3. Minerallar to'plam holida joylanish xususiyatiga egadir.
Metamorfik jinslarda mineral donalarining shakli ksenoblast va idioblast bo'ladi. Ksenoblast minerallar ma'lum kristall shakliga ega emas. Idioblast minerallarga kristallografik qirralarning rivojlanishi xosdir. Blastez jarayonida hosil bo'lgan minerallarga ularning kristallografik formalari bo'lmasligi va bir vaqtda hosil bo'lishligi xosdir. Kristalloblastli struktura quyidagi turlarga bo'linadi:
Gomeblastli, geteroblastli, Granoblastli, rogovikli, lepidoblastli, nematoblastli, fibroblastli, halqasimon, gulvirli, diablastli.
Gomeblastli strukturaga jins tashkil qiluvchi minerallar o'lchamining ozmi - ko'pmi bir xilligi xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |