O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“KOMPYUTERNI TASHKILLASHTIRISH”
FANIDAN
6- AMALIY ISH. KESH XOTIRA
Bajardi: Shavkatov Dilmurod.
CAO016-2
Qabul qildi: Torayeva Maxliyo.
TOSHKENT – 2023
Kesh-xotira
Protsessor ishlash uchun o‘z ma’lumotlarini operativ xotiradan oladi.
Bunda
mikrosxema ichida signallar juda katta chastotada (bir necha yuz MGts) ishlanadi,
operativ xotiraga murojaatlarning hammasi esa bir necha marta kam chastotada sodir
bo‘ladi. Chastotaning ichki ko‘paytirish koeffitsienti qanchalik yuqori bo‘lsa,
protsessor, tashqarida saqlanayotgan ma’lumotlarga qaraganda, o‘zining
ichida
saqlanayotgan
ma’lumotlar
bilan
shunchalik
samaraliroq
ishlaydi.
Odatda protsessor o‘zining ichida deyarli hech narsani saqlamaydi. Unda
ma’lumotlarga ishlov beriladigan yacheykalar (bu «ishchi» yacheykalar registrlar
deb ataladi) juda kam. Shuning uchun protsessor ishini tezlatish uchun ancha oldin
(4-avloddan boshlab) keshlash texnologiyasi taklif qilingan. Kesh –
bu bufer
vazifasini bajaruvchi xotira yacheykalarining nisbatan katta bo‘lmagan naboridir.
Umumiy xotiradan biror narsa o‘qilayotganda yoki unga yozilayotganda
ma’lumotlarning nusxa (копия)si kesh-xotiraga ham kiritiladi.
Agar shu
ma’lumotlarning o‘zi yana zarur bo‘lib qolsa, ularni uzoqdan chaqirib olish zarur
bo‘lmaydi
–
ularni
buferdan
olish
ancha
tezroq
bo‘ladi.
Kesh-xotiradan foydalanish kompyuter tizimi unumdorligini sezilarli oshirish
imkonini berdi. 486-protsessorlar uchun keshlash texnologiyasi
birinchi marta
qo‘llanilganda, kesh-xotira onalik platasida protsessorga mumkin qadar yaqinroq
joylashar edi; bunda sig‘imi katta bo‘lmasa ham, lekin unumdorligi bo‘yicha eng
«tez»
mikrosxemalardan
foydalanishar
edi.
Bugungi kunda kesh-xotira «piramidali» o‘rnatiladi. Tezligi bo‘yicha
eng tezkor,
lekin hajmi bo‘yicha eng kichik birinchi darajali kesh-xotira protsessor kristalli
tarkibiga kiradi. Ularni protsessor registrlari tayyorlanadigan texnologiya bo‘yicha
tayyorlashadi, natijada u juda qimmat, lekin juda tezkor va eng asosiysi ishonchli
bo‘lib qoldi. Uning o‘lchami atigi bir necha o‘n Kbayt bilan o‘lchanadi, lekin u tez
ishlov
berishda
juda
katta
ahamiyatga
ega.
Ikkinchi daraja kesh-xotirasi protsessorning o‘sha kristallining o‘zida
joylashishi
mumkin (bu holda u protsessori yadrosi chastotasida ishlaydi). Odatda ikkinchi
daraja kesh-xotira hajmi yuzlab Kbaytda (128/256/512 Kbayt va h.k.) o‘lchanadi.
Eng katta, lekin eng sekin kesh-xotira – bu uchinchi daraja keshidir. U protsessorga
kirmaydi, chunki onalik platasida o‘rnatiladi va uning chastotasida ishlaydi. Uning
o‘lchamlari
1-2
Mbaytga
yetishi
mumkin.
Birinchi va ikkinchi daraja kesh-xotira o‘lchami protsessor narxiga juda katta ta’sir
qiladi. Bir modelli va berilgan ishchi chastotali protsessorlar kesh-xotira hajmi bilan
farqlanishi
mumkin.