Mineral chizig’ining rangi – mayin kukun holidagi mineralning rangi ko’pincha mineral donasini rangi bilan to’g’ri kelmaydi.
Piritning rangi somonsimon sariq bo’lib, chizig’i esa qoradir.
Flyuoritning rangi yashil, binafsha bo’lib, chizig’i esa oqdir.
Gematitning rangi qora, chizig’i olachasimon qizil bo’ladi.
Mineralning chizig’ini aniqlash uchun glazur bilan qoplanmagan farfor plastinkasiga chizamiz.
Minerallarning qattiqligi. Minerallarning sirti tirnalganda chizilishiga ko'rsatgan qarshiligi minerallarning qattiqligi deb ataladi. U qattiqligi oldindan ma'lum bo'lgan mineral bilan chizib-tirnab ko'rib aniqlanadi. Qaysi mineralda tirnalgan iz qolsa, shu mineral yumshoq bo'ladi, qirgan mineral esa unga nisbatan qattiq hisoblanadi. Minerallarning shu хususiyatiga qarab, F Moos tomonidan qattiqlik shkalasi tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |