Kompyuterni tashkil etilishi course syllabus


“tashkil etish” va “arxitektura” tushunchalarini aniqlash



Download 2,46 Mb.
bet3/8
Sana29.04.2022
Hajmi2,46 Mb.
#593466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-2maruza

“tashkil etish” va “arxitektura” tushunchalarini aniqlash
Aniq hisoblash mashinasi uchun, va ixtiyoriy murakkab tizimlar uchun, tashkil etishni aniqlash o‘ziga xosdir.
“tashkil etish” atamasi lotincha organizo (kelishgan ko‘rinishi haqida xabar beraman, tashkil etaman) dan kelib chiqqan va ikkita ma’noga ega:
butun qismlarning ichki tartiblanganligi, o‘zaro mosligi, o‘zaro munosabati;
butun qismlar o‘rtasida munosabatlarni shakllantirish va takomillashtirishga olib keladigan jarayonlar va harakatlar majmui.
Hisoblash texnikasida HM va tizimlarini tashkil etishning, vazifasi va qurilishi bo’yicha ikkita nuqtai nazardan belgilanadi va ikki turi qaraladi: foydalanuvchi nuqrai nazaridan va ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan.
Foydalanuvchi uchun HMsining, uning masalalarini samarali yechishni ta’minlaydigan xizmatlari va funksiyalari muhimdir. Unga, ushbu funksiyalarning texnik tashkil etish masalalari va qabul qilingan texnik yechimlar qiziq emas. Shuning uchun, HMsini loyihalashda, mashinaning va u taqdim etadigan xizmatlarning, ya’ni uning funksional tashkil etilishini tavsiflovchi, abstract modeli birinchi navbatda yaratiladi.
HMsini funksional tashkil etish – bu foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan funksional imkoniyatlar va xizmatlar to‘plamining abstract modelidir. Ushbu xususiyatlar va xizmatlar foydalanuvchining barcha harakatlar ketma-ketligini ta’minlaydi: dastlabki ma’lumotlarni kodlashtirish, dasturlash, dastur va ma’lumotlarni kiritish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish, natijalarni chiqarish va ularni hujjatlashtirish.
Ishlab chiqaruvchi haqiqiy fizik vositalar: elementlar, tugunlar, bloklar va qurilmalarga asoslanib hisoblash tizimining abstract modelida qaralgan funksiyalarning texnik bajarilishini yaratishi kerak.
HM sini strukturali tashkil etish – bu mashinaning asosiy funksional qismlari tarkibini, tartibini va o‘zaro munosabati tamoillarini belgilovchi fizik model. Strukturali tashkil etishning grafik tasvirlanishi strukturali sxema hisoblanadi. Muhandislik amaliyotida strukturali sxemasiga mos keladigan ancha qisqa atama – struktura qabul qilingan.
Shunday qilib, funksional tashkil etish HM sini abstract “portretini” olish imkoniyatini beradi – bu mashinaning funksional imkoniyatlarini fiksirlaydi, ammo bu imkoniyatlar material jihatdan (jismoniy usullar bilan) qo’llab-quvvatlanmaydi. Strukturali tashkil etish HMning funksional tashkil etishni moddiylashtirishni ta’minlaydi.
Birinchi marta “hisoblash mashinasi arxitekturasi” (computer architecture) atamasi IBM firmasi tomonidan IBM 360 oilasi mashinalarini ishlab chiqishda dasturchi mashina ko’rsatmalari darajasida dastur tuzishda foydalanishi mumkin bo’lgan vositalarini tavsiflash uchun ishlatilgan. Bunday talqin “tor” deb nomlanadi, chunki u funksionallikni tavsiflovchi masalalarning faqat bir qismini o’z ichiga oladi: buyruqlar ruyxati va formati, ma’lumotlarni taqdim etish shakllari, kiritish/chiqarish mexanizmlari, xotirani adreslash usullari va boshqalar.
Xalqaro ISO/IEC 2382/1-93 standarti quyidagi ta’riflardan foydalangan holda ta’rifni beradi: bu HMning mantiqiy tuzilishi va funksional xususiyatlaridir, shu jumladan uning apparat va dasturiy komponentlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamdir.

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish