Kon ishlari asoslari


- rasm. Lentali konveyer sxemasi



Download 1,88 Mb.
bet80/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

5.7- rasm. Lentali konveyer sxemasi.
chuqur joyida, avtotransport yuqoriroqda, temir yo‘l transporti esa yer yuziga yaqin gorizontlarda qo‘llanishi texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi (5.8-rasm).




5.8-rasm. Karyer aralash transporti sxemalari:

a, b — avtomobil va temir yo‘l transporti; d — avtomobil va konveyer transporti; e — avtomobil va sim arqon ko‘targich transporti; 1 — avtomobil tushish (ko‘tarilish) yo‘li; 2 — qayta yuklash punktlari;

3 — temir yo‘l tushish (ko‘tarilish) yo‘li; 4 — maydalash qurilmasi;

5 — konveyerlar; 6 — qayta yuklash bunkeri;

7 — skipli ko‘targich.


Karyerlarda avtomobil va temir yo‘l transportidan birgalik- da (aralash) foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, kavjoydan qazib olingan kon massasi avtoag‘dargichlar orqali qayta yuklash punktigacha tashib keltiriladi va temir yo‘l transportiga yukla- nadi. Temir yo‘l transporti kon massasini tegishli tushirish punktiga (ag‘darma yoki omborga) yetkazib beradi. Bunday aralash transport chuqurligi 120—150 m bo‘lgan karyerlarda qo‘llanilganda yaxshi natija beradi. Avtomobil transporti bilan konveyer yoki skipli ko‘tarish qurilmasini birgalikda ishlatish, asosan, chuqurligi 150 m dan ko‘p bo‘lgan karyerlarda qo‘llanadi va yuqori samara beradi. Chunki bunda kon mas- sasini yer yuziga eng qisqa yo‘l orqali chiqarishga erishiladi. Tog‘ ustiga joylashgan karyerlardan qazib olingan kon massasini pastga tashishda avtomobil transporti, sim arqonli yo‘l va ruda tushirgichlardan birgalikda (aralash) foyda­laniladi.
  1. Ag‘darma hosil qilish




Konlarni ochiq usulda qazib chiqarishda foydali qazilma ustidagi qoplama jinslarni qazib olib, ularni karyer ichiga yoki undan tashqariga joylashtirish bilan bog‘liq texnologik jarayon­lar majmuyi ag‘darma hosil qilish deyiladi. Ag‘darma hosil qilish uchun maxsus maydonlar ajratiladi va unda hosil qilingan qoplama jins uyumlari ag‘darma deb yuritiladi. Ag‘darmalarni hosil qilishda qo‘llaniladigan texnik qurilma va mexa­nizatsiyalash vositalari majmuyi karyer ag‘darma xojaligi deyiladi.

Ag‘darmalar ichki va tashqi bo‘ladi. Karyer maydonidagi foydali qazilma qazib olingandan so‘ng bo‘shagan maydonda hosil qilingan qoplama jins ag‘darmasi ichki ag‘darma, karyer chegarasidan ma’lum masofada hosil qilingan ag‘darma esa tashqi ag‘darma deb ataladi. Ichki ag‘darmalar gorizontal yoki qiyalik burchagi 12° gacha bo‘lgan kon yotqiziqlarini qazib oladigan karyerlarda hosil qilinadi. Bunda qoplama jinslar katta quvvatga ega (cho‘michining hajmi 25—80 m3 va undan ortiq, strelasining uzunligi 35—100 m gacha) bo‘lgan draglaynlar, cho‘michining hajmi 15—35 m3 dan 65—100 m3 gacha bo‘lgan mexanik bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida ag‘darma maydoniga bevosita (transport vositalarisiz) tashilib ichki ag‘darmalar hosil qilinadi. Konchilik amaliyotida ichki ag‘dar- malarni hosil qilishda transport ag‘darma ko‘prigi va boshqa ichki ag‘darma hosil qiluvchi mexanizmlardan ham foyda­laniladi. Qoplama jinslarni bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida ichki ag‘darmaga joylashtirishda ekskavator o‘lchamlari ichki ag‘darma maydoni bilan kavjoy o‘rtasidagi masofadan kam bo‘lsa, u holda qoplama jinslar qayta ekska- vatsiyalash asosida ag‘darmaga joylashtiriladi.

Qiya va o‘ta qiya foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarishda tashqi ag‘darma hosil qilinadi. Tashqi ag‘darmaga karyerdan tashib keltirilgan qoplama jinslarni joylashtirishda mexanik cho‘michli ekskavator, draglayn, ag‘darma plug, buldozer kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Ag‘darma hosil qilish uchun mexanizm tanlab olish ko‘p jihatdan qoplama jinslarni tashib keltiruvchi transport vositasi turiga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan, temir yo‘l transportida ag‘darma hosil qilish, ko‘pincha, mexanik cho‘michli ekskavatorlar bilan amalga oshiriladi, avtomobil transportida esa, asosan, buldozerdan foydalaniladi va h.k.

Ag‘darma hosil qilish texnologiyasiga ko‘ra 10—15 m dan 20—40 m gacha balandlikka ega bo‘lgan ag‘darma pog‘onasi

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish