TAJRIBA - AMALIY MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH TARTIBI
Tajriba-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishning mazmuni va metodikasidagi ba’zi tafovudlarga karamasdan yo‘l- yo‘riq berishni umumiy elementlari u yoki bu darajada ularning xar biriga xosdir .
Birinchi tajriba mashg‘ulotini o‘tkazishda beriladigan yo‘l-yo‘riqsa quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Tajriba -amalimy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maksad
2. O‘quvchilarni ish urinlarini almashtirish grafigi bilan tanishtirish
3. Tajriba xonasi va undagi ish urinlari bilan kiskacha tanishtirish
4. Tajriba xonasida o‘quvchilarning xatti -xarakati koidalari
5. Ishning bajarishdagi xavfsizlak texnikasi koidalari
6. O‘quvchilarning ish urinlarini tashkil etish
7. Topshiriklarni olish va bajarish tartibi, ma’lumotlarni kayd qilish, natijalarni rasmiylashtirish va hisobot tuzish
8. Navbatdagi ishlar uchun topshiriklarni tarkatish
9. O‘quvchilarni mashg‘ulotlar yuzasidan bergan savollarga javob berish. Keyingi (navbatdagi) mashg‘ulotlarni boshlashdan oldin beriladigan yo‘l-yo‘riqni quyidagi tartibda o‘tkazish maksadga muvovik bo‘ladi.
1. Ish o‘rinlarini almashtirish grafigiga muvovik zvenolarni ish urinlari bo‘yicha taqsimlash
2. Navbatdagi ishlar uchun topshiriklarni tarkatish .
3. Mazkur mashg‘ulotdagi tajriba-amaliy ishlarni bajarishning uziga xos xususiyatilarini tushuntirsh .
4 . Oldingi mashg‘ulotlarni bajarishda uchragan xoto kamchiliklarni vujudga kelish sabablari va ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida tushuncha berish.
5. O‘quvchilarning yo‘l-yo‘riqlar va topshirriklar yuzasidan bergan savollariga javob berish .
YUqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, o‘qituvchi tajriba - amaliy ishlarni tashkil etishdagina emas, balki o‘quvchilarning ishlari ustidan uslubiy raxbarlikni amalga oshirishda ham etakchi rol uynaydi . Uslubiy raxbarlik shunday amalga oshirilishi kerakki , bunda bir tomondan tashabbus va mustaqillikning rivojlanishi ta’minlansin, o‘quvchilarning ishni bajarishga nisbatan, asbob-uskunalardan foydalanishga va xavfsizlik texnikasi koidalariga rioya qilishga nisbatan mas’o‘liyat xis etishlariga imkon yaratilsin, ikkinchi tomondan esa - o‘quvchilar faoliyati doimo e’tiborda bo‘lsin , eng zarur xollarda xushmuomalalik bilan yordam berish kerak .
Tajriba -amaliy mashg‘ulotlari uchun asbob-uskuna va ko‘rgazmali ko‘rollarni tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:
- kalendar ish rejasiga muvovik asbob-uskunalar tuplamining zarur miqdorini tanlash;
- asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirish , nosozliklarni bartaraf etish , asbob-uskunalarni ishlash vaqtida tekshirish , muayyan mikdor va sifat ko‘rsatkichlarini olishni tayyor (taxlangan ) asbob-uskunalarda bajarish ;
- belgilangan tajriba - amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi va yong‘inga karshi tadbirlarning holatini tekshirish va ta’minlash;
- Ko‘rgazmali ko‘rollarni , o‘quv adabiyotlarni tanlash va tayyorlab quyish ;
Xonaning ko‘rinarli joylarida xavfsizlik texnikasi va yong‘inga karshi chora tadbirlariga , koidalariga oid plakatlar osilgan bo‘lishi kerak .
O‘quvchilarning uzlashtirishini hisobga olish - o‘quv ishlari sifatini oshirishni muxim vositasidir . Uzlashtirishni hisobga olish quyidagicha bo‘lishi lozim:
-O‘qituvchi aloxida , yakka tartibda yoki gurux bilan birga xar bir o‘quvchining xakikiy bilim darajasini iloji boricha to‘lik aniqlash zarurligani anglatadi.
- O‘qituvchi o‘quvchilarning ayrim tipik xatolaridan uz vaqtidan xabardor bo‘lishi uchun uning uzlashtirishini uz vaqtida va muntazam tekshirishdan o‘tkazib turishi;
- Uzlashtirishni baxolashning imkoni boricha xolisona mezonlarga asoslanib, tabakalarga ajratilgan xolda o‘tkazish
- O‘quvchilarning xakikiy bilim darajasini belgilaydigan va amalda qo‘llaniladigan usulda bo‘lishi kerak .
Bilimlarni uz vaqtida va pedagogik jixatdan to‘g‘ri baxolash katta ragbatlantiruvchi va ta’lim - tarbiyaviy rol uynaydi .
O‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarini baxolashda xakguy va prinsipial bo‘lishi kerak , zero olingan baxo konikish va kuvonish, xafagarchilik va umidsizlik his -tuygulari bilan boglik xodisadir .
Baxoni noxak pasaytirish ba’zida o‘quvchilarning ukishga befark munosabatda bo‘lishga sabab bo‘ladi, ukish jarayonidagi tirishkoklik va faollikni sundiradi va aksincha asossiz oshirib quyilgan baxo ham yomon okibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda o‘quvchi uz bilimlarni yanglishgan xolda uziga nisbatan talabchanlikni pasaytiradi.
Baxoning ragbatlantiruvchi va ta’lim -tarbiyaviy ahamiyatlarini oshirish uchun o‘qituvchining baxoni asoslab berishi juda muximdir. o‘quvchiga yutuk va kamchiliklarga , xatolar va ularning sabablarini ko‘rsatish hamda qanday qilib yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligi to‘g‘risida maslaxat berish zarur .
Do'stlaringiz bilan baham: |