TAJRIBA ISHI №1
BERNULLI TENGLAMASI YORDAMIDA PEZOMETRIK VA GEOMETRIK BOSIM CHIZIG’I DIAGRAMMASINI TUZISH.
Ishdan maqsad:
a) Tajribada suyuqlik oqimning potensial va kinetik energiyalarining Bernulli tenglamasi asosida o`zgarishini tekshirish;
b) Pezometrik va to`liq bosim chiziqlarini chizish;
v) Bosim yuqotilishi kattaligini topish.
Qisqacha nazariy ma`lumot.
Bernulli tenglamasi suyuqlik oqimi uchun energiyani saqlanish qonunini bildirib, u solishtirma holat (z)va solishtirma potensial ( ), solishtirma kinetik energiya hamda ikki kesim orasidagi solishtirma (h1-2)energiya yuqotilishini bir biriga bog`laydi va ularning yig`indisi butun kesim uchun o`zgarmasligini ko`rsatadi.
Barqaror harakat qilayotgan haqiqiiy suyuqlikning elementar qatlami uchun Bernulli tenglamasi muayyan I-I va II-II kesimlari uchun quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi.
bu yerda: z1, z2-solishtirma tekislik (0-0) dan kesimlar oqim o`qigacha bo`lgan masofalar;
, - pezometrik bosimlar; ya'ni pezometr ko`rsatkichlar:
V1, V2 –Quvurning I va II kesimlaridagi mos oqim tezliklari;
(z1+ ), (z+ ) - solishtirma potensial energiyalar.
, – solishtirma kinetik energiyalar.
Bernulli tenglamasining geometrik mazmuni.
Bernulli tenglamasida qatnashgan hadlar chiziqli xarakterga ega bo`lib biz ularni “geometrik balandlik” deb qaraymiz;
z- Geometrik yoki geodezik balandlik (geometrik bosim);
- Pezometrik balandlik (pezometrik bosim);
Tenglamaning o’ng tomonidagi h1-2 ( ) ohirgi hadi harakat qilayotgan kesimda harakatlanayotgan suyuqlikning gidravlik qarshiliklarini yengib o’tishi uchun yo’qotilgan umumiy energiyani bildiradi.
h1-2 - napor bosimining yuqotilishi;
- tezlik balandligi (tezlik bosimi);
α - tezlikni quvur ichida tekis tarqalmaganligi, tezlik (Koriolos) koeffitsenti. Haqiqiy suyuqlik uchun doimiy (α)ni tajribada 1.1 ga neng deb hisobga olinadi.
Bu kattalik to’liq solishtirma energiya oqimi bo’lib, gidradinamik bosim (napor ) H deb ataladi.
Bernulli tenglamasining geometrik mazmuni shuni ko`rsatadiki, barqaror harakat qilayotgan haqiqiy suyuqlikning elementar qatlami uchun kattaliklarining yig`indisi o`zgarmas bo`lib qoladi.
Bernulli tenglamasining energetik mazmuni.
z – solishtirma holat energiyasi;
- solishtirma potentsial energiya;
- solishtirma kinetik energiya;
h1-2 – solishtirma yo`qotilgan energiya.
Shunday qilib, Bernulli tenglamasining energetik mazmuni shuni ko`rsatadiki, barqaror harakat qilayotgan haqiqiy suyuqlikning elementar qatlami uchun solishtirma energiyalar yig`indisi oqimning uzunligi bo`yicha o`zgarmas bo`lib qoladi.
Tajriba qurilmasining tuzilishi.
Tajriba qurilmasi, har xil kesimga ega bo`lgan quvurlardan tashkil topgan (1.1 rasmga qarang). Bu tajriba qurilmasi quvur uzunligi bo`yicha bir necha pezometrlar (5) va jo`mrak (8) bilan jihozlangan. Tajriba qurilmasiga nasos orqali suyuqlik haydaladi, jo`mrak (2), suyuqlik solingan idish bosimi (∆=cоnst) o`zgarmas holatda bo`lishini ta'minlaydigan qilib ochiladi va suyuqlik tajriba o`tkaziladigan qurilmalarga quvur tarmog`i orqali yuboriladi. Bosimli idishning doimiy sathi (3) suyuqlik sathini ushlab turuvchi oqava quvuri yordamida ushlab turiladi. Suyuqlikning sarfi (9) o`lchov idishi va elektron sekundomeri yordamida o`lchanadi.
1.1- rasm
1-Nasos orqali suyuqlik uzatuvchi quvur; 2,8-Ventil; 3-Suyuqlik sathini ushlab turuvchi quvur; 4-Bosimli suyuqlik idishi; 5- Pezometrlar; 6- Suyuqlik to`lqinini tinchlantiruvchi to`siq; 7- Venturi sarf o`lchagichi;; 9- o`lchov idishi; 10- probka; 11- Suyuqlik sathini ko`rsatuvchi naycha; I, II, III, IV, V, VI, -kesimdagi pezometrlar.
Ishni bajarish va o`lchash tartiblari.
a) Tajriba quvurining chizmasidan o`lchamlari yozib olinadi.
b) Ventilni yopib bosimli idish suv bilan to`ldiriladi.
v) Bosimli idishdagi barqarorlashgan suvning sathi No`lchanadi.
g) Jo’mrak shu darajada ochiladiki, V pezometrik suvning balandligi 10÷20 sm ga teng bo’lsin.
d) Har bir kesim uchun pezometrik bosim o`lchanadi.
e) Suyuqlik sarfi o`lchanadi. Tajriba uch xil holatda bajariladi. Har safar tajriba bajarilishida “o`lchash” holatiga olib kelinadi va shundan keyin suyuqlik oqimi o`lchash idishiga yo`naltiriladi. Suyuqlik hajmi o`lchash idishi yordamida aniqlanadi. Tajriba jo`mrak har xil holatda ikki marotaba qaytariladi.
Quvur o’qidan taqqoslangan tekislikkacha bo’lgan vertikal masofa z, hisoblashlarda z=0,7m teng.
O`lchov natijalari 2.1 –jadvalga yoziladi.
2.1-jadval
№
|
Pezometrning ko’rsatkichlari
|
W
|
t
|
D=2,0см, d=1,0см, z=0,7м, L=1,0м
|
|
|
|
|
|
|
|
см
|
см
|
См
|
см
|
см
|
см
|
|
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Hisoblash usuli.
1. Suyuqlik sarfi Q=W/t formula yordamida sm3/sek birliklarda hisoblanadi.
2. Har bir quvurning ko`ndalang kesimi uchun oqimning o`rtacha tezligi V=Q/ω sm/sek, formuladan topiladi. Bu yerda , sm2
3. Har bir quvur ko`ndalang kesimi uchun tezlik bosimi aniqlanadi yoki Yeksolishtirma kinetik energiya o`zgarishi quyidagi formuladan aniqlanadi
, bu yerda α ni birdan katta deb qabul qilamiz.
4. Potensial energiyaning o`zgarishini quyidagicha aniqlaymiz.
Yek=
5.III-IV va V-VI kesimlarda bosim yuqotilishi:
hIII-IV=HIII– HIV
hV-VI=HV - HVI
Bu yerda: H1 – 1-chi yuzaning to’liq solishtirma energiyasi,
Hn– n- chi yuzaning to’liq solishtirma energiyasi
6. Hisoblangan, olingan natijalar 2.2 jadvalga yoziladi.
Pezometrik va to`liq bosimlarning o`zgarish grafigini chizish uchun 2.2-jadvaldan olingan hisob natijalaridan foydalaniladi. Millimetrlangan qog`ozga ma'lum masshtabda belgilanib o`rganiladigan quvurning tasviri tushiriladi.
L o`qida kesim masofalari belgilanadi.
H o`qlari bo`yicha har bir kesimga ta’luqli pezometrik bosim (balandligi) qo`yib chiqiladi va ularning uchlarini tutashtirib pezometrik bosim chizig`ini olamiz (1.2-jadvalga qarang).
To`liq bosim chizig`ini olish uchun har bir kesimga to`g`ri keladigan pezometrik bosim ustiga H o`qi bo`yicha tezlik bosim balandligi , qiymatini 2.2 jadvaldan olib qo`yilib uchlarini tutashtirsak to`liq bosim chizig`ini olamiz (1.2- jadvalga qarang).
Gidravlik qiyalik i - ni topamiz
bu yerda Hb va H0 – har bir uchastkaning boshlang`ich va oxirgi to`liq bosimlari.
l-quvur uzunligi bo`yicha pezometrik bosim naychalarining oraliq masofalari.
2.2-jadval
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birligi
|
|
I II III IV V VI
|
1
|
2
|
3
|
4 5 6 7 8 9
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
|
Quvur diametri
Haqiqiy kesim
O’rtacha tezlik
Solishtirma kinetik energiya
Solishtirma potensial energiya
To’liq solishtirma energiya
Napor yo’qotilishi
|
sm
sm2
sm/s
sm
sm
sm
sm
|
|
Nazorat savollari.
Suyuqlikning barqaror harakatini tushuntiring? Suyuqlikning boshqa ko`rinishdagi harakatini nomini ayting va uni tavsiflang?
Suyuqlik harakatini uzilmaslik tenglamasini asosiy ma'nosi nimadan iborat?
D. Bernulli tenglamasining asosiy ma'nosiga izoh bering?
D. Bernulli tenglamasini qo`llanish shartini tushuntiring?
D. Bernulli tenglamasining geometrik ma'nosini izohlang?
D. Bernulli tenglamasining energetik mazmunini izohlang?
D. Bernulli tenglamasining fizik mazmunini izohlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |