Kon jinslarining turg‘unligi - kon qazish ishlari natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarda kon massivining buzilmasdan o‘z muvozanatini saqlab turish xususiyati.
Ruda va ko‘mirning turg‘unlik xususiyati kon qazish ishlari texnologiyasi va qazish bo‘shlig‘ini saqlab turishda muhim ahamiyatga egadir.
Foydali qazilma konlarini (ruda konlarini) yerosti usulida qazib olishda kon jinslari massivi turg‘unlik bo‘yicha quyida- gicha tasniflanadi:
O‘ta noturg‘un massiv - qazish bo‘shlig‘ini mustah- kamlamasdan qazish ishlarini olib borish imkonini ber- maydi.
Noturg‘un massiv - lahim yon tomonlarini kichik miqdorda (4-10 m2) mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish imkonini beradi, biroq kon shiftini mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish ishlariga imkon bermaydi.
Kam turg‘un massiv - lahim yon tomonini mustah- kamlamay, shifti 10-30 m2 gacha ochilganda shiftning buzi- lishiga olib keladi.
O‘rtacha turg‘un massiv - lahim shift jinslari 150 m2 gacha ochilganda uchta uzoq bo‘lmagan vaqtda mustah- kamlamasdan kon ishlarini olib borishga imkon beradi.
Turg‘un massiv - qazish bo‘shlig‘ida lahim yon tomon- lari va shifti 300-500 m2 ochilganda mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borishga imkon beradi.
O‘ta turg‘un massiv - 800-1000 m2 va undan katta massiv maydonlarni qazish natijasida ochilganda uzoq vaqt davomida buzilmasdan turishini ta’minlaydigan massiv.
Ko‘mir konlarini yerosti usulida qazib olishida kon massiv- larining tasnifi quyidagicha:
turg‘un bo‘lmagan massiv — bo‘shliq mustahkamlanmasa, shift va lahim yonlaridagi jinslar ochilgan ondayoq buzilib ketadi.
kam turg‘un bo‘lgan massiv — qazish bo‘shlig‘i 1 m masofada ochilganda shift jinslari 2—3 soat davomida buzilmas- dan turishi mumkin.
o‘rtacha turg‘un massiv — qazish bo‘shlig‘i 2 metrgacha ochilganda shift jinslari 24 soat davomida buzilmasdan turadi.
turg‘un massiv — qazish bo‘shlig‘i 5—6 metr kenglikda ochilganda uzoq vaqt buzilmasdan turadi.
Darzdorlik — turli sabablarga ko‘ra hosil bo‘lgan va har xil o‘lchamlardagi darzlar bo‘lib, ular massivni alohida bloklarga ajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo‘ladi.
Bo‘lakdorlik — kon jinslari massivdan ajratib olinganda, ularning maydalanganlik darajasini tavsiflaydi.
Portlatish natijasida massivdan ajratib olingan ruda bo‘lak- lari A: V: C = 1,5:1:0,7 nisbatiga ega bo‘ladi, bunda A — bo‘lak uzunligi, V — bo‘lak eni va C — bo‘lak balandligi.
Amaliyotda bo‘lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o‘l- chami katta bo‘lgan bo‘laklar mavjudligini foizlarda o‘lcha- nadigan miqdor bilan tavsiflanadi. (O‘lchami katta bo‘laklar «nogabarit» deb ataladi va bunday bo‘laklar yuklash mashinalari ishchi organlari va rudani tushirish lahimlari o‘lchamlaridan katta bo‘ladi.
Jipslashish maydalangan ruda yoki kon jinslari bo‘laklari vaqt o‘tishi bilan bir-biriga yopishib, monolit holatiga aylanish xususiyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |