Balansdan tashqari zaxira - zamonaviy texnika va texnologiya asosida qazib olinishi mumkin bo‘lmagan yoki qazib olingan taqdirda sanoat miqyosida ishlatilganda iqtisodiy samara bermaydigan geologik zaxiraning qismi. Biroq ilmiy- texnika rivojlanishi natijasida, keyinchalik balansdan tashqari zaxira balans zaxiraga aylanishi mumkin.
Sanoat zaxirasi - konni qazib olish texnologiyasi bo‘yicha belgilab qo‘yilgan (ruxsat etilgan) foydali qazilma yo‘qotilishi miqdorini balans zaxiradan ayirgandan qolgan balans zaxira- ning qismi.
Shaxta maydonini qazib olishda balans zaxiraning hammasi yer yuziga chiqarib berilmaydi, uning bir qismi yerostida qolib ketadi. Foydali qazilma balans zaxirasining yerostida qolib ketadigan qismi foydali qazilmaning yo‘qotilishi deyiladi.
Yo‘qotilish miqdori foizlarda yoki yo‘qotilish koeffitsiyenti ko‘rinishida baholanadi.
Yo‘qotilish koeffitsiyenti yo‘qotilgan foydali qazilma miq- dorini balans zaxiraga nisbati orqali aniqlanadi.
Foydali qazilma yo‘qotilishi uch guruhga ajratiladi:
Muhofaza va to‘siq seliklarida yo‘qotiladigan umum- shaxta yo‘qotilishi.
Muhofaza seliklari kon ishlarining yer yuziga joylashgan sun’iy va tabiiy obyektlarga yoki kon lahimlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishni ta’minlaydi. To‘siq seliklari esa, shaxta maydonidagi saqlanishi lozim bo‘lgan kon lahimlariga yer yuzi yoki yerosti suvlari, shuningdek, gaz yoki loyqalarning qazib olingan bo‘shliq va tugatilgan kon lahimlari orqali yorib kirishidan saqlaydi.
Kondagi geologik buzilishlar va gidrogeologik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotilishlar.
Ekspluatatsion yo‘qotilishlar. Ular quyidagilardan tashkil topadi: maydon bo‘yicha yo‘qotilish (tayyorlov lahimlari muhofaza seliklarining qazib olinmaydigan qismi, qazish bo‘shlig‘ida va qazish uchastkalari chegaralarida yo‘qotiladigan foydali qazilma); qatlam qalinligi bo‘yicha (qazish va tayyorlov lahimlari shifti, asosi yoki qatlamni tabaqalarga bo‘lib qazib olishda ular orasida qoldiriladigan ko‘mir); kon ishlarini noto‘g‘ri olib borish natijasidagi yo‘qotilishlar (lahimlarning o‘pirilishi yoki suv bilan to‘lib qolishi natijasida qoldiriladigan seliklar); shaxta maydonining alohida qismlarini bir-biridan ajratish maqsadida qoldiriladigan yong‘inga qarshi seliklar: portlatish ishlari, tashish jarayonlari va shu kabi ishlarda sodir bo‘ladigan yo‘qo- tilishlar.
Foizlarda o‘lchanadigan yo‘qotilish miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
z
Ky=100 (1 ).
zb
Bunda z - shaxta maydonining sanoat zaxirasi, t;
Zb - shaxta maydonining balans zaxirasi, t.
Kondan qazib olinadigan foydali qazilma miqdori ajratib olish (qazib chiqarish) koeffitsiyenti C orqali baholanadi. Bu koeffitsiyent kon-geologik sharoitlar, qatlamning qalinligi, og‘ish burchagi, foydali qazilmaning qadr-qiymati, qazish chuqurligi, kon ishlari texnologiyasi kabi omillarga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati turlicha bo‘ladi va shaxtalarni loyiha- lashda quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |