Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Zonaviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi



Download 5,77 Mb.
bet8/64
Sana03.04.2022
Hajmi5,77 Mb.
#526369
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Bog'liq
Geodeziya maruzalar matni

Zonaviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi. Zonalarning tekislikka tushgan tasviridagi nuqtaning o‘rni shu zonaning koordinatalar sistemasiga nisbatan aniqlanadi. Har zonaning o‘qiy meridiani zonaning absissalar o‘qi deb, unga perpendikulyar yo‘nalshida bo‘lgan ekvator yo‘nalishi esa ordinatalar o‘qi deb qabo‘l qilinadi. Bu o‘qlarning kesishgan nuqtasi koordinatalar boshi bo‘ladi. Abssissalar (x) shimoliy yarim sharda musbat, janubiy yarim sharda esa manfiy bo‘ladi. Mamlakatimizning hamma eri shimoliy yarim sharda bo‘lganidan, hamma vaqt abssissalar musbat ishora bilan olinadi. Ordinatalar (y) o‘qiy meridiandan sharqqa tomon musbat, g‘arbga tomon esa manfiy bo‘ladi. 2.3-shaklda A(+5;-3) nuqta o‘z koordinatalari bilan belgilangan. Ordinatalarning ham hamisha musbat ishorada bo‘lishi uchun koordinatalar bosh o‘qiy meridiandan 500 km g‘apbga surilgan. Bu shartli koordinatalar boshi deyiladi. Nuqtaning ordinatasi hamisha shu shartli koordinatalar boshidan hisoblanadi. Agar ordinata qiymati 500 km dan katta bo‘lsa, nuqta zona o‘qiy meridianidan sharqda, 500 km dan kichik bo‘lsa, o‘qiy meridiandan g‘arbda bo‘ladi. Ordinata qiymati chapiga zona nomeri ham yoziladi.

2.3-shakl. Zona sistemasidagi koordinata o‘qlari;
0-koordinata boshi, O'-shartli koordinata boshi,
1-o‘qiy meridian, 2-shartli abssissa o‘qi.
Masalan, geografik koordinatalari =41°35', =69°40' bo‘lgan nuqtaning to‘g‘ri burchakli Gauss-Kryuger sistemasidagi koordinatasi quyidagicha yoziladi:
x=4 405 653,80 m;
y=12 555 558,95 m.
Ordinata qiymati nuqta 12 zonada bo‘lib, u zona o‘qiy meridiandan sharqda 555 558, 95-500 000=55 558,05 m masofada yotganini ko‘rsatadi.
Nuqtalar balandligi. Geodezik kenglik va uzoqliklari nuqtaning Yer fizik yuzasidagi o‘rnini aniqlamay, balki ellipsoid yuzasidagi o‘rnini aniqlaydi. Nuqtaning yer yuzasidagi haqiqiy o‘rnini aniqlash uchun nuqtaning ellipsoiddan balandligini ham bilish kerak. Geodezik ishlarda nuqtaning balandligini aniqlashda hisob yuritiladigan bosh yuza sifatida geoid yuzasi bo‘lmish sathiy yuza qabul qilinadi. Nuqtaning dengiz yuzasidan bo‘lgan balandligi absolyut balandlik deyilib N harfi bilan belgilanadi. N ning qiymati son bilan ifodalansa, u absolyut otmetka deb ataladi. Bu son nuqta o‘rnini aniqlashda uchinchi koordinata bo‘ladi.
Hisob yuritiladigan sathiy yuza sifatida Baltika dengizidagi Kronshtat orolining gidrometrik posti futoshtogi (reyka) dagi suvning o‘rtacha balandligini ko‘rsatuvchi nol belgisi qabul qilinadi. Nuqtaning absolyut balandligi (otmetkasi) N hamisha ham ma’lum bo‘lavermaydi. Bunday holda amaliy ishlani bajarish uchun bir nuqta balandligi ixtiyoriy olinadi, olingan bu balandlik shartli balandlik deyiladi. Bir nuqtaning ikkinchi nuqtaga nisbatan bo‘lgan balandligi nisbiy balandlik deb ataladi va h bilan belgilanadi (2.4-shakl). Shaklda absolyut, shartli balandliklar, nisbiy balandlik va nuqtalarning sathiy yuzalari ko‘rsatilgan.


2.4-shakl.

Berilgan chiziq yo‘nalishini yerning to‘rt tomoniga nisbatan qanday ketishini biror bosh yo‘nalishga nisbatan aniqlash chiziqni orientirlash deyiladi. Ma’lumki, yer yuzasidagi har qanday nuqtadan yolg‘iz bir meridian o‘tadi va uning yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Shunga ko‘ra, nuqtadan o‘tgan chiziqning yo‘nalishi shu nuqta meridianining yo‘nalishiga nisbatan berilgan chiziq hosil qilgan burchak orqali aniqlanadi. Bu burchaklar azimut, rumb va direksion burchaklarga bo‘linadi.



Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish