Yog’och mustahkamlagich o’rnatishning oddiyligi, ishonchliligi va mexanik qayta ishlash oson bo’lganligi tufayli bizning mamalakatimizdagi shaxtalarda keng qo’llaniladi. Yog’och mustahkamlagichlarni qo’llaganimida laxm ko’ndalang kesim yuzasi shakli trapetsiyasimon, to’g’ri burchakli uchburchak, polygonal, aylana boshqa shaklda bo’lishi mumkin.
Trapetsiyasimon shakl eng ko’p qo’llaniladi. Mustahkamlagich butun, butun bo’lmagan va kuchaytirilgan mustahkamlash ramalaridan o’tiladi (3-rasm). Bir qator hollarda nosimmetrik shakldagi ramalar o’rnatiladi.
3 –ram. Mustahkamlash ramalari shakllari:
а – butun bo’lmagan mustahkamlash ramasi; б – butun mustahkamlash ramasi; полная крепежная рама; в – kuchaytirilgan rama; г va д – nosimmetrik rama
Metall mustahkamlagich. Metal mustahkamlagichlari konstruksiyalari shakllariga ko’ra arkasimon, trapetsiyasimon va xalqasimon bo’ladi. Eng keng tarqalgan shakl arkasimon shakldir. Arkasimon mustahkamlagich ikki, uch va besh sharnirli bo’ladi.
3.1 rasm. Yumshoq metal mustahkamlagich
3.1 – rasmda metal mustahkamlagich bilan mustahkamlangan kon laxmi ko’rsatilgan. Metall mustahkamlagichlar xizmat muddatiga qarab vaqtinchalik yoki doimiy bo’lishi mumkin. Vaqtinchalik mustahkamlagich zaboy siljishi bilan o’rnatib boriladi. Ular o’rnatishda va qismlarga ajratishda oson yig’iladigan bo’lishi kerak. Metall mustahkamlagichlar kon laxmining xizmat muddati 5 – 25 yil bo’lganda gorizontal va qiya laxmlarni mustahkamlashda qo’llaniladi.
Yig’ma temirbetonli mustahkamlagich. Konstruksiyasiga ko’ra yig’ma temirbeton mustahkamlagichlar arkasimon, ramkali va xalqasimon bo’lishi mumkin.
Bugungi kunda yig’ma temirbetonli mustahkamlagich kapital kon laxmlarni mustahkamlashda eng keng qo’llaniladi.
Aralash mustahkamlagich turli xil materiallardan tayyorlangan mustahkamlagichlar elementlar birlashmasini o’z ichiga oladi. Masalan, metal va yog’och, temirbeton va metal, sun’iy toshlar, beton va boshqalar. Aralash mustahkamlagich o’rnatilgan laxmning ko’ndalang kesim yuzasi xuddi boshqa turdagi mustahkamlagich o’rnatilgandagidek bo’ladi.
Shtangali mustahkamlagich (ankerli). Shtangali mustahkamlagichning mohiyati shundaki, bunda laxmi o’rab turgan tog’ jinslari turli xil konstruksiyadagi sterjenlar bilan qotiriladi ya’ni mustahkamlanadi.
Shtangali mustahkamlagich metallic, temirbetonli va yog’ochli turlarga bo’linadi va laxmning pastki, yuqorigi va yon tomonlarini mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Metall shtangalar diametric 15 – 30 mm, uzunligi 0,7 – 3,0m bo’lgan aylana shakldagi po’latdan tayyorlanadi. Yog’och ankerlar uzunligo 1-2 m va diametric 50-60mm bo’lgan eman, zarang, shumtol, qarag’ay va bambukdan tayyorlanadi. Temirbeton ankerlar yumshoq yerni ya’ni laxmning pastki qismini mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Bunday holda diametric 40-50 mm bo’lgan shpurga metal armature joylashtiriladi va tez qotadigan beton quyiladi. Shtangali mustahkamlagich istalgan ko’ndalang kesim yuza uchun va qatlamli yoki monolit tog’ jinslaridan o’tilgan laxmlarni mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Bunda M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha tog’ jinslari mustahkamligi 2 va undan yuqori bo’lishi va chuqur yoriqlar bo’lmasligi kerak. Shtangali mustahkamlagich doimiy va vaqtinchalik ham bo’lishi mumkin. Uni ramalar orasidagi masofa oshib ketganda uni ramali mustahkamlagich bilan birgalikda qo’llash mumkin.Shtangali mustahkamlagich konstruksiyasi bo’yicha oddiy, tayyorlanishi arzon, o’rnatish qiyin emas va havo oqimiga yuqori qarshilik ko’rsatmaydi.
Vertikal kon laxmlari mustahkamlagichlari
Vertikal kon laxmlari mustahkamlagichlari xizmat qilish muddati va ekspluatatsiya sharoitlariga qarab yog’ochdan, betondan, toshdan, temirbetondan va metalldan bo’ladi. Laxmning ko’ndalang kesim yuzasi to’g’ri burchakli, ovalsimon va aylana shaklida bo’ladi.
Yog’och mustahkamlagich kon laxmining xizmat muddati 7 – 12 yil bo’lganda ikkinchi darajali laxmlar: shurf, ko’r stvollar, gezenk va boshqalarni mustahkamlashda qo’llaniladi. Yog’och mustahkamlagich bilan mustahkamlangan laxmning ko’ndalang kesim yuzasi odatda tog’ri burchali bo’ladi. Yog’och mustahkamlagichni o’tish qismlarga bo’lib amalga oshiriladi.
Metall mustahkamlagich odatda tyubinglardan o’rnatiladi va kon laxmlarining ko’ndalang kesim yuzasi aylana shaklida bo’ladi.
Tyubingli mustahkamlagich bir-biri bilan bog’lanib, stvolda butun silindr hosil qiladigan cho’yan va po’lat tyubinglardan tayyorlanadi. Mustahkamlagich va kon laxmining yon tomoni orasidagi bo’shliq betonli aralashma bilan to’ldiriladi.
Metall mustahkamlagichning narxi yetarlicha qimmat va tanqis materialdan tayyorlaganligi uchun faqat alohida hollarda qo’llaniladi.
Beton mustahkamlagich aylana shakldagi laxmlarda qo’llaniladi. Stvollarni mustahkamlash uchun tez qotadigan 100 va 200 markali betonlar qo’llaniladi. Beton aralashmasi vibratorlar bilan zichlashtiriladi. Beton mustahkamlagichning qalinligi tog’ jinsining qattiqligi, stvolning diametri va chuqurligiga qarab 200-500 mm bo’ladi.
Beton mustahkamlagich pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pasga o’tiladi. Mustahkamlash ishlari pastdan yuqoriga olib borilganda ular balandligi 20-60m bo’lgan zvenolarga bo’lib mustahkamlanadi. Mustahkamlagich o’rnatish ishlari shablon-opalubka yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |