2.3-rasm Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tasnifi
2.3 Axborot tizimlarini boshqarish
Hozirgi kunda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta’rif keltiramiz. Tizim - bu o’zaro bog’liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan elementlar to’plamidir. Bu elementlar to’plami oddiy elementlar yig’indisidangina iborat bo’lmay, har bir element ham o’z navbatida tizim bo’lishi mumkin. Tizimlarni turli belgilarga ko’ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo’lishi mumkin (mavxum - inson ongi maxsuli). Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob’ektlar to’plamidan tashkil topadi. O’z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Mavxum tizimlar inson ongining maxsuli bo’lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. YAngi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim elementlarini (kompyuterlar, hujjatlar, insonlar), ham no moddiy tizim elementlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o’z ichiga oladi. SHu orada axborot texnologiyasiga ta’rif berib o’tish maqsadga muvofiqdir. Axborot texnologiyasi - ob’ektning, xodisa yoki jarayonining (axborot maxsulotining) ahvoli xaqida yangicha ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasi (boshlang’ich ma’lumotlar) dan foydalanish jarayonidir. Tizimlar tuzilishi bo’yicha oddiy yoki murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elementlar soni kam bo’lib, sodda tuzilishga ega bo’ladi. Murakkab tizimlar esa, bir nechta elementlardan tashkil topgan bo’lib bu elementlar ham o’z navbatida alohida tizimlarga bo’linishi mumkin. Vaqt davomida o’zgarishga qarab tizimlar statik va dinamik turlarga ajratiladi. Statik tizimlar ma’lum vaqt oralig’ida o’z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda esa, vaqt o’tishi bilan holat o’zgarib boradi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o’xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. Tasniflash – bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar ya’ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va hakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin. Tizimni mazkur belgiga ko’ra tasniflash rasmda keltirilgan. Sun’iy tizimlar – bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar. Aralash tizimlar ta’biy va sun’iy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ergonomik tizimlar – bu, «mashina – inson - operator» majmui. Biotexnik tizimlar – tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir. Tashkiliy tizimlar – bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanalad Xalq xujaligi tarmoqlarining asosiy vazifasi - davr talabiga javob beradigan maxsulot ishlab chikarish. Ishlab chikarishni tashkil etish va ana shu vazifasining bajarilishini ta’minlash boshqarish zimmasiga yuklatilgan. Bu esa uz navbatida moxiyatiga kura axborot jarayonidir Axborot - boshqaruvning negizi xisoblanadi.
2.4-rasm .Tizimlar tasnifi
Mazkur vaqtdagi boshqarish tizimining xolati axborot bilan belgilanadi. Boshqaruv axborot jarayoni sifatida karalar ekan, bunda kuyidagi asosiy uch boskich kuzga tashlanadi: 1. Boshqariladigan ob’ekt xolati to’g’risidagi axborotlarni to’plash, chamalash, qayd qilish, uzatish va saqlash. 2. Olingan axborotlar ustida ishlash. 3. Boshqaruvchi axborotni (boshqaruv karorini) qabul qilish. YUkoridagi boskichlarni amalga oshirish natijasida ob’ekt bir xolatdan ikkinchi xolatga utadi va boshqaruv jarayonida turli axborotlar xosil qilinadi. Axborot tizimlari, deganda kuyilgan maqsadga erishish uchun axborotni saqlash, unga ishlov berish va uni uzatish maqsadida foydalaniladigan, qo’llaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning uzaro boglangan majmuasi tushuniladi. Iktisodiy tizimlar boshqarish nuktai nazaridan axborot tizimi kabi karaladi va kupincha avtomatlashtirilgan tizim, deyiladi. Bu tizimlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarning talabiga muvofik ravishda axborotlarni tuplash va tayyorlash, saqlash, uzatish va takdim etishdan iborat.
TIZIM
Suniy Aralash Tabiiy
Asbob
*Mexanizmlar *Mashinalar *Robotlar *Avtomatlar *Ergonomik *Biotexnik *Tashkiliy *avtomatlashtirilgan *Jonli *Jonsiz *Iqtisodiy *Ijtimoiy
Axborot tizimlarini ikkita asosiy guruxga ajratish mumkin: 1. Axborot ta’minot tizimi. 2. Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizim. Axborot ta’minoti tizimi xar kanday ABTning tarkibiga kiradi. Xozirgi davrga kelib kuyidagi avtomatlashtirilgan tizimlar paydo buldi: 1. Loyixalashtirishning avtomatlashtirilgan kismi; 2. Ilmiy izlanishning avtomatlashtirilgan kismi; 3. korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi. Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizimlar tarkibiga: 1. Axborot qidiruv tizimi; 2. Axborot ma’lumotnoma beruvchi tizim; 3. Axborot boshqaruvchi tizim kiradi. Axborot - qidiruv va axborot - ma’lumotnoma beruvchi tizimlar foydalanuvchi tomonidan berilgan talabga mos ravishda tegishli axborotlarni saqlash va takdim etish uchun muljallangan. Bunday tizimlar faoliyati ikki kismdan iborat: 1. Axborotni yigish va saqlash. 2. Axborotlarni kidirish va foydalanuvchiga berish. Ma’lumotlarni tarkatish usuliga kura axborot qidiruv tizimlari kuyidagi uch turga bulinadi: 1. Axborot qidirishni tartibli amalga oshiruvchi tizim. 2. Berilgan talab buyicha qidirishni amalga oshiruvchi tizim. 3. Umumlashtirilgan tizim. Axborot - boshqaruvchi tizimlardan, asosan, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalaniladi. Zamonaviy sharoitda axborot tizimi axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni kuzda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan axborot tizimining texnik tarkibiga Mayk Freym yoki Super EXM kirishi mumkin. Bundan tashqari, axborot tizimi tarkibiga inson xam kiradi, chunki ishlab chikilayotgan axborot unga muljallangan buladi va u siz bu axborotni olish yoki takdim qilish mumkin emas. Har bir tizim xossalar (xususiyatlar) to’plami M bilan ta’riflanadi. Tizim xossalari (xususiyatlari) t vaqt davomida o’zgarib turishi mumkin H(t) = M. Bunday tizimlar yuqorida ta’kidlaganimizdek dinamik tizimlar, deb yuritiladi. Dinamik tizimlarda vaqt t’ o’tishi bilan xossalar to’plami o’zgarar ekan, demak tizim holati A(t) ham o’zgarib boradi. H’ (t’)teng emas H (t) M Tashqi muxit bilan bo’ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo’lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muxit bilan aktiv aloqada bo’ladi. Yopiq tizimlarning elementlari esa tashqi muxitdan ta’sirlanmaydi. Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko’ra farqlanadi. Quyida jadvalda turli elementlardan iborat bo’lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |