Konchilik ishi


Misli rudaning tasnifi va minerallari



Download 0,5 Mb.
bet2/3
Sana31.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#623232
1   2   3
Bog'liq
Murotova X[1] kurs ishi (3)

1.1.Misli rudaning tasnifi va minerallari
Misli rudalarni boyitishning asosiy usuli flotatsiya. Bu usulning muvafaqqiyatli qo‘llanishini ko‘pchilik mis minerallarining yaxshi flotatsiyalanishi bilan bog‘liq.Tabiatda uchraydigan mis minerallarining sanoat ahamiyatiga egalari quyidagilar: sulfidli – xalkopirit, bornit, xalkozin, kovellin, epargit, oksidli – malaxit, azurit, xrikozolla, xalkantit, kuprit. Rudali minerallarning tarkibiga ko‘ra sulfidli va oksidli mis rudalari mavjud. Shuningdek, aralash tarkibli rudalar xam uchraydi.
Xalkopirit – CuFeS2 latun sariq tusli, metal yaltiroqligiga ega, tarkibida 35 % atrofida mis saqlaydi. U biroz tabiy gidrofob xususiyatiga ega. To‘plovchi sifatida ksantogenatlar va ditiofosfatlar ishlatilganda yaxshi flotatsiyalanadi. Sianidlar xalkopiritga so‘ndiruvchi ta’sirini ko‘rsatadi.
Bornit – Cu3FeS4 tarkibida 63,3 % mis saqlaydi va to‘q sariqdan sariq havoranggacha ola bula rangga ega. Xalkopirit kabi ksantogenatlar yordamida yaxshi flotatsiyalanadi. Bornit kompleks temir sianidlari bilan so‘ndiriladi.
Xalkozin Cu2S sariq yoki qo‘rg‘oshin kulrang tusga, metal yaltiroqligiga egamineral 80 % atrofida mis saqlaydi. Ksantogenatlar va aminlar bilan yaxshi flotatsiyalanadi. Natriy sulfidi Na2SO3 va giposulfidi Na2SO2O3 ishtirokida sianidlarning katta sarfida so‘ndiriladi.
Kovellin CuS 65 % atrofida mis saqlaydi. Mis bo‘yog‘i – ko‘k rangli, metal kabi yaltiraydi. Mineral yumshoq va mo‘rt, shuning uchun boyitishda kuchli shlamlanadi. Flotatsion xususiyatlari xalkozinnikiga yaqin: enargit Cu3AsS4 mo‘rt mineral bo‘lib, po‘lat – kul rang 48 % atrofida mis saqlaydi. Flotatsiyalanish xususiyati bornitga yaqin.
Misli sulfidli rudalarda doimo yaxshi flotatsiyalanuvchi mineral hisoblanadigan pirit FeS2 ishtirok etadi. Biroq u juda tez oksidlanishi uchun uning flotatsiyalanishi keskin pasayadi. Pirit ohak va sianidlar ishtirokida yaxshi so‘ndiriladi. Misning oksidli imnerallaridan malaxit CuCO3 ∙ Lu(OH)2 keng tarqalgan. Minerallarning rangi och yashil, ba’zan to‘q yashil, 57 % atrofida mis saqlaydi. Tarkibi malaxitga yaqin, lekin och havo rang yoki to‘q ko‘k rangga ega mineral azurit deyiladi. Malaxit va azurit kuchsizroq flotatsiyalanish xususiyatiga ega.Missilikatlari (xrikozolla CuSiO3 ∙ H2O) yomon yoki umuman flotatsiyalanmaydi. Misli rudalarda puch tog‘ jinslaridan kvars, kalsit, dala shpati keng tarqalgan.Yo‘ldosh elementlar sifatida misli rudalarda oltin, kumush, rux, molibden, nikel va boshqa metallar uchraydi. Tarkibida 2 % dan ko‘proq mis saqlovchi rudalar boy, 1-2 % mis saqlovchi rudalar o‘rtacha sifatli va 1 % dan kam mis saqlovchi rudalar kambag‘al rudalar deyiladi.

Mis boyitmalariga qo’yiladigan texnik talablar


1-jadval

Boyitma markasi

Miqdori %

Mis, kam emas

Qo’shimchalar ko’p emas

Rux

Qo’rg’oshin

KM-0
KM-1
KM-2
KM-3
KM-4
KM-5
KM-6
KM-7
Misli OM-8

40
35
30
25
23
20
18
15
12

2
2
3
5
10
10
11
11
11

2.5
3
4.5
5
7
8
9
9
9



Nikel rudasining qisqacha tasnifi va minerallari
Nikelning 53 ta minerallari ma’lum bo’lib, ulardan quyidagilari sanoat ahamiyatiga ega: pentlandit, nikelli pirrotin, millerit, nikelin, polidimit, violarit, garniyerit.
Pentlandit tarkibida 32,25% temir, 34,22% nikel, 32,23% oltingugurt bor. Qo’shimcha komponent sifatida 3%kobalt bo’lishi mumkin. Bu mineral elektr o’tkazuvchan va magnitga tortilmaydi. Uning rangi och bronza- sariq va metal yaltiroqligiga ega.
Pirrotinni tarkibida 58,8-61,8%temir va 41%gacha oltingugurt bor. Asosiy qo’shimchalari-nikel, kobalt,mis va selen. Metal yaltiroqligiga ega, bronza-sariq rangda. U yaxshi elektr o’tkazuvchan mineral hisoblanadi.
Millerit tarkibida 64,7% nikel va 35,3% oltingugurt bor. Rangi latunli sariq. Qo’shimcha komponentlar-temir, kobalt, mis bo’lib, yaxshi elektr o’tkazuvchan mineral hisoblanadi.
Nikelin(qizil nikel kolchedani) tarkibida nikel, arsenid bo’lib, qo’shimcha komponentlari-kobalt, temir va surma. Uning tarkibida 43,9% nikel, 56,1% mishyak, bor. Rangi och, misga o’xshash qizg’ish.
Polidimit tarkibida 57,9% nikel, 42,1% oltingugurt bor. Uning rangi och kulrang. Qo’shimcha komponentlari – temir va kobalt.
Violarit tarkibida 38,9% nikel, 18,5% temir va 42,1% oltingugurt bor. Rangi siyohrangdan kulranggacha bo’lishi mumkin.
Garniyerit murakkab tarkibga ega.tarkibida 35%gacha nikel bor. Rangi och yashil, sariq rangdan to’q yashil ranggacha.
2.1 Mis rudasining flotatsiyalanishi
Misning sulfidli minerallari sulfgidril yig‘uvchi reagentlar bilan yaxshi flotatsiyalanadi. Кsantogenatlar bilan birinchi o‘rinda xalкopirit, кeyingi o‘rinda bornit, кovellin va xalкozin yaxshi flotatsiyalanadi. Xalкopirit butil кsantogenati bilan рН =6-11 bo‘lganda, xalкozin рН =1-13da yaxshi flotatsiyalanadi. Misning hamma sulfidli minerallari кsantogenatlar bilan bir qatorda ditiofosfatlar, ditioкarbomat va myerкaptanlar bilan xam yaxshi flotatsiyalanadi. Xalкopirit mis-qo‘rg‘oshin va mis-molibden rudalarini boyitishda sianid tuzlari bilan tazyiqlanadi. Sianidlarni miqdori yig‘uvchi reagentga va рН ga bog‘liq, masalan, agar etil кsantogenati ishlatilsa va рН -7,5 ga teng bo‘lsa, sianid tuzi sarfi кamroq bo‘ladi va agar yig‘uvchi reagent sifatida butil кsantogenati ishlatilsa tazyiqlovchi reagent sarfi кo‘payadi. Misni iккilamchi sulfidli minerallarini boyitishda mis-qo‘rg‘oshin rudalarini ajratishda tazyiqlovchi reagent sifatida кo‘proq кaliy fyerritsianidi va кaliy fyerrotsianidi кompleкs tuzlari ishlatiladi. Natriy sulfidi tuzi misni hamma sulfidli minerallari uchun yaxshi tazyiqlovchi reagent hisoblanadi. Masalan, xalкopirit рН -5,5 dan yuqori bo‘lganda, xalкozin esa рН -7 dan yuqori bo‘lganda natriy sulfidi bilan yaxshi tazyiqlanadi. Xrom tuzlari, oltingugurt IVoкsid, sulfit кislota, natriy sulfit va natriy tiosulfatlar xalкopiritni deyarli tazyiqlamaydi, shuning uchun ular mis-qo‘rg‘oshin va mis-rux boyitmalarini ajratishda ishlatiladi. Ohaк mis-piritli rudalarni ajratishda tazyiqlovchi sifatida ishlatiladi. Misning oksidli minerallaridan malaxit, azurit, кuprit sulfgidril yig‘uvchilar bilan yaxshi flotatsiyalanadi. Mis, mis-piritli rudalarni boyitishning texnologiк sxemasi rudaning turiga, mis minerallari va puch tog‘ jinslari tarкibiga, o‘lchamiga, piritning flotatsiyalanish faolligiga va shlamlanishiga bog‘liq. Bu omillar orqali texnologiк sxema necha bosichdan iborat bo‘lishi, кolleкtiv-seleкtiv sxema bilanmi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boyitish sxemasi bilan boyitish кyeraкligi aniqlanadi. Ishlab chiqarish unumdorligi кatta bo‘lmagan va engil flotatsiyalanuvchi mis rudalari uchun bir bosqichli texnologiк sxema tavsiya etiladi. Bu sxema maydalash, yanchish, tasniflash, asosiy flotatsiya, nazorat flotatsiyasi va bir nechta tozalash jarayonidan iborat bo‘ladi. Agar ruda tarкibida misning iккilamchi minerallari, ayniqsa кovellin uchrasa, yanchish va birinchi flotatsiyadan кeyin tayyor mis boyitmasi olinib, boy tarкiblinazorat flotatsiyasi chiqindisi qo‘shimcha 80-85% -0074mmgacha yanchiladi, iккinchi bosqichni mis boyitmasi birinchi bosqich boyitmasi bilan qo‘shiladi.


Rasm№1 Misli rudalarni boyitish texnologiyasi sxemasi

2.2 Nikel rudasining flotatsiyalanishi


Sulfidli mis-nikel rudalarini boyitishda mis va nikel sulfidlarini ajratish qiyinchilik bilan amalga oshadi. Bunga asosiy sabab, ruda tarkibida kubanit va taliaxitni uchrashidir. Ruda tarkibida puch tog’ jinslarini oson flotatsiyalanuvchi- alyumosilikatlarni uchrashi organic birikmalarni cho’ktiruvchi sifatida qo’llanilishiga olib keladi. Masalan, karboksimetillsellyuloza(KMS) keng tarqalgan bo’lib, birinchi marta Kola yarim orolining mis-nikel rudalarini boyitishda ishlatildi. Bir qancha boyitish fabrikalarida dekstrin hamda KMSning suyuq shisha bilan aralashmasi ishlatiladi. Ba’zida silikatli minerallarni cho’ktirish kislotali muhitda, ya’ni pH=3-3,5 bo’lganda sulfat kislota yordamida amalga oshiriladi. Pirrotinga faollashtiruvchi reagent sifatida mis kuparosi(50g/t) qo’shiladi. Sochma mis-nikel rudalaridankollektiv flotatsiya sxemasi yordamida kollektiv mis-nikel boyitmasi olinib, boyitiladi. Bunda yanchishning birinchi bosqichida ruda 40-50% -0.074mmgacha yanchilib, mejtsikl flotatsiyaga jo’natiladi va bu jarayon ishqoriy muhitda ya’ni pH=9-10 bo’lganda amalga oshiriladi. Yig’uvchi reagentlari(butil, amil ksantogenatlari, butil ditiofosfati yoki ularning aralashmasi) tegirmonga qo’shish kerak. Keyingi asosiy flotatsiya mejtsikl flotatsiya chiqindisini 60-80%gacha -0.074mmgacha qayta yanchilgach, amalga oshiriladi. Mejtsikl va asosiy flotatsiya ochiq siklda olib boriladi, oraliq mahsulotlar esa alohida siklda 90-100% -0.074mmgacha qayta yanchilgach, qayta ishlanadi.

III bo’lim.Mis-nikel boyitish fabrikalari


Olmaliq mis boyitish fabrikasi.
1961-yilda Qalmoqqir va Sariq­cho‘qqi kon­­larining mis-molibden rudalarini qayta ishlab chiqarish uchun fab­rika ishga tushirilgan. Fabrika tizimida ikkita maydalash bo‘limi bor:
- yirik maydalash bo‘limi. Unda uchta konussimon mayda­lay­digan mashina KKD-1500/180 tinmay ishlab turadi, ularning har bittasi yiliga 15 mln. tonna ma’danli ruda unumdorligiga ega;
- mayda va o‘rta maydalash bo‘limi. Unda o‘rta KSD – 2200 va KSD – 3000 va mayda KMD – 2200 va KMD – 3000 maydalaydigan dast­gohlar ishlatiladi, ularning umumiy soni 34 ta, to‘liq unumdorligi – yiliga 29 mln. tonna rudani qayta ishlashi mumkin.
Fabrikaning asosiy binosida 10 ta texnologik qism bo‘lib, ular 3,6x4,0; 3,6x5,6; 4,5x6,0 metr miqdordagi sharli tegirmonlar bilan hamda 6,3 kub.metr,
12,54 kub.metr, 16,0 kub.metr hajmli flotatsion mashinalar bilan ta’minlangan. Unda maydalangan ruda boyitiladi.Kollektiv konsentrat seleksion flotatsiyaga yuborilib, undan mis kon­sentrati va molibden konsentrati sanoat mahsuloti holida ajratib oli­nadi. Quyuqlanish suvini siqib chiqarish va quritishdan keyin mis kon­sentrati (OTMK) mis eritish zavodiga jo‘natiladi. Molibden sanoat mah­suloti avval Olmaliq TMK hududida joylashgan qo‘shma korxona sexida quvursimon aylan­­ma pechda kuydirilib, to‘liq MoO3 (molibden oksidi) molibdenli xomashyo quyuqlashtiriladi va yuqori haroratda eriydigan, issiqqa chidamli bo‘lgan metallar O‘zbekistondagi Chirchiq kom­binatiga yuklab jo‘natiladi. Fabrika chiqindilari gidrotransport yor­da­­mida fabrikadan 12 km uzoqlikda joylashgan chiqindilar omboriga jo‘natiladi.

Jdanovsk boyitish fabrikasi


Bu fabrikada kollektiv flotatsiya sxemasi qo’llanilib, Jdanovsk konining kam tarkibli mis-nikel rudalari qayta ishlanadi. Asosiy rudali minerallari pentlandit, pirrotin, xalkopirit, magnetit hamda violaritdan iborat. Nikel, mis va kobaltni rudadagi nisbati 1:3:2,5. Pentlanditni flotatsiyalanishi rudadagi nikel va temirni miqdoriga bog’liq bo’lib, miqdori oshgan sayin ularni flotatsion faolligi va flotatsiyalanish tezligi oshadi. Qiyin boyitiluvchan nikel minerali yengil oksidlanadigan pirrotin minerali bo’lib, uni flotatsiyalanishiga talk va xloridning borligi ta’sir etadi. Jdanovsk boyitish fabrikasi 1965-yilda ishga tushirilgan bo’lib, rudaning maksimal o’lchami 1200 mm. Uch bosqichda 25mmgacha maydalangan ruda yanchish jarayoniga kelib tushadi. 45-50% -0,074mmgacha yanchilgan pulpa mejtsikl flotatsiyaga jo’natiladi. Birinchi bosqichda ruda KKD-1500/180 maydalagichida, ikkinchi bosqich maydalash 3ta KSD-2200B va uchinchi bosqich KMD-2200 va KMDT-2200 maydalagichlarida amalga oshiriladi. Maydalangan ruda MSHR-3600*5000 sharli tegirmonga kelib tushadi. Ishqoriy muhit hosil qilish maqsadida tegirmonga kaltsinirlangan soda(70g/t) va yig’uvchi reagent sifatida butil ksantogenati(60-75g/t) qo’shiladi. Mejtsikl flotatsiya chiqindisi MSHS-3600*5000 tegirmonida yopiq siklda gidrosiklon GS-50 bilan qayta yanchiladi va ikkinchi bosqich tegirmoniga (40-50g/t) qo’shiladi. Mejtsikl va asosiy kollektiv flotatsiya boyitmalari qo’shiladi. Gidrosiklon quyilmasi 80% -0.074mmni tashkil etib, asosiy kollektiv flotatsiyaga jo’natiladi va bu jarayonga mis kuporosi (0-9g/t) va butil ditiofosfati(5-15g/t) qo’shiladi. Mejtsikl va asosiy kollektiv boyitmalari qo’shilib tozalash jarayonlari amalga oshiriladi va puch tog’ jinslari KMS yordamida cho’ktiriladi. Olingan kollektiv mis-nikel boyitmasi tarkibida 5,8-6% nikel, 2,3-2,75% mis va 0,2%gacha kobalt bo’lib, mis va nikelni ajratib olish foizi 75%, kobaltniki esa 65% ni tashkil etadi. Asosiy kollektiv flotatsiya chiqindisi nazorat flotatsiyasiga kelib tushadi va bu jarayonga mis kuparosi (0-5g/t), butil ksantogenati (8-10g/t), butil ditiofosfati (0-5g/t) qo’shiladi. Nazoratli flotatsiya chiqindisi barabanli magnit saralagichda magnetitni ajratib olish maqsadida boyitiladi. Oraliq mahsulot 90% -0.044mmgacha qayta yanchilib, alohida siklda flotatsiyalanadi. Tayyor mis- nikel boyitmasi quyultirilgach, kuydirish sexiga jo’natiladi.
IV. Texnologik sxemani tanlash va hisoblash
Rudaning qattikligi, granulometrik tarkibi, namlik, loyning miqdori, maydalanuvchanlik, elanuvchanlik, yanchiluvchanlik kabi fizik xossalari maydalash, elash va yanchish usullarini va bu operatsiyalarni bajaruvchi dastgohlarning turini belgilashga imkon beradi. Sxemani tanlashga umumiy sharoitlari: rayonning iqlim sharoiti, korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi, konni qazish usuli, rudani fabrikaga berilish usullari hisobga olinishi kerak. Maydalash bosqichlarini soni maydalanayotgan boshlang‘ich va oxirgi yirikligi bilan aniqlanadi. Fabrikadagi maksimal maydalanish darajasi rudani 3-bosqichda maydalab erishish mumkin.
Ruda o‘rtacha qattiqlikka ega bo‘lganligi uchun, maydalashni sxemasini I bosqichda yirik maydalash dastgohini qo‘llanadi, II bosqichdan o‘rta maydalash dastgohidan oldin dastlabki elash kiritiladi, bunda ruda tarkibidagi mayda va maydalanishi kerak bo‘lmagan mahsulotlarni ajratib olinadi va maydalashga tushadigan mahsulotning hajmi ham qisqaradi, maydalagichning ishchi zonasida materialning harakatlanishi ortadi. Maydalashning III – bosqichida mayda maydalagich dastgohi yopiq siklda ishlatilib, bunda dastlabki elash va tekshiruvchi elash o‘rnatiladi, ya’ni maydalanmay qolgan mahsulotni maydalagichga qaytarish uchun qo‘llaniladi. 3-maydalagichdan chiqqan mahsulot yanchishga yuboriladi Oxirgi maydalagichdan chiqqan rudaning eng katta bo‘lagini o‘lchami 18 mm bo‘lib, rudani birinchi yanchish 40%-0,074 mm li sinfgacha, ikkinchi yanchish esa 75% - --0,074 mm gacha sinfga keltirish uchun, ya’nchishning ikki bosqichli sxemasini ya’ni «GA» va «GA’» tanlash maqsadga muofiqdir.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish