SUYUQLIKNING OQIB CHIQISHINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad:
a) Idishdagi suyuqlikning sathi o`zgaruvchan bo`lganda shu o`zgarishga ketgan vaqtni nazariy va amaliy aniqlash, ularni taqqoslash.
b) Idishdagi suyuqlikning sathi o`zgarmas va o`zgaruvchan bo`lganda sarf koeffitsientini aniqlash.
Qisqacha nazariy ma`lumot.
Suyuqlikning idish teshigidan oqib chiqishi amalda ko`p uchraydi. Oqib chiqish 2 xil sharoitlarda ro`y berishi mumkin: idishdagi suyuqlik sathi o`zgarmas bo`lganda va o`zgaruvchan bo`lganda. Birinchi holda oqib chiqish shu oqayotgan suyuqlikning sarfi o`zgarmas, 2-holda esa sathining o`zgarishiga ketgan vaqt bilan harakatlanadi.
Idish ichidagi suyuqlikning sathi o`zgarmas bo`lganida uning yupqa devoridagi teshigidan tushayotgan suyuqlik sarfini nazariy topaylik.
Ixtiyoriy qiyoslash 0-0 tekisligi (idish tagiga parallel) olib suyuqlikning balandagi sathiga mos keladigan 1-1 kesim uchun va oqib chiqayotgan suyuqlik eng kichkina qismiga mos keladigan 2-2 tekislik uchun Bernulli tenglamasini yozamiz. (Suyuqlikni ideal deb hisoblaymiz).
(1)
Ochiq idish bo`lgani uchun R1=R2; sath o`zgarmaganligi uchun W1=0 shungdek z1-z2=H u holda
yoki (2)
Real suyuqlik uchun bu tenglamaning o`ng tomoniga φ soni ko`paytiriladi, ya'ni . Suyuqlikning idish teshigidan oqib chiqish tezligi uning 2-2 kesimdagi tezligidan kichik bo`ladi, chunki bu kesimdan teshikning ko`ndalang kesimi katta. Shuning uchun:
(3)
yoki hajmiy sarf:
bu yerda: - siqilish koeffitsienti,
- sarf koeffitsienti,
Ft – teshikning ko`ndalang kesim yuzasi m2.
Sarf koeffitsienti tajribadan topilgan.
Qovushqoqligi suvnikiga yaqin bo`lgan suyuqliklar tagi tekis idish teshigidan oqib chiqqanda 0,62 agar teshikka quvurcha yoki nasadka o`rnatilsa, 0,82 bo`ladi. Yuqoridagi olingan tenglamadan ko`rinib turibdiki idishdagi suyuqlik sathi o`zgarmas bo`lganda uning yupqa tagidagi teshigidan oqib chiqayotgan suyuqlik sarfi suyuqlikning sathiga va teshikning o`lchamlariga bog`liq bo`lib, idishning shakliga bog`liq emas.
Endi idishning suyuqlik sarfi N1 dan N2 gacha o`zgarishiga ketgan vaqtni topaylik. Bu uchun juda kichkina dt vaqt ichida oqib chiqqan suyuqlik sarfini yozamiz:
(4)
Shu dt vaqt ichida suyuqlik sathi ham dh ga o`zgaradi va idishning ko`ndalang kesimi o`zgarmas bo`lgani uchun:
Dv=-Fdh
bu yerda F – idishning ko`ndalang kesimi yuzasi m2.
Tenglamaning o`ng tomonidagi manfiylik ishorasi suyuqlik sathining kamayishini ko`rsatadi.
Yuqoridagi ikki tenglamani tenglashtiramiz:
yoki (5)
Bu tenglamalarni integrallab quyidagilarni olamiz:
Tajriba qurilmasining tuzilishi.
Shahar suv eltkich tomonidan 5 - quvur orqali 1 - idishga suv keladi. Bu suvning sarfi 2 - vintil orqali sozlanadi. Bu idishning yon tomonida 3 - quvurning ko`rish shishasi, tagida esa uchta har xil diametrli 4 - nasadkali teshiklar bor (7.1rasm).
7.1-rasm. Suyuqlikni idish teshigidan oqib chiqishni o`rganish
qurilmasining sxemasi.
Ish ikki qismdan iborat bo`lib, 1-qismida 1-idish ichidagi suyuqlik sathi o`zgaruvchan bo`ladi. Har safar tajribani boshlashdan oldin 1-idish ixtiyoriy balandlikkacha suvga to`ldiriladi va shundan keyin 2-vintil yopiladi.
Ishning ikkinchi qismida suyuqlik sathi ham o`zgarmas, ham o`zgaruvchan bo`lgan hollar uchun suyuqlikning sarf koeffitsienti topiladi. Idishdagi suvning sathini bir xil tutib turish uchun 7-oqish quvuri o`rnatilgan bo`lib ortiqcha suv shu quvurdan chiqib ketadi. Bunda ishni bajarish davomida 2-vintil ochiq turadi. Oqib tushgan suv sarfi 6-o`lchagich idish yordamida aniqlanadi. Ishning ikkinchi qismini bajarishda 1-idish tagidagi teshiklarning faqat bittasidan (eng kattasidan) foydalaniladi. Faqat bunda idish tagi tekis bo`lgan hamda teshikka nasadka (quvur bo`lagi) o`rnatilgan hollar uchun sarf koeffitsienti topiladi.
1-QISM.
Ishni bajarish tartibi.
Ishning 1-qismida 2-vintil ochilib, 1-idish ixtiyoriy H sathigacha suvga to`ldiriladi va bunda ham 1-idish tagidagi teshiklar yopiq bo`lib 6-idish tagidagi 8-vintil ochiq bo`lishi kerak. Tanlangan H1 balandlik daftarga qayd qilinib qo`yiladi. Shundan keyin 1-idish tagidagi teshiklardan barchasi ochiladi va ayni paytda sekund o`lchagich yuritiladi. Suv biroz oqqandan keyin teshik zudlik bilan yopiladi va sekund o`lchagich ham to`xtatiladi. Suvning birinchi idishdagi H2 sathi hamda sekund o`lchagichning ko`rsatishi daftarga yoziladi. Tajribani har qaysi teshik uchun kamida 2 marta takrorlash kerak.
Hamma o`lchashlar tugatilgandan keyin hisobot tuzishga kirishiladi.
Idish tagidagi teshikdan suyuqlik oqib chiqqanda, uning ichidagi suyuqlik sathining H1 balandlikdan H2 balandlikka kamayishiga ketgan vaqt quyidagi tenglamadan topiladi:
Bu yerda F – idishning ko`ndalang kesim yuzasi, m2. Barcha o`lchangan va hisoblangan kattaliklar 7.1 hisobot jadvaliga yoziladi.
7.1-Jadval
№
|
O`lchangan kattaliklar
|
Hisoblangan kattaliklar
|
Suvning dastlabki sathi H1(М)
|
Suvning keyingi
sathi H2(М)
|
Tajribadanolinganvaqt
, (sek)
|
Idishning ko’ndalang kesim yuzasi
F, (m2)
|
Teshikning ko’ndalang kesim yuzasi
F, (m2))
|
1
|
|
|
|
|
|
2-QISM.
Ishnibajarishtartibi.
Ishni boshlamasdan oldin 1-idishdagi 4-teshiklar yopiladi va 2-ventil ochilib quyiladi. Bundaengkattateshikningnasadkasiolib qo`yilgan bo`lishi kerak. Dastlab 1-idishdagi sath o`zgaruvchan bo`lgan hol uchun tajriba o`tkaziladi. Buning uchun 2-vintil ochilib 1-idish ixtiyoriy H1 sathigacha suvga to`ldiriladi va 2-vintil yopiladi. H1 balandlik daftarga yozib qo`yiladi.
Shundan keyin 1-idish tagidagi eng katta teshik ochiladi va darhol sekund o`lchagich ham yuritiladi. Suvning sathi H2 sathga pasayganidan keyin teshik yopiladi va sekund o`lchagich to`xtatiladi. Sathning H1 dan H2 gacha o`zgarishiga ketgan vaqt daftarga yoziladi. Idish qaytadan H1 balandlikka to`ldiriladi va tajriba 3-4 marta takrorlanadi.
Keyin 1-idishdagi suyuqlik sathi o`zgarmas bo`lgan hol uchun tajriba o`tkaziladi. Ishni boshlamasdan oldin 8-vintil hamda, 1-idish teshiklari yopiladi, 2-vintil ochilb 7-quvur sathigacha to`ldiriladi.
Ish davomida 3-vintil shunday ochiq bo`lishi kerakki, 5-quvurdan tushayotgan suvning sarfi, idish tagidagi teshikdan oqayotgan suvning sarfidan ozroq ko`proq bo`lsin. Shundan keyin 1-idish tagidagi eng katta teshik ochiladi. Teshikdan vaqt birligida oqib chiqqan suv 8-vintil ochilib, 6-idishdan bo`shatiladi va o`lchashlar takrorlanadi. Bunda ham tajribalar 3-4 marta takrorlanadi.
Endi 1-idish tagidagi tekshirilgan teshikka nasadka o`rnatiladi va yuqorida yozilgan tartibda tajribalar 6-8 marta takrorlanadi.
O`lchashlar takrorlangandan keyin natijalarni ishlashga kirishiladi.
Tajriba natijalarini umulashtirish va hisobot tuzish.
Suyuqlik sathi o`zgaruvchi bo`lgan hol uchun sarf koeffitsienti (5) tenglamadan, sath o`zgarmas hol uchun esa (3) tenglamadan topiladi. (3) tenglamadagi hajmiy sarf Vx=V/τ tenglamadan topiladi. Bu yerda V teshikdan oqib tushayotgan suvning hajmi, m3, τ-oqib tushish vaqti, sekund.
Sath o`zgaruvchan bo`lganda o`lchangan va hisoblangan kattaliklar 7.2-jadvalga, sath o`zgarmas bo`lgandagilar esa 7.3-jadvalga yoziladi.
7.2–Jadval
№
|
O`lchangan kattaliklar
|
Sarf koeffisienti
|
qo`shimcha
|
Suvning dastlabki sathi H1 (m)
|
Suvning keyingi sathi H2(m)
|
Tajribada olingan vaqt
, (sek)
|
1
|
|
|
|
|
|
7.3-Jadval
№
|
O`lchangan kattaliklar
|
Hisoblangan kattaliklar
|
Suvning dastlabki sathi H1 (m)
|
Suvning oqib chiqish vaqti
, (sek)
|
Suvning keyingi
sathi H2(m)
|
Suvning sarfi
Vх,
m3/sek
|
Sarf koeffi
tsiyen
ti
|
Qo’sh
imcha
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari.
Qanaqa quvurga quvurcha deyiladi?
Quvurcha qaysi maqsadlar uchun ishlatiladi?
Quvurchaning qaysi o`lchamlarida va ko`rinishlarida undan o`tgan suyuqlik sarfi unumdorligi yuqori bo`ladi?
Qanaqa ko`rinishdagi quvurchalarni bilasiz?
Katta hajmdagi idishlardan suyuqlikni quvurchalar orqali oqib chiqishi uchun ketgan vaqt qaysi formuladan aniqlanadi?
Quvurchadan oqib chiqayotgan suyuqlik nazariy sarfini formulasini keltiring va uni izohlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |