Konchilik ishi va metallurgiya



Download 4,62 Mb.
bet78/206
Sana03.01.2022
Hajmi4,62 Mb.
#315394
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   206
Bog'liq
2021 ЯНГИ УМК

5-amaliy mashg‘ulot.


Variantlar

Variant

Xonaning uzunigi (A)

Xonaning eni (B)

Xonaning balandligi (H)

Yoritish turini tanlaymiz

hR

Yorug’lik oqimi uchun koyfisent (η)

EH – me’yoriy yoritilish


KSS yoritgichlari uchun turi

(λ)

zahira koeffitsiyenti (K )

Yoritilishning tengsizlik koeffitsiyenti (Z)


1

7,2

5,6

3,2

LB40-1

0.8

0.59

300

D

1.4

1.1

2

8,5

6,7

3,8

LB40-1

0.8

0,65

300

K

1,6

1.1

3

7,5

5,7

3,4

LD40-1

0.8

0,69

500

G

1,5

1.1

4

9,5

8,2

3,5

LB65-1

0.8

0,89

400

M

1,8

1.1

5

10,5

9,2

4,5

LD65

0.8

0,63

200

L

1,7

1.1

6

11,5

10,2

3,7

LB80-1

0.8

0,67

300 −500

D

1.4

1.1

7

6,5

4,8

3

LB18-1

0.8

0,68

100

K

1,6

1.1

8

8,2

6,8

3,6

LETS18

0.8

0,60

300

G

1,5

1.1

9

9,2

7,8

4

LB36

0.8

,065

500

M

1,8

1.1

10

10,2

9,8

4,2

LETS36

0.8

0,69

400

L

1,7

1.1

Sun’iy yoritilishni hisoblash.



Xonalarning sun’iy yoritilishini lyuminessen lampalardan foydalanish orqali hisoblash.

  • Buxgalteriya xonadagi sun’iy yoritilganlikni aniqlash.Xonada personal elektron –hisoblash mashinasi (PEVM) ishlatiladi

  • Dastlabki ma’lumotlar:

  • Xonaning uzunigi A = 7,2 m;

  • Xonaning eni V = 5,6 m;

  • Xonaning balandligi N = 3,2 m;

  • Qaytgan (aks etgan) koeffitsiyent:

shiftning ρn = 70 %;

devorlarning ρc = 50 %;

ishchi yuzaning ρR = 30 %

1.Yorug’lik manbasini tanlaymiz. Eng iqtisodiy oq rangli lampalarni ishlatamiz LB.

2.Yoritgich turini tanlaymiz. Qatorli yoritgichlarni ikki lampali LV003-2x40-001 turini LB40 ning KSS si bilan D turidan foydalanamiz.

3.Yoritgichning shiftdanilib osilib turishini hS = 0 m deb qabul qilamiz.

4.Ishchi yuzaning balandligini OST 32.120-98 (jadval. 4) ga binoan hR = 0,8 m deb qabul qilamiz.

Jadval 6

Ishlab chiqarish korxona xonalarining yoritilish normalari

(izvlechenie iz OST 32.120-98).

Sex,uchaska, ish o’rni va uskunalarining nomlanishi

Tekislik yuzasining meyyoriy yoritilishi


Ko’rish uchun begilangan ish razryadi


Umumiy yoritilish

Yoritilganlik, lk

Gaz raz- ryadli lampalar

Chug’lanma lampalar


Texnik hizmat ko’rsatish sexi TO-3, TO-4, joriy (hozirgi) ta’mirlash TR-1, texnik hizmat ko’rsatish punkti TO-2, singdirilgan-quritish maydoni, yuvish mashinalari, nasos stansiyalari, strelali (temir yo’l) postlar

G-0


VI


150*


75*


Sexning joriy (hozirgi) ta’mirlash

TR-2, TR-3, kapital (remonta) ta’mirlash KR-1, KR-2, elektr mashinalarini ta’mirlash bo’limlari



G-0


VI


200


100

Yig’ish (sborka qilish, elektroapparatnыy,elektromashina sexi, joyidan jilmay aylanadigan (buksovoy)detallarni ta’mirlaydigan sex, elektrolit i dissillyatorli xonalar

G-0,8


VI

200


100

Telejkali, g’ildirakli, mexaniqli, uskunali, dizel sexi, refrijeratorli harakatlanuvchi tarkibli va passajirli vagonlarsh ta’mirla,muzlatgchlixonalar va uskunalar , yonilg’ili apparaturalar, termik bo’limlar, vagon – g’ildirakli utaxonalar


G-0,8

Va

300


200

Payvandlash bo’limlari, detallarni ko’ydirish va toblash (qizdirish) pechilari

G-0,5

VII

300

150

5. Yoritgichning shiftdanilib osilib turishini aniqlash(1) quydagicha



HR = H – hS – hr

N – xonaning balandligi, m;

hS – Yoritgichning shiftdanilib osilib turishi, m;

hR ish yuzasining balandligi yoki tekisligi m.
HR = 3,2 0,8-0 = 2,4 m.

6.Lyuminessent yoritgichlarning qatorlar orasidagi optimal masofasini L aniqlash fomulasi (2), jadval bo’yicha. (5)



L = ∙ NR , (2)

Bu yerda L – yoritgichlar orasidagi yoki qatorlar orasidagi optimal masofasi, m;



HR – Yoritgichning shiftdanilib osilib turishi, m;

 − yoritgichlar orasidagi masofani aniqlash uchun koeffitsiyent.

Tavsiya etiluvchi jadvalda keltirilgan. 5 [16].

jadval 7

KSS turudagi yoritgichlar uchun tavsiya etiluvchi  .


KSS turi

S

E

Konsentrlangan (boyetilgan, tuyingan) (K)

Uzoqa chuzilgan (chuqurlashgan) (G)

Kosinusli (D)

Teks, bir me’yorda (M)

Yarimkengaygan (L)


0,6

0,9


1,4

2,0


1,6

0,6

1,0


1,6

2,6


1,8

Izoh. S lyuminessent lampalar uchun tavsiya etiladi, E – qolgan xollarda.
D turudagi KSS yoritgichlari uchun λ = 1,4 deb qabul qilamiz:

L = 1,4 · 2,4 = 3,4 m.

7.Yoritgichlarning qatorlar sonini N quydagi fomula orqali aniqlaymiz (3):



Bu yerda V -xonaning eni ,m;



L- yoritgichlar orasidagi yoki qatorlar orasidagi optimal masofasi, m;

N = 5,6/3,4 = 1,6.

N = 2 deb qabul qilamiz.

8 OST 32.120-98 (jadval.6) dan personal elektron –hisoblash mashinasi (PEVM) ishlatiladigan xona uchun normal yoritilishni tanlaymiz



Jadval 8
Umumiy va yordamchi bino (xona)lar uchun lyuminessent lampalar orqali yoritilish

normasi (OST 32.120-98)



Xonalar

Tekislik yuzasining yoritilishi normalash


Yoritilganlik, lk,


Kabinetlar, ishchi xonalar

Proyektli zallar, chizma byurolar

Mashina yozuvli va mashina hisobli byurolar

Majlislar zali



personal elektron –hisoblash mashinasi (PEVM) ishlatiladigan xona

passajirlar dam olishi uchun xonalar

elektrli markazlashtirish posti


G-0,8

G-0,8


G-0,8

G-0,8


G-0,8
G-0,8

G-0,8



300

500


400

200


300 − 500
100

300



EN = 400 lk.

9 Xonaning yuzasini quydagi formula orqali aniqlaymiz (4):



S = A ·B .

Bu yerda A = xonaning uzunigi,m;

V = xonaning eni, m;

S = 7,2 · 5,6 = 40,3 m2.

10 Zaxira koeffitsiyentini tanlaymiz jadval. 7



Jadval 9

Zaxira koeffitsiyenti (OST 32.120-98).


Xona

Xonalar misolida

Koeffitsiyent zapasa, k

Havo muhitli ishlab chiqarish xonasi:

a) chang,tutun, 1 dan 5 mg/m3 gacha sust harakatlanuvchi

b) 1 mg/m3 cha chang, tutun sust harakatlanuvchi


Chlangarlik sexi, metal quymachilik,payvandchilik, yig’ish (sborka qilish) , KR-1, KR-2
Sex TR-1, TR-2, mexaniqli, rolikli bo’limlar, vagon-g’ildirakli ustaxonalar, elektromashinali sexlar

1,6 – 1,8

1,4 – 1,5




Umumiy va yordamchi xonalar, passajirli bino normal muhit va sharoitli vokzallar

Kabinetlar va ishchi xonalar, VDT va PEVM li xonalar, o’quv xonalar, laboratoriyalar, majlislar zali, kassa zallari

1,4


K = 1,4.

11 Yoritilishning tengsizlik koeffitsiyenti quydagicha qabul qilamiz (. p. 3)

Chug’lanma lampalar uchun, DRL va DRI Z = 1,15,

lyuminessent lampalar uchun Z = 1,1.



Z = 1,1.

12 Xonaning indeksi φ quydagi formula orqali aniqlanadi (5):



 

φ = 40,3/2,4 (7,2 + 5,6) = 1,3.

13 Yorug’lik oqimining koeffitsiyentini η ishlatamiz

Yorug’lik oqimi uchun ishlatiladigan koeffitsiyentlar


D turda KSS li yoritkichlar uchun ρn = 0,7, ρc = 0,5, ρr = 0,3 xonaning indeksi φ =1,3 interpolyatsiyasini quydagicha qabul qilamiz η = 0,59.

14 bir qator yoritgichlarning talab qilinuvchi yorug’lik oqimini quydagi formula yordamida aniqlaymiz (6):



F = EH S K Z / N

Bu yerda F – bir qator yoki bir dona lyuminessent yoritgichlarning talab qilinuvchi yorug’lik oqimini , lm;

EH – me’yoriy yoritilish SNiP 23-05-95 yoki OST 32.120-98 bo’yicha, lk;



S – maydon yuzasi, m2;

K – zahira koeffitsiyenti;

Z – Yoritilishning tengsizlik koeffitsiyenti;

N – lyuminessent lampalar yoki qatorlar soni, dona;

 − ishlatiladigan yorug’lik oqimining koeffitsiyentini.
F = 400 · 40,3 · 1,4 · 1,1/2 · 0,59 = 21 038 lm

15 Bir qatordagi yoritgichlar sonini quydagi formula yordamida aniqlaymiz (7).



n =F / Fsv,, (7)

Bu yerda n –bir qatordagi lyuminessent yoritgichlarning soni, dona.;

Fsv – Bitta yoritkichning yorug’lik oqimi, lm.

LB40-1 lampali yorug’lik oqimini jadval. 9


Jadval 10

Lyuminessent lampalarning texnik ma’lumoti.


Lampa turi

Quvvati, Vt

Belgilangan yorug’lik oqimi, lm

Lyuminessent lampalarningumumiy ko’rsatgichlari (GOST 6825-74)

LB15-1

LD15


LB20-1

LD20


LB30-1

LD30


15

15

20



20

30

30



835

700


1200

1000


2180

1800


LB40-1

LD40-1


LB65-1

LD65


LB80-1

LD80


40

40

65



65

80

80



3200

2600


4800

4000


5400

4300


Energiya tejamkor lyuminessent lampalar (GOST 6825-91)

LB18-1

LETS18


LB36

LETS36


LB58

LETS58


18

18

36



36

58

58



1250

850


3050

2150


4800

3300



Izoh. Lampalar turidagi harf va raqamlarning o’qilishi: L – lyuminessentnaya (lyuminessentli), B – belaya (oq), D – dnevnaya (kunduzgi), E – estestvennaya (tabiiy), S – s uluchshennoy svetoperedachey (yaxshilangan rang uzatuvchili); harflardan keyingi raqamlar – lampaning quvati vattlarda,ohirgi raqam– modifikatsiya raqami.
Fl = 3200 lm. Ikki lampali LB40-1 yoritgichning yorug’lik oqimi

Fsv = 2 · Fl = 2 · 3200 = 6400 lm.

n = 21 038/6400 = 3,3 dona.

n = 3 deb qabul qilamiz.

16 Yoritilganlik aniqligini quydagi formula yordamida topamiz Efakt (8).

  • lyuminessent yoritkichlar uchun

Efakt = ENFfakt / F.

Bir qator yoritgichlarning yorug’liklar oqimining aniqligi:



Ffakt = n Fsv= 3 · 6400 = 19 200 lm,

Efakt = 400 · 19 200/21 038 = 365lk.

17 Yoritilganlikni normal miqdordan og’ishi Δ quydagi formula yordamida topamiz (9):

=100(Efakt − EN) / EN, (9)

Be yerda − Yoritilganlikni normal miqdordan og’ishi,%.



Δ = 100(365 – 400)/400 = – 8,75 %.

18 Yoritilganlik normal miqdordan 8,75 % ga kam bo’lib bu og’ishi SN va Q 23-05-95 talablarini qoniqtiradi.



6-Mavzu. Elektr tokidan himoyalanish vositalari.

Ishning maqsadi: Elektr tokidan himoyalanishning asosiy va qo‘shimcha vositalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish.

Darsning obyekti va jihozi: Mavzuga oid bo’lgan ilmiy-metodik adabiyotlar, fakultet xonasi.

Ishning bajarilish tartibi: Talabalar eng avvalo ishning nazariy qismini o’qib o’rganib, so’ngra daftarga yozib oladi, mavzu yuzasidan qisqacha hisobot yozishga hozirlik ko’radi

5-rasm. Elektrdan himoyalash vositalari:


1-izolyatsiyalovchi shtangalar, 2-izolyatsiyalangan omburlar, 3-dielektrik qo‘lkoplar, 4-dielektrik botilar, 5-dielektrik kalishlar, 6-rezina gilamchalar va dorojkalar,
7-izolyatsiyalangan ostquymalar, 8-izolyatsiyalangan dastakli elektromontyor asboblari, 9-tok o‘lchaydigan omburlar ta’siridan va hokazolardan himoyalash uchun xizmat qiluvchi asbob-uskunalar, moslamalariga va qurilmalarga aytiladi.
Ishlatilish vazifasiga ko‘ra himoya qilish vositalari quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:

1) Kuchlanish ostida ishlash uchun qo‘llaniladigan asboblar (izolyatsiyalangan shtangalar, izolyatsiyalangan omburlar, dastasi izolyatsiyalangan asboblar).

2) Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskuna, jihozlardagi kuchlanishni topish va o‘lchash uchun qo‘llaniladigan asbob va moslamalar (kuchlanishni bor-yo‘qligi va qutbni tekshirish uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari, o‘lchash shtangalari, tok o‘lchash omburlari)

3) Ishlovchi kishilarni xavfsizligini ta’minlashda qo‘llaniladigan izolyatsiyalangan vositalar (biror-bir ishni bajarish uchun saqlagichlari bo‘lgan izolyatsiyalangan omburlar, izolyatsiyalangan narvonlar, rezinadan ishlangan dielektrik qo‘lqop, botilar, kalishlar, gilamchalar)

4) Ko‘chma yyerga ulagichlar va ularni yotqizish uchun shtangalar

5) Saqlash vositalari (muvaqqat to‘siq, izolyatsiyalangan qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynagi, elektromontyorlar kamari, kaskalar va ogohlantiruvchi plakatlar).

Barcha izolyatsiyalangan himoya vositalari asosiy va qo‘shimcha himoya vositalariga bo‘linadi:

Asosiy himoya vositalari deb, izolyatsiyasi elektr uskunalarning ishchi kuchlanishlariga ishonchli ravishda chiday oladigan va ular yordamida kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish va kichik hajmdagi ta’mirlash ishlarini bajarish mumkin bo‘lgan himoya vositalariga aytiladi. Shuning uchun asosiy himoya vositalari elektr uskunaning ishchi kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan kuchlanish ostida sinaladi: bu kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan uch marta ortiq bo‘lishi yoki neytral bilan kompensatsiyalovchi apparatlar orqali izolyatsiyalangan, yoki yyerga ulangan uskunlarda qo‘tub kuchlanishdan kamida uch marta katta bo‘lishi lozim.

Asosiy himoya vositalari dielektrik harakteristikasi turg‘un bo‘lgan materiallardan (plastmassalar, bakelit, chinni, ebonit, va hokazolardan) tayyorlanadi.

Q­o‘shimcha himoya vositalari deb, berilgan kuchlanishda tok bilan shikastlanishdan mustaqil holda himoya qila olmaydigan vositalarga aytiladi. Ular kuchlanish ostidagi qismlarga bexos tegib ketishidan, elektr eyidan va uning yonish ma’so‘lotlari ta’siridan, quyishdan himoya qilishda yordamchi vosita hisoblanadi.


Elektr tokidan himoyalanish vositalarining klassifikatsiyasi

Jadval 11.



Himoya vosi

talarining turi



Elektr uskunlarining kuchlanishi quyidagicha bo‘lganda ishlatiladigan himoya vositalarini nomi, V da

1000 gacha

1000 dan ortiq

Asosiylari

Izolyatsiyalangan shtangalar, izolyatsiyalangan va elektr o‘lchash omburlari, dielektrik qo‘lqop, dastasi izolyatsiyalangan asboblar, kuchlanish ko‘rsatgichlari.

Tezkor o‘lchash shtangalari, izolyatsiyalangan tok o‘lchash omburlari, kuchlanish ko‘rsatgichlari, remont ishlari uchun izolyatsiyalangan qurilma va moslamalar, izolyatsiyalangan narvonlar, maydonchalar va xokazolar.

Qo‘shimcha

Dielektrik kalishlar, dielektrik rezina gilamchalar, izolyatsiyalangan ostqo‘ymalar.

Dielektrik qo‘lqoplar va botilar, dielektrik rezina gilamchalar, izolyatsiyalangan ostqo‘ymalar.

Elektr tokidan himoyalovchi vositalarni quruq havoda ishlatish lozim. Yomg‘ir qor yog‘ayotganda, tuman, qirov tushganda ulardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Sinov muddati tugagan himoya vositalarini (sinov o‘tkazgan laboratoriya himoya vositasiga qo‘ygan muhrda bu muddat ko‘rsatilgan bo‘ladi) ishlatishga ruxsat etilmaydi.

Foydalanishdan oldin himoya vositalarining ishga yaroqliyligi tekshirilib ko‘riladi.

Himoya vositalarini saqlash uchun berk binolardan mahsus joy ajratiladi. Bu joy shtanga, ko‘chma yerga ulash vositalari, ogohlantiruvchi plakatlarni osish uchun ilgaklar bilan, qo‘lqoplar, botilar, rezina gilamchalar, himoya ko‘zoynaklari, gazga qarshi va kuchlanish ko‘rsatgichlarini saqlash uchun shkaflar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Kuchlanish ko‘rsatgichlari va elektr o‘lchash omburlari g‘iloflarda, gazga qarshi niqoblar esa mahsus sumkalarda saqlanadi.

Ishlatilayotgan asosiy va qo‘shimcha himoya vositalari vaqti-vaqti bilan sinovdan o‘tkaziladi va ko‘zdan kechirib chiqiladi. Sinov kuchlanishi sinaladigan buyum orqali o‘tadigan tokning ruxsat etilgan qiymati, sinov va ko‘zdan kechirishlarning muddati “Elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalaridan foydalanish va ularni sinash qoidalari” da belgilangan.



1.Izolyatsiyalangan shtangalar. Izolyatsiyalangan shtangalardan tezkor ishlarda, izolyatsiyani o‘lchash va tekshirishda, yerga ulash ishlarini bajarishda foydalaniladi.

Izolyatsiyalangan universal o‘lchash shtangasi SHI quyidagi asosiy uchta qism, (ishchi, izolsiyalangan va dastak) dan iborat. Shtanganing ishchi qismi sim 6 lar yordamida o‘lchash asbobi 1 ga ulanadigan, ikki juft almashiladigan shup 3 lar bo‘lgan, olinadigan kallak 5 dan tashkil topgan.

Olinadigan kallak uchlari metall qalpoqcha 4 bilan berkitilgan va almashinadigan shuplarni maxkamlash uchun xizmat qiladigan vinti bakelit quvurdan iborat. Almashinadigan shuplar konstruksiyasi o‘tkaziladigan o‘lchov harakteriga qarab turlicha bo‘ladi. Bakelit quvur ichida o‘lchash asbobiga ketma–ket qilib qo‘shimcha qarshilik ulangan. Bu qarshilik o‘lchash chegarasini kengaytirish imkonini beradi.

Olinadigan kallak to‘tqich bilan prujinalangan (qisiladigan) sharnirli birikma 2 ga ega. Kallak to‘tqich o‘qiga nisbatan 45° gradusga og‘ganda ham uning yordamida kuchlanishni o‘lchash mumkin.

SHtanganing izolyatsiyalangan qismi po‘lat muftalar 7 bilan biriktirilgan uchta bakelit quvurdan iborat. Quvurlarning diometri bir-biriga rezbalar yordamida biriktiriladigan darajada tayyorlangan.

Bundan maqsad ularni tashish va saqlashda izolyatsiyalangan qismni shikastlanishdan saqlashdir. Bakalet quvurlardan biriga shtanganing texnik ma’lumotlari va keyingi sinov muddatini sanasi yozilgan tablichka 8 (yoki muhr) mahkamlab qo‘yiladi.




6-rasm.SHI universal o‘lchash shtangasi:
1-o‘lchash asbobi, 2-prujinalanadigan birikma, 3-almashinadigan shup, 4-qalpoqcha,
5-olinadigan kaltak, 6-sim, 7-po‘lat mufta, 8-tablichka, 9-cheklash halqasi, 10-dasta.
Shtanganing izolyatsiyalangan qismi dasta 10 cheklash halqasi 9 bilan ajratilgan. Izolyatsiyalangan qism va dastaning o‘lchamlari ishchi kuchlanishlarga qarab qoidada ko‘rsatilgan me’yoriy ko‘rsatgichlar yordamida tanlanadi.
Izolyatsiyalangan va tok o‘lchaydigan omburlar.
Izolyatsiyalangan omburlar (1-rasm) saqlagichlar yordamida izolyatsiyalangan qalpoqlarni kiygizish hamda chiqarish va boshqa jarayonlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Ular uchta qismdan iborat. 1. Ishchi qismi-lab; 2. Izolyatsiyalangan qism; 3.Dasta. Asosiy qismlari izolyatsiyalangan materialdan tayyorlanadi. 10 kV gacha kuchlanish uchun 0,45m, 10-35 kV kuchlanishlar uchun 0,75m bo‘ladi.

O‘tkazgichlarni bo‘tunligini saqlagan holda ulardagi tok kuchi, tok o‘lchagich omburlar bilan o‘lchanadi. Ularning ishchi qismi cho‘lg‘amli ajraladigan magnitli o‘tkazgichdan iborat. Cho‘lg‘amga omburning ishchi qismi mahkamlangan ampermetr o‘lanadi..

Qutblar orasida yoki yerga tomon himoyalovchi qatlam shikastlanmay elektrik oqim bo‘lmagandagina ular yordamida o‘lchash mumkin. Kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lgan kabellarda, kabelning simlari izolyatsiyalangandagina va ular orasidagi masofa 250 mm dan

Kuchlanish ko‘rsatkichlari.
1000 V dan ortiq bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatkichlari mahsus asbob bo‘lib, uning ishlash tamoili (prinsipi), asbobdan sig‘im toki o‘tganda neon chiroqning nurlanishiga asoslangan. Kuchlanish ko‘rsatgichi quyidagi asosiy uchta qismlardan iborat. 1. Ishchi qism 5, izolyatsiyalangan qism, 3 dasta.

1. Ishchi qismi signal neon chiroq 6 montaj qilingan bakelit quvurdan iborat. Signal chiroq metall shup uchlik 7 va kondensator 8 bilan tutashgan. Tablichka (muxr) 2 da (ko‘rsatgichning) ish ko‘rsatgichi va keyingi sinov muddati ko‘rsatiladi. Gabaritlarni katta-kichiq qilish uchun izolyatsiyalangan qismni ishchi qismdan vintli ajratgich joyi 4 bo‘yicha ajratiladi.

500 V gacha kuchlanishda ishlaydigan elektr qurilmalarida nosozliklar tufayli vujudga keluvchi qurilma qobig‘laridagi kuchlanishni aniqlash uchun aktiv tokning neon chiroq orqali oqib o‘tishi tamoyilida (prinsipida) ishlaydigan UNN-90, TI-2 tok izlagichlaridan foydalaniladi.


7-rasm.UV-80 yuqori kuchlanish ko‘rsatkichi (a va b) ning va TI-2 past kuchlanishli tok izlagichning tuzilishi hamda sxemasi.1-dasta, 2-navbatdagi sinov vaqti quyilgan tablichka (muxr), 3- izolyatsiyalangan qism, 4-vintli ajratish joyi, 5-ish qismi, 6-signal chiroqi, 7-metall shup (uchlik) 8-kondensator, 9-rezistor.
Bu tok rezistorlar 9 bilan cheklanadi. CHiroq rezistorlar va tok o‘tkazuvchi qismlarga tegiziladigan shuplar 7 izolyatsiyalangan materialdan ishlangan dastaga o‘rnatiladi.

Dastasi izolyatsiyalangan asboblar.
Dastasi izolyatsiyalangan asboblar asosiy himoya vositasi sifatida faqat kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan uskunalarda ishlatiladi. Asbobning dastalari cheklovchi tirakka, darzsiz va g‘adir -budursiz silliq izolyatsiya qoplamasiga ega bo‘lishi kerak. Qoplama namga chidamli, mo‘rt bo‘lmagan izolyatsiya materialidan kamida 10 sm uzunlikda yasalib metall qismlarga zich joylashishi kerak va ishlatayotgan mo‘taxasisning qo‘lini metalldan to‘la izolyatsiya qilish lozim. Asbob tayyorlangandan keyin 2,0kV kuchlanish ostida 1 minut davomida sinaladi.

Sinash vaqtida izolyatsiyalangan dastalarning izolyatsiyalangan qoplamalari suvdan 1 sm chiqib turadigan qilib unga botiriladi. Transformatordan asbobning metall qismlariga va suv to‘ldirilgan idishga kuchlanish beriladi.




8-rasm. himoya vositalari–qo‘lkoplar, izolyatsiyalangan dastali asboblar va kalishlarni oshirilgan kuchlanish bilan sinashning prinsipial sxemasi.
O‘chirib-yokish (rubilnik) moslamasi-qurilmani ulash va uzish ikki kutbli rubilnigi, A-qurilmani avtomatik uzish uchun maksimal tok avtomati, AT-rostlovchi avtotransformator, BK-qurilmaga olib boruvchi eshikning blok kontaklari,V-voltimetr, Tr-kuchaytiruvchi transformator, R-gazarazryadnik, DR- drosil, T-tok keltirgichlar, I-izolyator.

Agar izolyatsiyalangan qoplama berilgan kuchlanishga chidasa, asbob yaroqli hisoblanadi.



Izolyatsiyalangan ost qo‘ymalar.
Izolyatsiyalangan ost qo‘ymalar ishlovchi xodimni yerdan izolyatsiyalash (muhofazalash) uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ular turli xil kuchlanishga mo‘ljallangan saqlagichlar, elektr dvigatellarni yurgizib yuborish qurilmalari, ajratkich simlari va berk elektr uskunalaridagi ishga tushirgich bilan jarayonlarni bajarishda qo‘shimcha xavfsizlik vositasi sifatida foydalaniladi.

Izolyatsiyalangan ost quymalar (1-rasm) chinnidan ishlangan tayanch izolyatorlarga mahkamlangan to‘shamadan iborat. Poldan to‘shamaning pastki sirtigacha bo‘lgan izolyatorlarni balandligi 7 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘lchami 50 X 50 sm yoki undan ortiq bo‘lgan to‘shamalar yog‘och bo‘laklaridan oralarida 3 sm tirqishli qilib ishlanadi. Ularga metall mahkamlagichlar ishlatilmasligi kerak. Tayyorlangandan so‘ng ostqo‘ymalar 40 kV kuchlanish ostida 1 minut davomida sinaladi va ularning mexaniq mustahkamligi 350 kg/m2 yuk bilan tekshiriladi. Keyinchalik ular har yarim yilda 1 marta ko‘zdan kechirib chiqiladi.



6. Dielektrik rezinadan ishlangan himoya vositalari.

Kishini yerdan va tok o‘tuvchi qismlardan izolyatsiyalash uchun dielektrik rezinadan ishlangan quyidagi buyumlar: qo‘lqop, boti, kalish va gilamchalardan foydalaniladi.

Dielektrik rezindan tayyorlagan oyoq kiyimi odatdagi oyoq kiyimidan laklanmaganligi bilan farq qiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki rezina dielektrik sifatining yaxshi emasligi bilan ayniqsa nam, yorug‘lik, yuqori harorat, moy, benzin, kislotalarning ta’siridan osongina mexaniq shikastlanishi bilan farq qiladi. Shuning uchun rezinadan ishlangan himoya vositalari berk shkaf yoki yashiklarda saqlanishi kerak.

Shu sababli ham bunday vositalardan foydalanishdan oldin sinchiqlab qarab chiqiladi, dielektrik qo‘qoplar esa zichlikka tekshiriladi. Buning uchun ularning qo‘l tiqiladigan teshigi berkitilgan holda shunday buraladiki, bunda qo‘lqopning barmoqlaridan havo chiqmasligi kerak. YAroqli, teshiklari bo‘lmagan qo‘lqoplardan havo chiqmaydi. 1000 V gacha ishchi kuchlanishga mo‘ljallangan qo‘lqoplardan 1000 V dan yuqori kuchlanish ostidagi uskunalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

Dielektrik qo‘lqop, boti, kalishlarni sinashda, ularning ichiga suv quyiladi, so‘ngra suv solingan idishga botiriladi. Himoya vositalarining ichidagi va tashqarisidagi suv sathi, buyumlarning yuqori qirrasidan 5 sm, kalishlar uchun 2 sm past bo‘lishi (kalishning suvdan chiqib turuvchi qirralari quruq bo‘lishi) kerak. Trasformatordan bir elektrod orqali suvga va yerga kuchlanish beriladi, boshqa elektrodni suv bilan to‘dirilgan buyum ichiga tushiriladi, hamda milliampermetr orqali er bilan tutashtiriladi.(26-rasm). Sinash kuchlanishi, ruxsat etiladigan sizib o‘tish tokining qiymati va sinash davomiyligi “Himoya vositalaridan foydalanish va ularni sinash qoidalari” ga muvofiq aniqlanadi.
Shaxsiy foydalaniladigan himoya vositalari.

SHaxsiy himoya vositalariga ekranlovchi himoya komplektlari, himoya ko‘zoynagi, qo‘lqoplar, gazga qarshi niqoblar, saqlash kamarlari va himoya arqonlari kiradi.

Ekranlovchi himoya komplektlari kishi organizmining elektr maydoni ta’siridan saqlaydi. Ular asosan, taqsimlash qurilmalarida va kuchlanishi 500 kV dan ortiq bo‘lgan liniyalarda ishlatiladi.

Saqlagichlarni almashtirganda, kabellarni kesishda va kabel muftalarini ochishda, kovsharlash, payvandlash vaqtida, mastikalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda va ularni kabel muftalariga quyishda, elektrolit bilan ishlashda va akkumo‘lyatorlarga xizmat ko‘rsatishda, asbobni charxlash va boshqa ishlarni bajarishda himoya ko‘zoynaklaridan foydalaniladi. Elektr uskunalari bilan ishlaganda ko‘p hollarda, berk xildagi, tirqishsiz, chetlari yumshoq va yuzga zich tegib turadigan gardishli, boshga mahkamlanadigan lentali mahsus tarkibli shisha qo‘yilgan ko‘zoynakli nikobdan foydalaniladi .

Balandlikda, ochiq taqsimlash qurilmasining konstruksiyalarida, elektr uzatish liniyalarining simlarida ishlaganda yiqilib tushmaslik uchun saqlash kamarlaridan foydalaniladi. Ular mustahkam, gigroskopik bo‘lmagan va cho‘zilmaydigan materialdan tayyorlanadi.(27-rasm)


9-rasm.Elektromontyor kamari.

1. tasma, 2. tuka, 3. asbob uyasi, 4. karabin, 5. kamar tasmalari, 6.kamar, 7.himoya arkoni.

Tasma, ip-gazlamadan tayyorlangan arqon yoki kaprondan ishlangan, konstruksiyani qamrash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir uchi yarim halqa orqali, ikkinchi uchi esa karabin orqali kamarga o‘lanadi. Tasmaning uzunligini rostlash mumkin. Karabin prujinali qulf va qo‘shimcha halqaga ega. Halqa qulfning o‘z-o‘zidan ochilib ketishidan saqlaydi. Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tuvchi qismlardan uzoqda ishlagan vaqtdagina zanjirli kamar ishlatilishi mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Elektr himoya vositalariga nimalar kiradi?

2. Elektr himoya vositalari nima uchun ishlatiladi?

3. Elektrdan zararlanganda birinchi tibbiy yordam.

4. Suniy nafas berish tartibi.

5. Shaxsiy himoya vositalariga nimalar kiradi?

7-Mavzu. Titrashni izolyasiya qilish vositalarini hisoblash.
Ishdan maqsad: Ishlab chiqarish korxonalarida titrash darajalarini o‘rganish va titrashni izolyasiyasini hisoblashdan iborat.

Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchilar sanoat korxonalaridagi titrashni berilgan topshiriqlar orqalititrash izolyasiyasini hisoblash usullari orqali natija olish va xulosa chiqarish.
Agregatning titrash hosil qiluvchi kuchi Fm.mashina agregat o‘rnatilgan asosga o‘rtada izolyasiya vositasi bo‘lganligi sababli o‘zgargan amplitudadagi titrash kuchi Fmasos holatida ta’sir qiladi. Titrashni izolyasiya qilish vositasining samaradorligini o‘tkazish koeffitsientini K deb belgilasak, bu K ning fizik xususiyati titrash amplitudasi, tezligi va tezlanishining muhofaza qilinayotgan ob’ektning xuddi shu parametrlariga nisbati sifatida qabul qilish mumkin. Bu yuqoridagi holda
K = Fm.asos/Fm.mashina
Bu miqdor qancha kichik bo‘lsa titrashni izolyasiya qiluvchi vosita samaradorligi shuncha katta bo‘ladi. K ni ishqalanish hisobga olinmagan sistemalarda quyidagicha aniqlash mumkin:
K =1/(f/f0)2-1
Formuladan ko‘rinib turibdiki, asos titrash chastotasi uni keltirib chiqaruvchi kuch chastotasidan qancha kichkina bo‘lsa, tit­rashni izolyasiya qiluvchi vosita shuncha samarali bo‘ladi. Agar f<f0bo‘lsa, bunda titrashni hosil qiluvchi kuch statik ta’sir ko‘rsatib, to‘liq asosga o‘tuvchi titrash hosil qiladi. f=f0 bo‘lsa, bunda rezonans holati ro‘y beradi va titrash keskin oshib ketadi. Agar f> 0 bo‘lsa, rezonans holati yo‘qoladi va K ning miqdori 1 ga yaqinlashadi, siste­ma titrash hosil qiluvchi kuchga o‘sib boruvchi inersiya qarshiligi ko‘rsatadi. Buning natijasida titrashni izolyasiya qiluvchi vosita orqali titrash o‘tishi kamayadi.

Masalan, kuchli dizel dvigatelining xizmat ko‘rsatish zonasida umumiy titrashni 100 marta (K=0,01) kamaytirish kerak. Titrashni izolyasiya qilish vositasiga o‘rnatilgan kompressorning tebranish chastotasi titrashni keltirib chiqaruvchi kuch chastotasidan 10 martakam bo‘lishi kerak.

Agar dizel rotori tirsakli valning aylanish chastotasi n=300 ay/min bo‘lsa, uning titrash chastotalari f0=f/10=n(60×10)=0,5 Gs bo‘lishi kerak.

Odatda titrashni izolyasiya qilish vositasi samaradorligi detsibellarda belgilanadi.



DL = 20 lg1/K

Rotor shaxsiy chastotasini Gs larda ifodalasak, ya’ni unda:

f0 = 1/2p = 1/2 p 1/2 st

Bunda xst - sistemaning titrashni izolyasiya qilish vositasida shaxsiy og‘irligi ta’siridagi statik bosimi (buni statik joylashish debham yuritilada).

Statik joylashish qancha katta bo‘lsa, shaxsiy chastotasi shuncha past bo‘ladi va titrashni izolyasiya qilish vositasining samaradorligi oshadi.

Ammo bu holat iqtisodiy tomonidan salbiy natija beradi, chunki katta hajmdagi titrashni izolyasiya qilish vositalari qimmat bo‘lishi bilan birga ularni amalga oshirish vositalariham qimmatlashib ketadi. SHuningdek texnik jihatdan noqulayliklari mavjud. Katta hajmdagi titrashni izolyasiya qilish vositasiga o‘rnatilgan agregat ba’zi bir yo‘nalishlar bo‘yicha ozod harakatlanish darajasiga ega bo‘lib qoladi.

Shuning uchun bunday hollarda texnik va sanitariya-gigienik, shuningdek iqtisodiy mulohazalarni hisobga olgan holda o‘rtacha echimlar qabul qilinadi. Bunday echimlarga misol sifatida mashinasozlik sanoatida qabul qilinadigan nisbatni keltirish mumkin. Bu nisbat f/f0=3 4bo‘lib, K=1/8 1/15 ga to‘g‘ri keladi.

Sanoatda qo‘lda ishlatiladagan mexanizmlar uchun ham titrashni izolyasiya qilish vositalari qo‘llaniladi. Bunda titrash tarqatuvchi asbob bandi uning asosi bilan titrashni kamaytiruvchi elastik elementlar, masalan rezina uzuklar yordamida biriktiriladi. SHuningdek, ko‘p zvenoli sharnirsimon biriktirilgan elementlardan foydalaniladi. Bu esa titrashni ancha kamaytirish imkoniyatini tug‘diradi.

Vertikal kuchlar ta’sirida titrash hosil qilishi mumkin bo‘lgan doimiy o‘rnatilgan mashinalarda mashinasozlik sanoatida titrashni izolyasiya qiluvchi vositalarga ega bo‘lgan tayanch nuqtalari tashkil qilinadi. Bu tayanch nuqtalarida titrashni so‘ndirish uchun prujina yoki rezina prokladkalardan, ba’zi hollarda esa ularning kombinatsiyasidan foydalaniladi.

10-rasm. Titrashni prujina yordamida so‘ndirish.


Prujinali titrashni izolyasiya qilish vositalarining birmuncha ijobiy tomonlari bor. Ularni ham yuqori chastotadagi ham past chastotadagi titrashlarni so‘ndirish maqsadida qo‘llash mumkin. YA’ni ular har qanday deformatsiyada o‘z elastik xususiyatlarini yo‘qotmaydi. SHuningdek issiq va sovuqqa, yog‘lar ta’siriga yaxshi bardosh beradi, ularning hajmi katta emas. (5.1 - rasm).

Ammo ularning o‘ziga xos kamchiliklari ham yo‘q emas. Ular yuqori chastotadagi titrashlarni o‘tkazib yuboradi, chunki prujina po‘latdan ishlanib, kam ichki qarshilikka ega, shuningdek yuqori chastotadagi titrashlar ta’sirida rezonans holat vujudga keltirishi mumkin.

Bu holatlarni yo‘qotish maqsadida bunday titrashni so‘ndirish vositalari rezinaga o‘xshagan elastikligi bo‘lgan materiallar bilan birgalikda ishlatiladi.

Rezinadan qilingan titrashni so‘ndirish vositasi qo‘llanilganda gorizontal tekislik bo‘ylab tarqaluvchi titrashlarni so‘ndirish masalasini hal qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun rezina qirqimlar hosil qilinadi, teshiklar teshiladi yoki bir necha parallel o‘rnatilgan so‘ndirish vositalaridan foydalaniladi.SHuni alohida ta’qidlash kerakki, tebranishni so‘ndiruvchi vositalar massasi og‘ir bo‘lgan fundamentlarga o‘rnatilganda yaxshi natija beradi.




Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish