Kompyuterlashtirish


II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH



Download 1,08 Mb.
bet7/11
Sana27.01.2023
Hajmi1,08 Mb.
#903488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompyuterlashtirish

II BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH

    1. -§. Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari


Bizga ma’lumki, bugungi kunda ta’lim sohasi sifat va samaradorligini oshirishni zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta’lim-tarbiya mazmunini o’zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan. Shu jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi usullarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil bilim olish jarayonini individuallashtirish, shu bilan birga masofali ta’lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o’zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari hamda masofali o’qitish texnologiyalari asosida o’quvchilarni o’qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Bu vazifalar o’z navbatida Prezident farmon va qarorlari, vazirlik va mutassaddi tashkilotlar qaror va buyruqlarida o’z aksini topmoqda. «Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham “ ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish” masalasi dolzarb vazifalar qatorida belgilanadi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, barkamol avlodni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari asosida masofaviy ta’limni tashkil etish, ushbu vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishining ijobiy natijasi sifatida e’tirof etish o’rinlidir.
Internet texnologiyalar asosidagi masofaviy ta’lim, bu ta’limning zamonaviy universal shakli bo’lib, u o’quvchilarning individual so’rov-lariga shaxsiy ehtiyojlariga va ularning qiziqishlariga mo’ljallangan.O’quv jarayonida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini tashkil etishni an’anaviy o’qitish tizimi bilan uyg’unlashgan holda samarali amalga oshirilishi quyidagi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi:

  • ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari bazasining mavjudligi va yetarliligi;

  • Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;

  • masofadan bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqi, qiziqishi va o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;

  • masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali mutaxassis va o’qituvchilarning jalb etilishi;

  • masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari, elektron darsliklar va o’quv kurslari bilan ta’minlanganligi va ularning

yetarliligi;

  • masofadan o’qitish tizimida barcha mashg’ulotlarni tizimli tarzda olib borilishi.

O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish vositalariga an’anaviy o’qitish vositalardan tashqari quyidagilar ham kiradi:

  • elektron o’quv nashrlar;

  • kompyuter o’qitish tizimlari;

  • audio-vidio o’quv materiallari;

  • turli adabiyot va axborotlar manbalari tomonidan tavsiya etilgan o’quv-nazorat testlari;

  • kutubxona ma’lumotlar ba’zasi bilan aloqa;

  • virtual materiallar va laboratoriyalar;

  • o’quvchilar bilimlarini baholash mezonlari va materiallari.

Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitishning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o’quv dastur, elektron o’quv
qo’llanma, avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari va hokozalarning maqsadi, tarkibi y qismi, mazmuni va o’qitish sifatiga bog’liq bo’ladi.
O’quvchilar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rgatuvchi, axborot – ma’lumotli, nazorat qilish dasturlari axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ta’lim-tarbiya tizimida ana shu funksiyalarning hammasi o’zida mujassamlashtirgan elektron o’quv darsliklarini yaratish va undan foydalanish masofadan o’qitish tizimining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Masofadan o’qitish tizimida o’quv ma’lumotlarini olish va uzatish usullariga ko’ra masofaviy taxnologiya 2 xil bo’ladi: keysli va tarmoqli.
Keys uslubi va texnologiyasi ta’lim jarayonida amaliy mashg’ulotlar sifatini oshirishning ilg’or vositasidir. Keys ta’lim maqsadini amalga oshirish, amaliy muammoli vaziyatlarni taxlil etish va o’quv natijalariga kafolatli yetishishning optmial usul va vositalari majmuasidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir.
Keys texnologiyasida o’quvchilarga o’quv va o’quv-amaliy materiallar «Keys» yoki portfel ko’rinishida beriladi. Bu materiallar kompakt-disk yoki boshqa axborot tashish vositalarida joylashgan bo’ladi.
O’quvchilarda unda berilgan nazariy ma’lumotlarni mustaqil o’rganish bilan birga, amaliy masalalar yechimiga nisbatan o’zlarining fikr mulohozalarini bildiradilar.
Masofadan o’qitishning tarmoq texnologiyasida o’quv dargohi va o’quvchi orasida ma’lumotlar almashinuvchi telekommunikasiyadan foydalanish bilan, ya’ni lokal yoki internet tarmog’ida ishlash orqali amalga oshiriladi.
Tarmoq texnologiyasidan foydalanish orqali virtual o’qitish formasiga o’tish asoslari va texnologiyalari yaratiladi.
Masofaviy o’qitish an’anaviy o’qitish shakllaridan quyidagi harakterli xususiyatlar bilan ajralib turadi: moslanuvchanligi, ya’ni chegaralanmagan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda va sur’atda foydalanish imkoniyati;
modulliligi, ya’ni extiyojiga qarab ixtiyoriy fanni o’rganishi; parallellik, ya’ni asosiy o’qishidan ajralmagan holda ta’lim olish; qamrab olish, ya’ni bir vaqtning o’zida o’quv axboratlarining bir qancha manbalariga murojaat qilish va o’qituvchilar bilan muloqotda bo’lish; iqtisodiyligi, ya’ni, o’quv xonalari va texnika vositalaridan samarali bepul foydalanish; texnologiyaliligi, ya’ni ta’lim jarayonida axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish o’quvchilarni jahon axborotlar olamiga kirib berishini ta’minlaydi.
Masofaviy o’qitish barcha o’quvchilarga o’zlarining individual xususiyatlariga muvofiq bilim darajalarini oshirish imkoniyatini beradi. O’qitishning bunday usulida o’quvchi aniq bir vaqtlarda mustaqil tarzda interfaol tarzda o’quv – uslubiy materiallarni o’zlashtiradi, test sinovlaridan o’tadi, o’qituvchi rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va «virtual» o’quv guruhidagi boshqa shquchilar bilan o’zaro aloqa qiladi. Ma’lumotlarni matn ko’rinishda yetkazish asosidagi o’qitishning an’anaviy vositasi o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan tanishtirish uchun qo’llaniladi, interfaol audio va video konferensiyalar esa real vaqt rejimida o’zaro muloqot qilishni ta’minlaydi, kompyuterli anjuman va elektron pochta esa axborotlarni uzatish, o’quvchilar bilan o’zaro aloqa qilish va bir guruhda o’qiydigan o’quvchilarni o’zaro aloqalarini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Oldindan yozib olingan video materiallar o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini vizual tarzda yetkazish imkonini beradi.

    1. -§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari.


Respublikada elektron o’quv adabiyotlaridan foydalanishga mo’ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o’qitishni tashkil etish bo’yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko’pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. 2004 yildan e'tiboran elektron o’quv adabiyotlaridan foydalanishning ikkinchi tajriba-sinov bosqichi boshlanishiga qaramay, ta'lim
muassasalari uchun elektron darslik yaratish bo’yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu ham bo’lsa elektron darslik yaratish uslubiyati, uning tuzilishi, o’z ichiga oladigan komponentalarining aniq bir tizimga solinmaganligida bo’lsa kerak. Elektron o’quv adabiyotlarining uchinchi – o’quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o’tib, o’quv adabiyotlarning yangi avlodini keng ishlab chiqarish va ta'lim muassasalarini ta'minlash uchun ushbu yo’nalishdagi vazifalarni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu vazifalardan biri fanlardan elektron darslik yaratishdir.
Darslik – davlat ta'lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashrdir.
Elektron darslik esa, yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda, kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta'lim olishga, hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib: - o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; - o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda; - multimedia (multimedia – ko’p axborotli) qo’llanmalar, ya'ni ma'lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida; - taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, talaba (talaba, tinglovchi) ni «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi va undagi ob'ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Ta'lim texnologiyasi markazida talaba (talaba), texnologiya mazmunida – talaba(talaba)lar tomonidan mustaqil ravishda ta'lim olish qobiliyatini rivojlantirish; o’quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi.
Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o’quv materialni bayon etish, amaliy mashg’ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o’zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kerak.
Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay ssenariysini tanlashni ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash talabalar bilim olishini faollashtiradi.
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo’ljallangan. Talaba o’zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak.
Elektron darslik yaratishda WEB texnologiyalardan unumli foydalaniladi. Bu texnologiyaning qurollari sifatida Front Page va Domino tizimlarini, HTML va DHTML tillarini keltirish mumkin.
Intellektual ta'lim tizimlarining maqsadi, o’qitish foydalanuvchi va o’qitish strategiyasi sohasidagi bilimlardan foydalangan holda, shaxsni o’rganish va o’rgatishdir.
Intellektual ta'lim tizimlari texnologiyasidagi mavjud konsepsiyalarni moslashuvchanlik bo’yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: moslashgan, moslashtiriladigan va moslashuvchan.

  1. Moslashgan (adapted) gipermedia – tizimlari.

  2. Moslashtiriladigan gipermedia – tizimlari.

  3. Moslashuvchan (adaptive) gipermedia – tizimlari.

Bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o’z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish deb hisoblash mumkin.Yangi axborot texnologiyalarini ta'limga tatbiq etish ta'limda an'anaviy o’qitish jarayonidan talabaning o’zi ta'lim jarayonini borishini aniqlaydigan yangi jarayoniga o’tishni ta'minlaydi.
Katta oshkoralikda o’tadigan bu jarayon kelajakda ta'lim tizimida keskin inqilob qilishga qodir bo’ladi. Ko’pchilik iqtidorli talabalar o’zlarining qobiliyati va qiziqishiga ko’ra mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ta'limning bunday ochiq tizimida chuqur bilimga ega bo’lgan o’qituvchilari bilimlarini talabalarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to’g’ri keladi.
Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim hozircha bemalol deyish mumkin emas. Elektron darslik yaratish borasida
anchagina ishlar qilanayotgan bo’linsada, hali elektron darsliklarga yetishishda, oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo’lishdek, ochiq tizimlar mavjud emas. Albatta, ta'lim tizimini rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo’qolib boradi.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish