METAMORFIK TOG' JINSLARI: YUQORI VA QUYI POG’ONA JINSLARINI O’RGANISH.
STRUKTURASI, TEKSTURASI VA TASNIFI
Ishdan maqsad: Talabalarga metamorfik tog’ jinslarining strukturasi, teksturasi va tasnifini o’rgatish
Nazariy qism:
Birlamchi magmatik va cho'kindi tog' jinslari Yerning chuqur qismlarida o'zgarishi natijasida metamorfik jinslar hosil bo'ladi. Metamorfizm jarayonida birlamchi minerallar to'liq yoki qisman qayta kristallanadi. Qayta kristallanish minerallarni erish nuqtasidan past haroratda sodir bo'ladi. Metamorfik jinslar Yer qobig'ida keng rivojlangan bo'lib, ko'proq dokembriygacha bo'lgan davrlarda sodir bo'lgan. Ular Yer qobig'ining katta hududlarida keng rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |