FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. T. 2003 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi. T. Adolat. 1999 yil.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun. T.
1990 yil.
4. G.Yormayov,Yo.Isomuxamedov «Mehnatni muhofaza qilish». T. 2002 yil.
5. A.A.Voronina, N.F.Shibenko «Elektr jixozlarida ishlashda xavfsizlik texnikasi». T. 1983 yil.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Islom Karimov nomidagi Toshkent
Davlat texnika universiteti
Olmaliq filiali
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan
tajriba ishlari to‘plami
Tuzuvchi: dots. Riskulov X.A.
Olmaliq - 2020 y.
SO‘Z BOSHI
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishda yuqori samarali va xavfsiz texnologiyalar, mehnatni tashqil qilishning ilg‘or usullarini tadbiq etish va shu bilan birgalikda ushbu soha uchun yuqori malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashni talab qiladi. Ularni sanoat korxonalarida xavfsiz, sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini oldini olish, xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatish orqali amalga oshiriladi .
Ushbu o‘quv qo‘llanma mehnat xavfsizligi standartlari , sanitariya me’yori va qoidalari, qarorlari, ko‘rsatmalari, boshqa me’yoriy hujjatlar va o‘rta mahsus ta’lim muassasalari uchun " Mehnatni muhofaza qilish " kursi dasturi asosida yozildi. Uning asosiy vazifasi: o‘quvchi, o‘quvchilarni ishlab chiqarish shikastlanishini va kasbiy kasalliklarni kelib chikish sabablari asoslarini uzlashtirish, ish joyidagi sharoitni mustaqil baholash uslubini o‘rganish, asboblar va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni, mehnat muhofazasi bo‘yicha chora tadbirlarni rejalashtirish xamda ularni ishlab chiqarish korxonalariga amaliy qo‘llanilishini o‘rgatishdan iborat.
Qo‘llanmada o‘quvchilarni har bir ishga jiddiy holda mustaqil tayyorlanishi inobatga olingan . U uch qismdan tashqil topgan bo‘lib, birinchi qism beshta tajriba ishlari, ikkinchi qism beshta amaliy ishlar va uchinchi qism amaliy-tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmadan iborat. Har bir ishni bajarishda ishning maqsadi , mashg‘ulotni bajarishda kerakli asbob-uskuna va jihozlar, mashg‘ulotni bajarish tartibi, mustaqil ishlash uchun hisobot rejasi va umumiy tushunchalar berilgan.
Amaliy mashg‘ulotlar ma’ruza darslarini mustaxkamlovchi hisoblanib, xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini yaratish misol va masalalardan namunalar echish hamda hisoblash orqali ko‘rsatilgan. Qo‘llanmadagi barcha masalalar haqiqiy ishlab chiqarishning tarkibidan kelib chiqqan holda tanlab olingan.
Tajriba ishlari o‘quvchilarga ishlab chiqarish jarayonida uskuna va jihozlar bilan ishlashda mehnat havfsizligi bo‘yicha texnik nazorat o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy asbob -uskuna va apparaturalarni tuzilishi hamda ishlash tartibini o‘rganishga imkoniyat beradi.
Ko‘p sonli tajriba va amaliy mashg‘ulotlar kiritilgan ushbu uslubiy qo‘llanma, o‘quv muassasalarida o‘qituvchiga darslarni o‘tish rejasiga ta’luqlisini tanlab olishga imkon yaratadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan nafaqat kasb -hunar qollej o‘quvchilari, balki oliy o‘quv yurti o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |