Kon ishlari asoslari



Download 1,88 Mb.
bet11/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Qiya kon lahimlari
Qiya kon lahimlari bevosita yer yuzi bilan tutashishi yoki tutashmasligi mumkin. Bevosita yer yuzi bilan tutashadigan qiya konlarni qiya shurf, qiya stvol, qiya shtolnya kabi lahimlar tashkil qiladi.
Bu qiya lahimlar konni ochuvchi kapital lahimlar bo‘lib, konni ochuvchi vertikal lahimlar orqali bajariladigan barcha ishlarni amalga oshiradi.
Bremsberglar, uklonlar, sirpanmalar, yo‘laklar va pechlar yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon lahimlaridir.


Bremsberg - mexanik qurilmalar yordamida yuqori gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani pastki gorizontga tushirishga xizmat qiladi.

Uklon - pastki gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani yuqori gorizontga mexanik uskunalar yordamida chiqarib berishga xizmat qiladi.

Sirpanma (skat) - yuqori gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani pastki gorizontga o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida tushi- rishga xizmat qiladi.

Yo‘lak - bremsberg yoki uklonning bir tomoni yoki har ikki tomonidan ularga parallel o‘tiladigan qiya kon lahimi. Yo‘laklar odamlar yurishi, materiallarni tashish, shaxtani sha- mollatish va boshqa yordamchi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.

Pech - odatda, foydali qazilma qatlami bo‘ylab uning qalinligi orasidan o‘tadi. Ular odamlar yurishi, uskuna va materiallarni tashish va boshqa yordamchi ishlar uchun xizmat qiladi.

Ko‘tarilma (восстающий) - qiya (ayrim hollarda vertikal) kon lahimi bo‘lib, asosan, ruda va boshqa yuklarni yuqo- ridan pastga o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida tashishga xizmat qiladi.

Kamera va qazish lahimlari
Ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan uncha uzun bo‘lmagan kon lahimlari kamera deb yuritiladi. Kameralar, odatda, stvol atrofida barpo etiladi. Shu sababli kameralar majmuyi stvol atrof inshootlari (qo‘rasi) deyiladi.
Shaxta va rudniklarda kameralarga suv chiqarish quril- malari, elektrovoz va vagonchalar deposi, yerosti elektr podstansiyasi, tibbiy punkt kabi xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar joylashtiriladi.
Bevosita foydali qazilma yotqizig‘ini qazib olish uchun barpo etiladigan kon lahimlari qazish lahimlari deyiladi. Qazish lahimlarining yuzasi kavjoy (zaboy) deb ataladi. Ko‘mir shaxtalarida kavjoy katta uzunlikka ega bo‘lsa, uni lava deb ham yuritiladi.

Qazish ishlariga mo‘ljallangan burg‘i-duduqlar (skvajinalar) va kameralar ham qazish lahimlari hisoblanadi.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish