MAVZU: BOSH MIYA VA UMURTQA POG‘ONASI SHIKASTLANISHLARI Reja:
1.Bosh miya shikastlanishining asosiy belgilari 2. Miya chayqalishi 3. Miya urilishi va ezilishi, belgilari, BTYO. Bosh suyagi yopiq va ochiq shikastlanishi mumkin. Urib olish yoki lat eyish, miyaning ezilishi yopiq shikastlanishga kiradi. Bu aksari o‘tmas buyumlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Jaroxatlanish esa ochiq shikastlanishga kiradi. Bunda terining butunligi buzilib, qon oqadi. Bosh miya shikastlanishlarida tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkil qilish uchun uning belgilariga e’tibor berish lozim. SHikastlangan odamda es-xush quyidagicha bo‘lishi mumkin: Es-xushning tiniqligi-bemor atrof-muxit, vaqt va o‘z xolatini baholay oladi, savollarga mos javob beradi. Uyquchanlik xolati-bemor oddiy savollarga to‘g‘ri javob beradi, vaqt va turgan joyini aytib berolmaydi, uyqu tortadi. Sopor xolati-so‘zlarga javob bermaydi, faqat bemorda og‘riqqa javob reaksiyasi mavjud. Koma xolati-bemor ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilarga javob bermaydi. Ayrim asosiy reflekslargina saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin, nafas va yurak faoliyati izdan chiqadi, asfiksiya xavfi paydo bo‘ladi, peshob tutiladi. Xotiraning o‘zgarishi: retrograd va anterograd amneziya tarzida namoyon bo‘ladi. Retrograd amneziya- shikastlangan zaxoti xotirani yo‘qolishi va uni qisqa vaqt davom etishi. Anterograd amneziya-xotirani shikastlangan davrdan to to‘la tiklanguncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘qolishi. Ko‘z soqqasining xolati: miya chayqalgan odamda odatda ko‘zlari yopiq xolatda bo‘ladi. Ko‘z olmasining noto‘g‘ri joylashishi miyani og‘ir jaroxatlanishidan darak beradi. Ko‘z olmasining muvofiqlashmagan xarakatlanishi (nistagm) ham miyani shikastlanganini bildiradi. Ko‘z qorachig‘ining xolati qorachiqni qisqarishi sekinlashishi yoki yo‘qolishi miya shikastlanganini bildiradi. Ko‘z qorachig‘ini bir tomonlama kengayishi (anizokoriya) miyaga qon quyilganda, miya ezilganda kuzatiladi. Ko‘z qorachig‘ini ikki tomonlama kengayishi va qorachiqni yorug‘likka reaksiyasini yo‘qolishi miyani ikki tomonlama bosilganligini bildiradigan noxo‘sh belgi xisoblanadi. Bundan tashqari miya shikastlanganda mimik mushaklarni asimmetriyasi, ensa mushaklarini rigidligi va b. belgilar kuzatiladi. Bosh suyaklarining ochiq sinishi-uni o‘rab turgan yumshoq to‘qima butunligining buzilishi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining ochiq singanligini aniqlash uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunda rentgenografiya usuli qo‘llanadi. Rentgenografiya yordamida bosh suyagi sinishining yo‘nalishini, darz ketganligini, ichiga botganligini va shunga o‘xshash xolatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. BTYO. Bosh suyaklari singanda birinchi yordam berish, miyaning chayqalishi va shokka qarshi kurashga qaratiladi. Bosh suyagi singan odamni gorizontal xolatda yotqizib, boshiga muzli xaltacha qo‘yish kerak. Nafas olishi to‘xtab qolgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish va nafas analeptiklari (1% li lobelin eritmasi) in’eksiya qilish kerak. Bemor xushiga kelgach davolash muassasasiga junatiladi. Bosh suyagi singanda bemor uzoq vaqt qimirlamay yotishi kerak bo‘ladi. Miya faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lmasa, operatsiya qilinmaydi. Bemorga to‘la orom beriladi. Suyak parchalarining botib ketishi natijasida kala ichki bosimi oshsa, bosimni tushirish va botgan parchalarni olib tashlash uchun bosh suyagi teshiladi, ya’ni trepanatsiya qilinadi. Bosh suyaklari ochiq singanda zudlik bilan jarroxlik amaliyoti o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |