M U N D A R I J A
KIRISH. ..……………………………………………………………………………. 5
I-BOB. O‘lchov, xarorat va pirometrlar haqida umumiy tushunchalar.....……... 6
1.1. O‘lchash,o‘lchash turlari va o‘lchash vositalari haqida umumiy ma’lumotlar...… 6
1.2. Temperatura haqida tushunchalar. Temperatura shkalalari….…….……………. 10
1.3. Nurlanish pirometrlari ishlash prinsipi.. ………………………………………... 12
II BOB. Masofadan nazorat qiluvchi termometrlarni taxlil qilish. ………….…. 21
2.1. Kvazimonoxromatik (optik), fotoelektr, spektral nisbatli (rangli), to‘liq nurlanishli (radiatsion) pirometrlarining ishlash pirinsiplari. …...………………………………. 16
2.2. Pirometrik millivoltmetrlar.. ………………..………………………………….. 21
2.3. Pirometrlar yordamida turli muhitlar temperaturasini o’lchash.………………… 26
2.4.Harorat o‘lchashning zamonaviy vositalari. ……………………………………. 28
Xulosa. …….………………………………………………………………………... 33
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. ……………………………………………… 34
KIRISH.
Avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqarishda qo’llash mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqariladigan masulot sifatini, mehnat sharoitini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Zamonaviy texnika hamda o’lchash, rostlash va boshqarish elementlari bilan jihozlangan texnologik tizimlarni ishlatish yuqori saviyali muhandislar zimmasiga yuklanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish mamlakatimizdagi sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqarishni jadallashtirish, moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy ettirishda asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Har qanday texnologik jarayonda ma’lum bir yoki bir nechta kattaliklar ishtirok etib, ular jarayonning borishida hamda mahsulot sifatini o’zgarishida asosiy o’rin egallaydi. Bu kattaliklarni esa nazorat o’lchov asboblari yordamida nazorat qilinadi, rostlagichlar yordamida rostlanadi va ijrochi mexanizmlar yordamida boshqariladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish sohasidagi asosiy urunishlar boshqaruvchi hisoblash mashinalari va mikroprotsessorlarni qo`llash asosida texnologik jarayonlarni optimallashtiruvchi avtomatik sistemalarini yaratishga qaratilgan. Kun tartibida ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari va holatlarini boshqarishni avtomatlashtirish haqidagi masala, texnologik jarayon va uskunalarni avtomatik tashxislash sistemalarini yaratish, ishlab chiqarish avtomatlari va apparatlarini yaratish turadi.
O'lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir muhandis — texnik xodim, qaysi soha mutaxassisi bo'lishidan qatiy nazar, iretrologiya asoslaridan, texnologik o'lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o'lchash jarayonlarini avtcmatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo'lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |