So`z boshi
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, foydali qazilmalar va zahiralarni o’rganish yanada dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Konchilik sohasi talabalariga foydali qazilmalar haqidagi ilk bilimlarni berishda geologiya fani alohida ajralib turadi. Geologiya fani “Konchilik ishi” bakalavriat yo’nalishida o’qitiladigan asosiy kurslardan biri bo’lib hisoblanadi.
Mustaqil O’zbekistonimizni xom ashyo bazasini yaratishda geologlarning o’rni katta, chunki ular mamlakatimizdagi yer osti boyliklarini o’rganadilar, yangi konlarni topadilar. Yer qa’rida yotgan foydali qazilmalarni hosil bo’lish sharoitini va qazib olish usullarini bilmasdan tog’-kon sanoatida ilmiy-texnik taraqqiyot qilish mumkin emas.
Geologiya fanining ahamiyati, yer osti boyliklarini tejamli ishlatishda va atrof muhitni himoya qilishda juda katta ahamiyatga ega, chunki ekologiya hozirgi davrda yechilishi lozim bo’lgan eng asosiy muommodir.
Sanoatning biron sohasi yo`qki, unda foydali qazilmalarni tashkil qiluvchi minerallar bevosita, yoki qaytadan ishlangan mahsulot sifatida qo`llanilmasa.
Shuning uchun ushbu uslubiy qo`llanma nafaqat yer haqidagi fanlar bo`yicha mutaxassislar uchun, balki boshqa sohalar uchun ham zarur.
Kirish
Ushbu, gеologiya fanidan amaliy ishlar bo’yicha uslubiy qo’llanma 5311600-«Konchilik ishi» bakalavr yo’nalishlari bo’yicha ta'lim olayotgan talabalarga Navoiy davlat konchilik instituti tomonidan tuzilgan o’quv rеjasi, hamda mavjud namunaviy va ishchi o’quv dasturlar asosida tayyorlandi. Qo’yidagi maqsadlar ko’zda tutadi:
- Talabalarga geologik kartalatni o’qish va ularning turlari, shrtli belgilari va masshtablari bilan tanishtirish;
- Talabalarga to’g jinslarining yoshi, geoxronologik jadval, eralar, davrlar bo’yicha indeks va ranglari to‘g’risidagi ma'lumotlarni yetkazish;
- Talabalarga tabiatda uchraydigan foydali qazilmalarning geologik kartalarga asoslanib, geologik kesmalar tuzishni o’rgatish;
- Talabalarga tog‘ kompasi yordamida qatlam elementlarini gorizontal va burchak ostida yotish o’lchamlarini aniqlashni o’rgatish;
- Talabalarga yerning burmalanishini, tektonik harahatlarini, burmalanish turlarini va ularni hosil bo’lish jarayonlarini o‘rgatish;
- Talabalarga yerning va foydali qazimalarning stratigrafik ustunini tuzish usullarini o‘rgatish;
- Tabiatda yer osti suvlarining gidroizogips xaritasini tuzishni o’rgatish;
- Burug‘ quduqlari yordamida, yer osti suvlarini suv chiqorib olish mumkin bo’lgan usullarini o’rgatish.
- Talabalarga yer osti suvlarining filtratsiya koeffetsentini aniqlashni o’rgatish.
Amaliy mashg’ulotlarni bajarishda yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga erishish uchun talabalar o’quv mashg’ulotlari davomida gеologiya fanini o’rganishda ma’ruzada olgan bilimlarini puxta egallagan bo’lishlari kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |