Tajribani bajarish tartibi.
Nasos yordamida o`zgarmas bosimli idish quvur (10) orqali suyuqlik doimiy ravishda uzatilib turiladi.
(5) – jo’mrak ochilib (6) – suyuqlik o`lchov idishiga suyuqlik hajmi vaqt birligi ichida o`lchanadi.
Shu suyuqlik hajm o`lchash bilan bir vaqtda (9) – jo’mrak ochilib rangli suyuqlik silindrik shakldagi shisha quvurga uzatiladi.
Bosimli suyuqlik idishini suv bilan to`latish uchun jo’mrak (11) ochiq holatiga quyiladi.
Bosim suyuqlik idishi to`lgandan so`ng jo’mrak (11) orqali nasosdan kelayotgan suvning oqimi berkitiladi va nasos degan tugmani bosib nasos o`chiriladi.
Suyuqlik quvuri (5) dagi jo’mrak shunday ochiladiki, suvning quvur ichidagi tezligi juda ham kichik bo`lsin.
Jo`mrak (9) ochilib, suvning ichiga bo`yoq yuboriladi.
Suyuqlik quvuri (4) ning jo`mrak (5) buralib shunday tezlik hosil qilinadiki, suvning ichidagi bo`yoq to`g`ri chiziqli harakat qilsin (ya'ni suyuqlik zarralari boshqa qatlamga o`tmagan aralashmagan holda). Shu holatda suvning hajmi o`lchanadi, ketgan vaqti jadvalga yoziladi.
Suv harakatining tezligi jo’mrak (5) orqali shunday yuboriladiki, bo`yalgan suyuqlik oqimi to`lqin shakliga kiradi va tezlikning oshishi natijasida suyuqlikni butunlikcha bo`yab yuboradi, ya'ni aralashib ketadi. Shu holatda suvning hajmi o`lchanadi va o`lchashga ketgan vaqti jadvalga yozib olinadi.
Suvning sarfi hajmiy metod asosida aniqlanadi. Buning uchun hajmi W ga teng bo`lgan o`lchov stakanining to`lish vaqti – t o`lchanadi va jadvalga yoziladi.
Hisoblash usuli.
1. Kritik tezlikdagi suvning sarfi aniqlanadi:
(sm3/s)
bu yerda: W - o`lchov stakaning hajmi (sm3)
t – o`lchov stakanining suyuqlik bilanto`lish vaqti (suyuqliklarning).
Kritik tezlik topiladi: (sm/s)
bu yerda: ω- quvurning ko`ndalang kesimi yuzasi (sm2);
d- quvurning diametri (suyuqliklarni).
3. Suvning harorati tni o`lchab, uning qovushoqligining kinematik koeffitsiyenti,
ya'ni 1.1 jadvalda aniqlanadi:
1.1 jadval
Suvning temperaturasi С0
|
0
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
Qovushqoqlikning kinematik koeffisienti , м2/с
|
0,0173
|
0,015
|
0,0131
|
0,0114
|
0,0102
|
0,0090
|
4. t=230, V=0,0102 sm2/sek Reynolds kritik soni hisoblab topiladi.
bu yerda υ - qovushqoqlikning kinematik koeffitsienti sm/sek2.
5. Hisob qiymatlari jadvalga kiritiladi.
1.2 jadval
№
|
O’lchash natijalari
|
Hisoblash natijalari
|
Harakat tartibi
|
O’zgarmas kattaliklar
d=5,0 sm
|
W
|
t
|
Q
|
|
Re
|
|
sm3
|
c
|
sm3/s
|
sm2/s
|
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
Nazorat savollari.
Suyuqlik harakatining asosiy elementlarini ayting?
Oqim chizig`i, oqim naychasi, oqimcha, suyuqlik oqimi ma'nosini tushuntiring.
Oqimning asosiy gidravlik elementlarini ayting va ularga izoh bering?
Oqimning sarfi nima?
Oqimning o`rtacha tezligi qanday aniqlanadi?
Quvurlarda suyuqlik oqimining qanaqa tartibi (rejimi) kuzatiladi?
Oqimning laminar tartibiga izoh bering?
Oqimning turbulent tartibiga izoh bering?
Oqimning har xil tartiblari uchun ko`ndalang kesim bo`yicha tezliklarni tarqalish grafigini chizing va unga izoh bering?
Oqimning laminar tartibda undagi ranglangan oqimchaning ko`rinishini izohlang?
Oqimning turbulent tartibida undagi ranglangan oqimchaning ko`rinishini izohlang?
TAJRIBA ISHI №4.
QUVURNING UZUNLIGI BO’YICHA GIDRAVLIK ISHQALANISH KOEFFITSIENTINI TAJRIBA YO’LI BILAN ANIQLASH.
Do'stlaringiz bilan baham: |