Elektron didaktik materiallardan foydalanib Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishni takomillashtirish
Mundarija
KIRISH
BOB. O’QITISHNI KOMPYUTERLASHTIRISH. ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARNI YARATISH TAMOYILLARI
-§. O’qituvchi tizimlar va o’qitishni kompyuterlashtirish
-§. Akademik litseylar informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATUVCHI DASTURLAR VA ULARDAN TA`LIM JARAYONIDA FOYDALANISH
-§. Barkamol avlodga ta’lim –tarbiya berish jarayonida masofadan o’qitish texnologiyasidan foydalanish asoslari
-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Biz amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir.
Sh.M.Mirziyoyev.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’limning biror o’quv fanini to’liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o’tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo’llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko’p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo’lib bormoqda. Akademik litseylar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari o’g’il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko’makchi vazifasini ham o’tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta’lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o’yinlar va boshqa ta’lim resurslari, metodik qo’llanmalardan ayni vaqtda ko’plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o’quv-trening vazifasini o’tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o’qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o’z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o’quvchilar to’g’ridan to’g’ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o’z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |