BIOS SETUP interfeysi. SETUP vositalarini faollashtirish uchun kompyuterni yuklashning dastlabki bosqichida klaviaturadan aniq bir tugmani (ko‘pincha DELETE tugmasini) bosish kerak. Uni kompyuter o‘zini testlayotgan vaqtda bosish qulaydir.
SETUP vositasi interfeysi ko‘p pog‘onali menyu ko‘rinishida bajarilgan Uning oyna ko‘rinishi BIOS versiyasiga bog‘liq. Yuqori pog‘ona menyusining bandlari kursorni boshqarish tugmalari bilan tanla
nadi. ENTER tugmasini bosganda aniq sozlashlarni va
BIOS SETUP dasturining asosiy menyusi.
navbatdagi pog‘onaning menyusini saqlagan keyingi pog‘onaning menyusi ochiladi.
Ko‘rsatkichlarning qiymati PAGE UP va PAGE DOWN tugmalari yordamida o‘zgartiriladi, yuqori pog‘onaning menyusiga qaytish uchun esa ESC tugmasidan foydalaniladi.
Yuqori pog‘onadagi menyu tarkibiga standart sozlashlarni saralash va ularni saqlashni (yoki uni rad etishni) ta’minlovchi buyruqlar kiradi. Bu buyruqlarni tasdiqlash uchun Y tugmasini, undan keyin esa ENTER tugmasini bosish kerak. ENTER yoki ESC tugmalari darhol bosilganda buyruq bekor qilinadi. BIOS ning har xil versiyalarida buyruqning aniq ifodalanishi farqlanadi.
LOAD BIOS DEFAULTS, Load Fail-Safe Defaults (BIOS ning standart qiymatlarini yuklash, ishonchli yuklanishning muhimligi). Bu buyruq sozlashning standart to‘plamini qayta tiklaydi. Agar kompyuterning qurilmalari ravon ishlasa, tizimning ishlash xususiyati konfiguratsiyadan va o‘rnatilgan qurilmalarning tavsiflaridan qat’iy nazar ta’minlanadi.
LOAD SETUP DEFAULTS, Load Optimized Defaults(SETUP ning standart qiymatlarini yuklash, optimal qiymatlarini yuklash).Bu buyruq boshqa sozlashlarning standart to‘plamini yuklaydi.
SAVE & EXIT SETUP (O‘zgarishlarni saqlash va chiqish).Bu buyruq SETUP vositalarining ishini kiritilgan o‘zgarishlarni saqlash bilan tugatadi. Bu buyruqning ekvivalenti menyuning yuqori pog‘onasidagi klaviaturadan F10 tugmasini bosishdir.
EXIT WITHOUT SAVING (O‘zgarishlarni saqlamasdan chiqish). Bu buyruq SETUP vositalarining ishini kiritilgan o‘zgarishlarni saqlamasdan tugatadi. Bu buyruqning ekvivalenti menyuning yuqori pog‘onasida klaviaturadan ESC tugmasini bosishdir.
SETUP vositalariga bo‘ysunadigan sozlashlar energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirada saqlanadi. Ular uchun ajratilgan soha ESCD (Extended Static Configuration Data – tizimli konfiguratsiyaning kengaytirilgan ma’lumotlari) deb nomlanadi. Bu ma’lumotlardan boshlang‘ich yuklanish vaqtida tizimli plataning kontrollerlarini qayta dasturlash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |