Asosiy rudali minerallar pirit, galenit va sfalerit bo‘lib ulardan tashqari pirrotin va slanets uchraydi. Puch tog‘ jinslari esa asosan oxaktosh va dolomitdan iborat. Og‘ir suzpenziyalarda boyitishdan avval ruda 40 mm gacha maydalanib boyitish bo‘limiga jo‘natiladi. U erda sinflarga ajratilgach -40 -+10 mm o‘lchamdagi ruda g‘ildirakli separatorga kelib tushadi. Maydalangan og‘ir fraksiya klasifikatorning qumi bilan birga yanchish va flotatsiya jarayoniga jo‘natiladi.
Leninogorskfabrikada boyitish og‘ir suzpenziyalarda g‘ildirakli separatorlarda olib boriladi (klass -100+12 mm). Suzpenziyaning zichligi 2,8 g/sm3 . Engil fraksiya KMD -2200 maydalagichida maydalanadi.
6-Jadval
Tekeliysk koni rudalarini og‘ir suzpenziyadagi boyitish natijalari , %
|
Og‘ir fraksiya
|
Engil fraksiya
|
Pitanie (klass -40+10 mm)
|
Chiqish
|
62,4
|
37,6
|
100
|
Tarkibi :
Qo‘rg‘oshin
Rux
|
2,95
4,07
|
0,41
0,55
|
1,99
2,75
|
Mahsulotni ajratib olish foizi:
Qo‘rg‘oshin
Rux
|
92,3
92,5
|
7,7
7,5
|
100
100
|
CHet el fabrikalarida qirqdan ortiq og‘ir suzpenziyalarda boyitish jixozlari bo‘lib ularda qo‘rg‘oshin – rux rudalarining yigirma foizi boyitiladi. Og‘ir suzpenziyalarda boyitish maydalangan rudaning o‘lchami 50-70 mm dan katta bo‘lmagan va 3-4 mm dan kichik bo‘lmagan rudalar uchun mo‘ljallangan. Ferrosilitsiyning sarfi 200g/t . Bunda suzpenziyaning zichligi 2,65 -2,95 g/sm 3 . Og‘ir suzpenziyalarda boyitishda chet el fabrikalarda Vemko va Dryuboy separatorlari qo‘llaniladi. Gidrotsiklonlarning diametri esa 300-750 mm bo‘lib konus burchagi 20-40 0 bazan esa 60 0 ni tashkil etadi. Qo‘rg‘oshin – rux rudalarini flotatsiya usulida boyitish ko‘pgina fabrikalarda selektiv sxema yordamida amalga oshiriladi, ya’ni yanchilgan ruda avval qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga kelib tushadi va unda sfalerit cho‘ktiriladi. Keyin sfalerit mis kuparosi bilan aktivlantirilib, rux flotatsiyasi o‘tkaziladi. Rux konsentratini sifatini oshirish maqsadida boyitish yuqori ishqoriy muhitda olib boriladi va pirit cho‘ktiriladi. Agar ruda tarkibida piritning miqdori yuqori bo‘lsa, rux flotatsiyasi chiqindisidan pirit konsentrati ajratib olinadi. Kollektiv – selektiv flotvsiyasi sxemasi kamroq qo‘llanilab uning asosiy sababi qo‘rg‘oshin – rux konsentratini ajratish jarayonining qiyin ekanligida va qo‘shimcha dessorbsiya jarayonini kiritishda. Kollektiv – selektiv sxema Olmaliqning mis – qo‘rg‘oshin boyitish fabrikasi (MDX), “Anakonda” fabrikasida (AQSH) va “Zinkgrivan” (SHvetsiya) va YAponiyaning ba’zi bir fabrikalarida qo‘llaniladi. YAnchishning I bosqichidan keyin ruda zarrachalarining 0,074 mm o‘lchamdagi zarrachalari 60 % ni (ba’zan 45-50%) , II bosqichidan keyin esa 85-90 % ni tashkil etadi. Kollektiv – selektiv flotatsiyada olingan kollektiv konsentrat ajratishdan avval qayta yanchiladi. Qo‘rg‘oshin – rux flotatsiyasida to‘plovchi reagent sifatida asosan ksantogenatlar (butil, etil, izopropil) va xar xil ditiofosfatlar ishlatiladi. MDH boyitish fabrikalarida butilksantogenati yoki uni etilksantogenati bilan aralashmasi 2:1 nisbatda, xamda izopropilksantogenati bilan butilksantogenati aralashmasi keng qo‘llaniladi. Ko‘pik xosil qiluvchi reagentlar sifatida chet el fabrikalarida metilizobutilkarbinol keng qo‘llaniladi. Bu reagent AQSHda 69 % qo‘rg‘oshin – rux rudalari uchun ishlatilsa, 18 % qo‘rg‘oshin – rux rudalari uchun Daufros 250 va 19 % li Daufros 10-12 yordamida olib boriladi. AQSH da ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar 68 g/t ni, Kanadada 18 g/t ni tashkil etadi. Muhit sozlovchi reagent sifatida soda (1400 g/t) va oxak (1000g/t) ishlatiladi. Kollektiv – selektiv sxemasida qo‘rg‘oshin – rux konsentratini ajratishdan avval dessorbsiya jarayoniga kelib tushadi. Bunda natriy sulfidning sarfi 4-6 kg/t ni tashkil etib, pulpadagi qattiq qismi 60-65 % ni tashkil etadi. Dessorbsiyadan so‘ng sfalerit cho‘ktirilib, galenit boyitiladi. Qo‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisi
oxak qo‘shilib mis kuparosi bilan aktivlashtirilgach, to‘plovchi reagent qo‘shilib sfalerit boyitiladi. Rux flotatsiyasi chiqindisidan ishqoriy muxit neytral xoliga keltirilgach, to‘plovchi reagent va ko‘pik xosil qiluvchi reagent qo‘shilib, pirit konsentrati ajratib olinadi. MDH ning Sentralnaya boyitish fabrikasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri boyitish sxemasi qo‘llaniladi. Bu fabrikada Axobinsk , Novo-Monastirsk va Verxniy koni rudalari qayta ishlanadi. Ulardagi oksidlangan va sulfidlangan rudalarni tuzilishiga qarab rudalar sulfidli (Verxniy koni rudalari ) va aralash (Axobinsk va Novo-monostirsk koni rudalari) rudalarga bo‘linadi. Sulfidli rudalarda qo‘rg‘oshinning 91 %i galenitdan iborat bo‘lib, ruxni 93 %i marmatit va kleofandan iborat. Aralash rudalarda esa ruxning oksidli turi 28 % gacha, qo‘rg‘oshin esa 29 % gacha bo‘lib, asosan serussit va plyumboyarozitdan tashkil topgan. Galenit va sfaleritdan tashqari massiv rudalar pirrotin va pirit, arsenopirit, xalkopirit va markazitdan iborat. Qo‘shimcha minerallar kvars va karbonatlar, xlorit va seritsitdan iborat bo‘lishi mumkin. Ruda tarkibida asosiy qimmatbaxo minerallardan tashqari flotatsiya jarayonini murakkablashtiruvchi anglezit, piromorfit, xalkozin, kovellin, smitsonit va temirgidroksidi uchraydi. Ruda (4.3 rasm) to‘g‘ridan – to‘g‘ri selektiv flotatsiya sxemasi yordamida boyitiladi. Bunda butil va izopropil ksantogenatlari aralashmasi 2:1 nisbatda va zaxarli bo‘lmagan ko‘pik xosil qiluvchi reagent dimetilftalat (D-3),hamda sulfidizatsiya jarayoni uchun natriy sulfid va ammoniy sulfat aralashmasi ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin konsentrati tarkibidagi pirit miqdorini kamaytirish maqsadida birinchi qo‘rg‘oshin flotatsiyasidan avval pulpaga ph 9- 9,5 bo‘lgunga qadar oxak qo‘shiladi va keyin rN ni 8-8,3 gacha kamaytirish maqsadida alyuminiy sulfat qo‘shiladi . Sulfidli rudalarni boyitish natijasida 74-75 % qo‘rg‘oshin bo‘lgan qo‘rg‘oshin konsetrati (ajratib olish foizi 93-95 %) hamda tarkibida 52-53 % rux bo‘lgan rux konsetrati (ajratib olish foizi 92-94 %) ajratib olinadi. Aralash rudalarni boyitish natijasida 60-62 % qo‘rg‘oshin konsentrati (ajratib olish foizi 87-90 %) va 46-47 % rux konsetrati (ajratib olish foizi 80-82 %) ajratib olinadi. Fabrikada pulpa tarkibini o‘zgarishiga qarab reagentlar avtomatik ravishda uzatiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |