Yirik masshtabli xaritalar (1:50000, 1:25000) ham aniq topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritada foydali qazilmaning topilish istiqbollari, aniqlangan rayonning mukammal geologik tuzilishi, qishloq xo'jaligining o'zlashtirilishi, shahar, idora, gidrotexnik qurilishlarning istiqbollari aniqlangan bo'ladi. Yirik masshtabli xaritalar faqat yer yuzining geologik tuzilishinigina emas, yerning chuqur qismi to'g'risida ham ma'lumotlar olishga imkoniyatlar berishi lozim.
Mukammal masshtabli geologik xaritalar (1:10000 va undan kattarog'i) maxsus topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritalarda ayrim foydali qazilma jinslarning yotishi, tarqalish qonuniyatlari to'liq ifodalanadi.
Xarita(lar)da tasvirlanadigan hududni chegarasini aniqlash va uni xarita ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkaning ichida va undan tashqarida xaritaning nomini, masshtabini, legendasini, har xil qo`shimcha kesma xaritalarni va boshqa shunga o`xshash ma'lumotlarni maqsadga muvofiq joylashtirishga komponovka1 deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |