Kon korxonalari boshqa ishlab chiqarish ob’ektlari hamda inshootlardan farqli tabiiy texnologik majmua(kompleks) hisoblanadi



Download 0,9 Mb.
bet12/12
Sana22.06.2022
Hajmi0,9 Mb.
#691545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
varyant 10

4. Xavfsizlik choralari.
Ekspluatatsiyada joylashadigan konchilik, transportli va yo’l qurilish mashinalari yaroqlilik xolatda bo’lishi lozim va harakatlanadigan signal qurilmalari, tormozlash qurilmasi bilan jixozlangan bo’lishi shart, shu bilan birga ishchi maydonchada harakatlanish qismlarini to’sish, yong’inga qarshi vositalariga, yorig’lik beradigan moslamalariga ega bo’lishi lozim, ishga yaroqli asbob uskunalar komplekti va zarur bo’lgan o’lchov- nazorat apparatlari bo’lishi shart. Mashinalarning yaroqliligi har smenada mashinist tomonidan, har xaftada uchastka (karyer)mexanigi tomonidan va har oyda korxonaning (karyer boshqarmasini)bosh mexanigi tomonidan nazoratdan o’tkazilishi shart. Tekshirilish natijasi aloxida jurnallarda qayd etib boriladi.
O’zi yuradigan mashina va mexanizmlarni qo’l yordamida moylash taqiqlanadi hamda suv va moylarni qizdirish uchun kavsharlaydigan (payalьnыx)lampa bilan ochiq olovlarni ishlatish taqiqlanadi.
Elektroenergiyani berilishi to’satdan to’xtatiladigan xollarda xodimlar, xizmat ko’rsatuvchi mexanizmlar elektrodvigatellarni ishga soladigan qurilmalarini zudlik bilan ishga solish va boshqaruv richaglarini “Stop” (nol) xolatiga o’tkazish shart.
Ekskavtor kabinalarida zaboy pasportlari bo’lishi lozim, pasportda ishchi maydonchalarni talab etilgan o’lchamlari, bermalar, qiyalik burchaklari, pog’ona balandligi, transport uskunalarini harakatlanish sxemalari, pog’ona va ag’darmalarning qo’yi va yuqori brovkalaridan kongacha hamda transport uskunalarigacha bo’lgan masofalar va boshqa o’lchamlar tushirilgan bo’lishi kerak.
Tasdiqlanmagan pasportlarda kon ishlarini olib borilishi, shu bilan birga unga amal qilmaslik taqiqlanadi.
Kon va transport mashinalarida moylash va tozalashda ishlatiladigan materiallar yopiq metall yashiklarda saqlanishi lozim. Kon mashinalari va lokomotivlarda benzin yoqilg’ilarini va boshqa tez yonuvchan moddalarni saqlashga ruxsat etilmaydi.


Ekskavatorlar.
Gorizontal yo’llar bo’ylab ekskavatorlarni harakatlanishida yoki uni ko’tarilishda boshqarib boradigan o’qi orqasida, qiyalikdan tushishda esa oldinda joylashgan bo’lishi kerak. Ekskavator kovshi bo’sh xolatda bo’lishi va yer qatlamidan 1 metr balandlikda joylashgan bo’lishi shart, strelasi esa ekskavator harakatlanishi bo’ylab o’rnatilishi kerak.
Ekskavatorlar karyer pog’onasining qattiqroq yerida joylashtirilishi kerak, asosan ekskavatorni texnik pasportilda belgilab berilgan talab etilgan o’lchamdan katta bo’lmagan qiyalikga ega bo’lgan tekislangan asosda hamda prizmatik o’pirilishi mumkin bo’lgan chegarasida ish boshlashi lozim. Barcha xolatlarda ag’darma yoki pog’ona qiyaligidan transport idishi va yuk tushadigan konturigacha bo’lgan xavfsiz masofa 1 metrdan kam bo’lmasligi lozim.
Kovsh sig’imi 5m3dan kichik bo’lgan ekskavatorlarni ishlashidat uni kabinasi, zaboyga qarama qarshi tomonda joylashgan bo’lishi lozim.
Ekskavator mashinisti yordamida avtotransportga yuklashda ovozli signal berilishi kerak:
-birinchi,bir marta qisqa - «stop»signali;
- ikkinchi, transport uskunasini yuklashga qo’yishga ruxsat etuvchi signal,yuklash boshlanganda-ikkita qisqa signal berilishi kerak;
- uchinchi, yuklash tugatilishini ogoxlantiruvchi signal va transport uskunasini chiqib ketishiga ruxsat etuvchi bir marta davomiy signal beriladi.
Signallar jadvali ekskavator kuzovida ko’rinib turadigan joyiga ildirib qo’yilishi lozim, jadval bilan transport vositasining haydovchisi tanishgan bo’lishi kerak.
Yuqori qismida tog’ jinsi “osilmalari” mavjud bo’lgan pog’onalar ostida ekskavatorlar ishlashiga ruxsat berilmaydi.
Ekskavator ishlashi vaqtida kovshi harakatlanish zonasida xizmatdagi shaxslardan tashqari begona odamlarni bo’lishi taqiqlanadi.
Ekskavatorlarga ishlatiladigan kanatlar ishlash pasportiga mos kelishi kerak. Strelali kanatlar xaftada bir marotabadan kam bo’lmagan xolatda uchastka mexanigi tomonidan nazoratdan o’tkazilib turilishi shart, bunda ekskavatorning yo’rg’alash qadami uzunligida uzilgan sitmlar soni kanatdagi umumiy simlar sonidan15% dan kam bulmasligi kerak. Uzilgan simlarning oxiri osilib turgan qismi kesilgan bo’lishi lozim. Kanatlarni nazorat qilishni natijalari, ekskavatorda saqlanadigan maxsus jurnalda sanasi ko’rsatilgan holda qayd qilinishi lozim.
Ko’tarilma va yuk ko’taruvchi kanatlarni nazorat tekshirilishi muddati mexanik tomonidan belgilangan bo’lishi lozim.
Ekskavator ishlashi vaqtida pog’ona o’pirilishi yoki buzilishi xavfi bo’ladigan xollarda, uni ishlashi to’xtalishi lozim va ekskavator xavfsiz joyga ko’chirilishi kerak bo’ladi.
Ekskavatorlarni zaboydan chiqarish uchun har doim ochiq bo’sh yo’lak bo’lishi shart. Ekskavatorlarni tuproq qatlamida ishlashida, zanjirli harakatlanish mexanizmini bosimini ko’tarolmasligida, maxsus ishonchli usuli qo’llanilishi lozim, bu ekskavatorni turg’un holatini ta’minlab berishi lozim.

Xulosa

Konchilik sanoati xozirgi kunda rivojlanib borayotgan istiqbolli soxalardan biri.Azaldan turkistonda konchilik soxasiga katta etibor berilgan.Xususan Temuriylar davrida qimmatli va qishloq xujaligi uchun metallar qazib olish va bu borada savdo sotiq ishlarini olib borish yaxshi rivojlangan.Konchilik sanoati orqali bizning davlatimizda metallarga va foydali qazilmala boyliklariga,qurilish xom ashyolariga bo‘lgan xomashyolariga bo‘lgan talab qondirilmoqda va eksport qilinmoqda.Shu maqsadda konchilik soxasini malakali kadrlar bilan boyitib bu soxani rivojlantirish davlatimiz va jamiyatimiz uchun ulkan axamiyatga ega.


Biz esa manashu istiqbolli rejada o‘zimizni ko‘rsatib yetuk kadr bo‘lib yetishishimiz konchilik sanoatini rivojlantirishda o‘z xissamizni qo‘shishimiz kerak.
Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish