Metamorfik tog' jinslari strukturasi. Metamorfik va metasomatik jinslar strukturasi va teksturasi ularning kristallanish darajasi, mineral donalari shakli, ularning birikishi, katta-kichikligi va o'zaro joylanishi bilan belgilanadi.
Metamorfik jarayoni to'liq rivojlanmagan vaqtda struktura metamorfik va birlamchi strukturalar oralig'ida bo'ladi. Bunday strukturalar qoldiq yoki reliktli strukturalar deyiladi. Ularga blastogranitli, blastoporfirli va boshqa strukturalar kiradi. Blastogranitli struktura blastez jarayonida o'zgargan granit strukturasidir. Blastez jaryonida mozaikali strukturaga ega bo'lgan kvars to'plamlari yoki ma'lum yo'nalishga ega bo'lgan slyudalar orasida kvars to'plamlari bo'ladi.
Metamorfik jinslarda magmatik jinslarga nisbatan farqli minerallarning idiomorfizm darajasi ularning kristallanish darajasiga bog'liq. Bunday strukturalar kristalloblastli strukturalar deyiladi.
Kristalloblastli struktura bu umumiy atama bo'lib, hamma to'liq kristallangan strukturalarga aytiladi. Kristalloblastli strukturaga quyidagi xususiyatlar xos:
1. Minerallarning chegarasi shaklsiz bo'lib, ko'pincha qirqilgan va buxtasimon bo'ladi.
2. Mayda minerallar yirik minerallarga o’ralgan holda uchraydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |