Egiluvchan magnit disklari. Egiluvchan magnit disklari yoki disketalar dastur, hujjat, matn kabi axborotlarni bir kompyuterdan boshqasiga o`tkazish va saqlab qo`yish uchun xizmat qiladi. Ularning o`lchamiga qarab 5.25`` va 3.5`` disklari mavjud. Bundan tashqari turli egiluvchan magnit disklarga axborotlarni turli zichliklarda yozish mumkin. Masalan: 5.25 dyumli disklardan ikkilik zichlikdagisiga 360 Kb axborot yozish mumkin bo`lsa, yuqori zichlikdagi ana shu kattalikdagi disketga 720 Kb axborot yozish mumkin. 3.5 dyumli disklar 720 Kbaytli yoki 1.44 Mbaytli bo`lishi mumkin. Foydalanishdan oldin yangi disk turiga ko`ra MS DOSning Format tashqi buyrug`i bilan formatlanadi, yani axborotlarni tartibli yozish holatiga keltiriladi. Disketlarda axborotlarni tasodifan uchirilishidan saqlash uchun maxsus teshik yoki qirqimlar mavjud. Axborotlarni saqlash uchun 5.25 dyumli disketlarda bunday qirqim yopishuvchan qog`oz bilan berkitilishi kerak. Kattaligi 3.5 dyumli disketlarda axborotlarni uchirilishdan saqlash uchun aksincha bunday teshikni ochib qo`yish kifoya. Optik lazer kompakt diski. Keyingi paytlarda eng keng tarqalgan disklar CD-R (Ma`lumotlarni kompakt diskda o`qishga) va CD-RW (Ma`lumotlarni kompakt diskda o`qishga va yozishga) hisoblanib, ma`lumotlarni yozish va o`qish uchun lazer nurlari ishlatiladi. CD - audiolar hisobiga bu disklar katta tezlikda ishlaydi va favqulotda yuqori 800 Mb gacha bo`lgan hajmga ega bo`ladilar. Bundan tashqari CD diskovodlari tovushli kompakt disklarni eshitish imkonini ham beradi.
3. Sichqoncha- Kompyuterda axborot kiritish qurilmasi. Bu qurilma kompyuterga ulanuvchi simi bilan birgalikda haqiqatdan ham sichqonchani eslatuvchi bu ko`l rang qutichaning ikki yoki uch tugmasi mavjud. Sichqonchalar bilan ishlovchi dasturlarning asosiy qismi Microsoft Mouse standarti orqali ishlatiladi.
Skaner- qog`ozdagi tasvir va yozuvlarning elektron nusxasini kompyuterda yaratadi. Tasvir- bu tekst, rasm, surat, diagramma va chizma bo`lishi mumkin. Hozirgi kunda qo`lda ishlatiluvchi, planshetli, rolikli skanerlar mavjud. Qo`lda ishlatiladigan skaner eng oddiy skaner bo`lib, bu skaner tasvir ustida yurgiziladi. Ular 105 mm hajmdagi tasvirlarnigina kompyuterga o`tkazishi mumkin. Planshetli skanerlar qulay bo`lib, unga qog`oz quyilishi bilan tasvir kompyuterga o`tkaziladi. Bu skaner ko`p sonli qog`ozlarni bittalab o`tkazib turish imkoniyatiga ega. Rolikli skanerlar operator ishini engillashtirib, qog`ozni avtomatik ravishda o`ziga qarab tortadi. Bu skanerlar yordamida A4 standartidagi tasvirlarni hamda rangli tasvirlarni kompyuterga o`tkazish mumkin. Skanerlarda ishlash uchun ularga mos keluvchi sistema va programma o`rnatish lozim.