4.1Maydalash sxemasini va maydalagichlarni tanlash va hisoblash
Texnik–iqtisodiy taqqoslash uchun maydalash sxemasi variantlarini tanlaymiz. Fabrikaga keltirilgan rudaning eng katta bo‘lagini o‘lchami 680 mm bo‘lib, ruda o‘rtacha qattiqlikka ega bo‘lgani uchun maydalashning uch bosqichli GBA sxema qo‘llaniladi
TEXNOLOGIK SXEMA: MAYDALASH ГБА
Boyitish fabrikasining ruda bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi Q=5,2 mln t/yil; ruda ochiq usulda qazib olinadi, o‘rtacha qattiqlikka ega, sochma zichligi 1,7 t/m3, dastlabki rudadagi eng katta bo‘lakning o‘lchami Dmax=680 mm, maydalangan ruda bo‘lagining o‘lchami dmax=18 mm
1.Maydalash bo‘limining 1 soatlik ishlab chiqarish unumdorligini topamiz.Fabrikaning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlaymiz. Jadval bo‘yicha uzluksiz, 7 kunli ish xaftasini tanlaymiz. Dastgohlarning toza ish vaqti yiliga 350 kun, 7 soatdan 3 smenada. Yirik maydalash bo‘limi dastgohining soatlik ishlab chiqarish unumdorligi:
a)
O‘rta va mayda maydalash bo‘limlarining ishlab chiqarish unumdorligini aniqlaymiz. Boyitish fabrikasini loyihalashning umumiy shartiga ko‘ra yirik maydalangan mahsulot omborini qurishni ko‘zda tutamiz. O‘rta va mayda maydalash bo‘limlarining ish tartibini dam olish kuni bilan qabul qilamiz, ya’ni yiliga 315 kun 3 smena 7 soatdan.
b) O‘rta va mayda maydalash bo‘limlarining soatlik ishlab chiqarish unumdorligi:
Qo’r va m.ms= = =786t/soat
Texnik–iqtisodiy taqqoslash uchun maydalash sxemasi variantlarini tanlaymiz. Fabrikaga keltirilgan rudaning eng katta bo‘lagini o‘lchami 900 mm bo‘lib, ruda o‘rtacha qattiqlikka ega bo‘lgani uchun maydalashning uch bosqichli sxema qo‘llaniladi.
2. Umumiy maydalash darajasini aniqlaymiz:
Sum=
3.Alohida bosqichlardagi maydalash darajasi:
Agar deb qabul qilsak
Bu yerda:S o‘rtacha– bitta bosqich uchun o‘rtacha maydalash darajasi.
Uchinchi bosqichi yopiq siklli maydalash sxemalarida birinchi va ikkinchi bosqich maydalash darajalari So‘rta dan birmuncha kichik, uchinchi bosqich maydalash darajasini esa So‘rta tadan katta qabul qilinadi. Shuning uchun birinchi va ikkinchi maydalash bosqichi uchun
Deb qabul qilamiz. U holda.
S3=
4.Har qaysi maydalash bosqichidan keyingi mahsulotlarning shartli maksimal yirikligini aniqlaymiz:
5.Birinchi va ikkinchi maydalash bosqichlari uchun maydalagichlarning bo‘shatish tuynugining kengligini aniqlaymiz.
II=
6. Ikkinchi va uchinchi maydalash bosqichi uchun elak ko‘zining o‘lchami aniqlaymiz:
Hisoblanadigan sxema uchun
O’rta va mayda maydalashdan oldin o’rnatilgan titrama elaklar samaradorligi :
E-a=80-85%
7.Har bir maydalagichlarga tushayotgan mahsulotlarning massasi:
γ1=100% γ4=70% γ8=120%
Formula orqali maxsulotlarning massasini aniqlaymiz:
Q1=Qyir
Q4=Qo’r va m
Q8=Qo’r va m
8.Har bir maydalagichlarga tushayotgan mahsulotlar hajmini topamiz:
Maydalagichlarni tanlaymiz
Yirik va o‘rta maydalash uchun maydalagichlarning turini va o‘lchamini tanlash foydali qazilmaning fizik xususiyatlariga, maydalagichning talab qilinadigan ishlab chiqarish unumdorligiga, maydalangan mahsulotning yirikligiga bog‘liq. Foydali qazilmaning fizik xususiyatidan qattiqligi va qovushqoqligi, loyning borligi, namlik, eng katta bo‘lakning o‘lchami va x.k. lar ahamiyatga ega. Qattiq va o‘rtacha qattiqlikdagi foydali qazilmalarni maydalash. Birinchi bosqichda yirik maydalash uchun yuzli va yirik maydalovchi konusli maydalagichlar ishlatiladi. Tanlangan maydalagichlar talab qilinadigan ishlab chiqarish unumdorligini maydalangan mahsulotning loyihalanadigan yirikligida ta’minlash kerak. Maydalagichning qabul qilish tuynugi maydalashga kelib tushadigan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lakning o‘lchamidan10-15 % katta bo‘lishi kerak. Tanlashda yuzli va yirik maydalovchi konusli maydalagichning quvvati, og‘irligi, narxi, joylashtirish qulayligi bo‘yicha taqqoslash kerak. Maydalagichlarning o‘lchami ularni ishlab chiqaruvchi zavodlar kataloglaridan tanlanadi. Birinchi bosqichda maydalash uchun maydalagichni shunday o‘lchamida tanlash kerakki, boyitish fabrikasining kerakli ishlab chiqarish unumdorligi bitta maydalagichda ta'minlansin. 2-jadval
Ko’rsatkichlar
|
Maydalash bosqichlari
|
I
|
II
|
III
|
Dastlabki rudadagi eng kata bo’laklar o’lchami,mm
|
680
|
219,3
|
70,7
|
Bo’shatish tuynugining kengligi,mm
|
137
|
28,28
|
9
|
Talab qilinadigan ishlab chiqarish unumdorligi t/soat
|
707,5
|
550,2
|
943,2
|
m3/soat
|
416
|
324
|
555
|
I bosqich maydalash uchun:KРДГРЩ
II bosqich maydalash uchun:KCD-2500А
III bosqich maydalash uchun:KMD-1750 3-jadval
Maydalash bosqichlari
|
Maydalagichlarning turi va o’lchami
|
Ruda kelib tushadigan joyning kengligi,mm
|
Chiqish tirqishining o’lchami, mm
|
Ish unumdorligi m3/soat
|
I
|
KРДГРЩ
|
900
|
100-350
|
560
|
II
|
KCD-2500А
|
335
|
12-35
|
170-480
|
III
|
KMD-1750
|
100
|
5-15
|
40-120
|
I, II, III Bosqich maydalashdagi maydalagichlarning yuklash koeffitsiyenti:
k1=416/560=0,74
k2=324/480=0,67
k3=555/120*5=0,92
4.2 Yanchish sxemasini tanlash va hisoblash
Q1=707,5t/s
B1=7%=0,07
Boxirgi(4)=75%
m=2
k=0,82
R4=2,5
R5=0,3
Copt=400%
1.β2 ning qiymatini aniqlaymiz
β 2= β1+
Q’5 va Q4’ larning qiymatini aniqlaymiz.
2.Buning uchun avval β4’ va β2’larning qiymatini aniqlaymiz
3.Q5” ,Q5, Q4” larni aniqlaymiz
Q5’’=Q5
Q5=Q6=Q5’+Q5’’=521,22+1667,9=2189 t/soat
Q4’’=Q5’=521,22t/soat
Q4=Q1=Q4’+Q4’’=186,28+521,22=707,5 t/soat
Yanchish jarayoni uchun tegirmonlarni tanlaymiz
Maydalash va yanchish sxemalari variantlarini texnik iqtisodiy taqqoslash orqali tegirmonning turini tanlash birinchi navbatda po‘lat yanchuvchi vositali tegirmonlarni yoki o‘zida-o‘zini yanchuvchi tegirmonlarni ishlatish masalasini hal etish kerak. Boyitish fabrikalarida po‘lat yanchuvchi vositali tegirmonlardan asosan, sterjenli, markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlar ishlatiladi. Sterjenli tegirmonlar mahsulotni 1-3 mm gacha yanchishda sharli tegirmonlarga nisbatan yuqoriroq ishlab chiqarish unumdorligini beradi, lekin ular maydaroq mahsulot olish talab qilinganda samarali ishlay olmaydi. Bu tegirmonlar gravitatsiya va magnit usulida boyitiluvchi rudalarni (masalan,kamyob va qora metallar rudalarini) dag‘al (0,5-3 mm) tuyishda, shuningdek, ikki bosqichli yanchish sxemalarining birinchi bosqichida ishlatiladi. Boshqa hollarda sharli tegirmonlar samaraliroq ishlaydi. Sharli tegirmonlardan panjara orqali bo‘shatiluvchi tegirmonlar kengroq tarqalgan. Ularning ishlab chiqarish unumdorligi yuqoriroq va yanchilgan mahsulotda shlamlarning miqdori markaziy bo‘shatiluvchi tegirmonlardagidan kamroq. Keyingi yillarda markaziy bo‘shatiluvchi tegirmonlar kengroq ishlatila boshlandi, bunga sabab spiralli klassifikatorlarni gidrosiklonlarga almashtirilishidir.
Tegirmon turlari:
МШР3600x5500mmli tegirmon
МШР4500 x5500mmli tegirmon
МШР5000 x5500mmli tegirmon
1.Boyitish fabrikasida ishlab turgan tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligini aniqlaymiz:
q1=
2.
m1=0,88
m2=0,88-
3.
ki=0,92
4.
Kd koeffisentining qiymatini topamiz
3600x5500 tegirmon uchun
Kd= 0,5=1
4500x5500 tegirmon uchun
c)5000x5500 tegirmon uchun
5.Ktni qiymatini aniqlaymiz:
МШР tegirmonlari uchun Kt ni qiymatini 1,11ga teng deb qabul qilamiz
6.Tegirmonlarning ish unumdorligi -0,074mm o’lchamdagi zarrachalar uchun quyidagicha aniqlaymiz:
q=q1 Ki Kk KD KT
МШР 3600x5500 mm tegirmon uchun:
q=1,55 0,92 0,99 1 1,11=1,56tonna/m3soat
b) МШР 4500x5500 mm tegirmon uchun:
q=1,55 0,92 0,99 1,12 1,11=1,75tonna/m3soat
c) МШР 5000x55000 mm tegirmon uchun:
q=1,55 0,92 0,99 1,18 1,11=1,84tonna/m3soat
5. Tegirmonlar barabanining ishchi hajmini aniqlaymiz: k n
Qm=
a)МШР 3600x5500 mm tegirmon uchun:
Qm= =117,9t/soat
b) МШР 4500x5500 mm tegirmon uchun:
Qm= =210,25t/soat
c) МШР 5000x5500 mm tegirmon uchun:
Qm= = 274,8t/soat
6. Tegirmonlarning kerakli sonini aniqlaymiz:
a)МШР 3600x5500 mm tegirmon uchun:
n1=
b) МШР 4500x5500 mm tegirmon uchun:
n2=
c) МШР 5000x5500 mm tegirmon uchun:
n3=
Uchta variantni texnik–iqtisodiy jihatdan taqqoslab, tegirmonlarning o‘lchami va sonini aniqladik.
4-jadval
№
|
Tegirmonlar barabanining o’lchami
|
Tegirmonlar soni
|
Tegirmonlarning og’irligi
|
Iste’mol qiladigan quvvati
|
Zaxira koeffitsiyenti
|
Bittasi
|
Hammasi
|
Bittasi
|
Hammasi
|
1
|
3600x5500
|
6
|
166
|
996
|
1250
|
7500
|
6/6=1
|
2
|
4500x5500
|
4
|
265
|
1325
|
2000
|
10000
|
4/3,36=1,19
|
3
|
5000x5500
|
3
|
300
|
1200
|
2500
|
10000
|
3/2,57=
1,16
|
Variantlarni og‘irlik va quvvati bo‘yicha taqqoslanganda 5000x5500 mm li 3 ta tegirmonni o‘rnatish foydali, chunki bunda binoning katta hajmini va yordamchi dastgohlarni tejashga erishiladi.
V. Hayot faoliyati havsizligi.
Ishlab chiqarish korxonalarida yig‘ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek havo almashtirish maqsadida o‘rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo‘l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig‘ilgan havoni chiqarib yuborish usullari, zararli moddaning xona bo‘ylab tarqalish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar sexda ko‘plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan mashina va mexanizmlar o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli omillarga ega bo‘lgan jihozlarni sex bo‘ylab joylashtirish ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to‘g‘ri joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo‘lsa, shamollatish vositalarini o‘rnatish ham shunchalik osonlashadi. Shamollatish vositalarini o‘rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kamxarj bo‘lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur. Rudani qayta ishlash texnologik jarayonlarida korxonada o‘ta o‘tkir va zaharli moddalar ishlatiladi. Boyitish fabrikalarida maydalash bo‘limlarida asosan shovqin va changlar bo‘lsa , flotatsiya bo‘limlarida esa zaxarli reagentlarni mavjudligi. Flotatsiya bo‘limlari boshqa bo‘limlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajraladi , ya’ni
a) oson yonuvchi reagentlarning mavjud bo‘lishi
b) zaxarli reagentlarni mavjudligi
v) boyitiluvchi zarrachalarning juda maydaligi shuning uchun , flotatsion reagentlarni tashish va saqlash vaqtida xavfsizlik qoidalariga ayniqsa katta ahamiyat berish zarur.
Flotatsiya bo‘limida quyidagi xavfsizliklarga ahamiyat berish zarur:
1.Reagentlarni kerakli joyga o‘z-o‘zidan tushishini ta’minlash;
2.Flotatsion reagentlar (aeroflot, sianid eritmalari, natriy sulfogidratlar, natriy sulfid va h.k. kabi ) bug‘lanishi natijasida zaxarli bug‘lar hosil bo‘lish sababli so‘ruvchi ventilatorlar yordamida yaxshilab shamollatish;
3.Flotomashinalar atrofida o‘tish joylari 1 m dan kam bo‘lmasligi va atrofi to‘silgan bo‘lishi kerak.
4.Flototsion mashinalar xizmat ko‘rsatish maydoni yog‘och panjaralar bilan yopilgan bo‘lishi, poli yuvuvchi suvlarning oqib chiqib ketishi uchun qiya xolda qilinishi kerak.
5.Xizmatchilarga salbiy ta’sir qiluvchi flotatsion reagentlar ishlatilganda himoya choralarini, shamollatish, maxsus kiyim bosh, ko‘zoynak, kaska va qo‘lqoplar bilan ta’minlash kerak.
6.Flotatsiya bo‘limida maxsus aptechkalar, unda kimyoviy zaxarlanishga qarshi medikamentlar va turli bog‘lovchi materiallar bo‘lishi kerak.
7.Binoni tashqi devorlari temir betondan, to‘siqlarini esa tayyor panellardan qurish mo‘ljallangan, pollari uchun yuzasi sirg‘alanmaydigan suv o‘tkazmaydigan, kimyoviy moddalarga, eritmalarga chidamli materiallardan tayyorlash zarur.
8.Texnologik dastgoxlar flotomashina, tegirmon, klassifikatorlar, nasoslar va h.k. binoning ichiga joylashtirilishi kerak.
Elektr xavszligi
Sanoat elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz xodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan sezish yoki ko‘rish imkoni yo‘q. Elektr tokini inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’siri kuzatiladi. Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida kuyish, qon tomirlari, nerv va hujayralarining qurishi sifatida kuzatiladi. Sanoat korxonalarining elektr xavfi bo‘yicha sinflarga bo‘lish. Barcha sanoat korxonalari elektr toki urishiga xavfsizlik darajasi bo‘yicha uchta sinfga bo‘linadi. Xavfsiz xonalar nisbiy namligi va harorati me’yorida bo‘lgan (nisbiy namligi 40-60 %, havo xarorati 18-250 C) va elektr toki o‘tkazmaydigan (masalan, yog‘och) polga ega bo‘lgan sanoat korxonalari kiradi.Tok urishini oldini olish uchun elektr uskunalari yerga ulanadi.
Ekologiya
Bugungi kunda ekologik muammolar, atrof muhitni muxofaza qilish eng dolzarb masalalardan biriga aylanib qoldi. I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» asarida ekologik muammolarga aloxida e’tibor qaratilishini tasdiqlaganlar. Ular aytganidek, hozir, XXI asr bo‘sag‘asida fan – texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo‘g‘rofiy – siyosiy tuzilishi o‘zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilgan ta’sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muxitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muamolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Texnologik jarayonlarning ekologik jixatdan hozirgi kun talablariga javob bermasligi tufayli barcha sanoat, ishlab chiqarish korxonalarida katta miqdorda chiqindilar xosil bo‘lib, ular gaz chiqindilari, sanoat oqova suvlar, shlak, shlam va boshqa xolatlarda atrof muxitga kelib tushadi. Ushbu chiqindilar turli xil anorganik va organik moddalardan tashkil topgandir. Ular atmosfera havosini, suv xavzalarini, tuproqni zaxarlab o‘simliklar va hayvonot olamiga hamda inson salomatligiga katta zarar yetkazmoqda. Lekin, sanoat rivojlanishini, ilmiy – texnik progressni to‘xtatib bo‘lmaydi. Shu bilan birgalikda fan yutuqlari paydo bo‘layotgan muammolarni yechish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bunda kimyo faniga aloxida e’tibor qaratiladi, chunki barcha ifloslantiruvchilar – bu kimyoviy moddalardir. Atrof muxitga kelib tushgandan so‘ng kimyoviy birikmalar unda saqlanib turishi, to‘planishi yoki chiqib ketishi mumkin.
Xulosa
Ushbu kurs loyihasini bajarish davomida amalda ishlab turgan boyitish fabrikasining ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda olgan nazariy bilimlarimni mustahkamladim. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, mis-nikelli rudalarni boyitishning texnologik sxemasi rudaning turiga, minerallar va puch tog’ jinslari tarkibiga, ularning fizik-kimyoviy xossalariga, o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Har bir jarayon uchun to’g’ri tanlangan sxemalar, dastgohlar, qo’llanilishi mumkin bo’lgan reagentlar amalda ishlab turgan boyitish fabrikasining ishlab chiqarish unumdorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kurs loyihamning birinchi bo’limida mis-nikel polimetall rudasining qisqacha tasnifi va mi-nikelning asosiy minerallari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Ikkinchi bo’limda mis-nikel rudasining flotatsiyalanishi va qo’llanilishi mumkin bo’lgan reagentlar bilan tanishdim. Uchinchi bo’limda mis-nikel sanoatining jahondagi o’rni va mis-nikel boyitish fabrikalaridan ma’lumotlar keltirdim. Fabrikadagi texnik xavsizlik bilan tanishib chiqdim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.I.A.Karimov O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. Xavfisizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent,O‘zbekiston nashriyoti 1997 y.
2.I.A.Karimov O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent, 2000 y.
3.Razumov K.A., Perov V.A. Proektirovanie obogatitelnix fabrik.M., Nedra, 2002.
4.Sergo E.E.. Droblenie, izmelchenie i groxochenie poleznix iskopaemix. M., Nedra. 1985.
5.Spravochnik po proyektirovaniyu rudnix obogatitelnix fabrik. Kniga 1. M. Nedra. 1988y.
6.Spravochnik. Obogatitelnie fabriki.v 3-x T. M. Nedra. 2001y.
7.Abramov A.A. Texnologiya pererabotki i obogashcheniya rud svetnix metallov. M, MGGU, 2005
8Umarova I.K. Solijonova G.Q Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash. Darslik. T.: Cho’lpon. 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |