O'zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o'z-o'zidan ko'payadi, balki ko'paygan paytda o'zlarining kodlarini ham o'zgartirib turishadi. O'zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba'zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.
Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida(1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma'lumotlarni o'chirib tashlab sizga "sovg'a" taqdim etishi mumkin.
Virusga qarshi kurashish chora tadbirlari quyidagilardan iborat:
Kompyuterni zamonaviy antivirus dasturi bilan ta’daqiqalash.
Disk va flesh hotiralarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi antivirus dasturlari bilan tekshirish.
Qimmatli axborotlarning nushasini arhivlangan fayl shaklida saqlash.
Kompyuterga begonalarning ruhsatsiz ishlashini oldini olish maqsadida parol qo`yish.
Disk va flesh hotiralarni begona kompyuterlarga qo`yganda yo`zishdan himoyalash.
Litsenziyalangan dasturiy ta’daqiqaotlardan foydalanish, o`g`irlangan dasturlami qo`llamaslik.
Antivirus dasturni doifniy ravishda yangilab borish.
Bundan tashqari venchestedaqiqag C: diskiga qimmatli ma’lumotlarni yo`zmaslikka harakat qilish kerak, ularni D: yoki boshqa disklarga yozish kerak. Chunki kompyuterning tizimli dasturlari virus bilan zararlangansa C: diskni formatlab yuboriladi va bu Сdiskdagi hamma ma’lumotlar o`chib ketadi. Keyin kompyuterning C: diskiga litsenziyalangan dasturiy ta’daqiqaot va yangilangan antivirus dastur yoziladi. Bu antivirus dastur yordamida D: va boshqa disklar virusga qarsi tekshiriladi va "davolanadi".
Kasperskiy Internet Security. «Kasperskiy laboratoriyasi» dasturinimutaxassislar ham, aksariyat foydalanuvchilar ham eng yaxshi antivirus, ishonchli qo`riqchi ekanini biladi. «Kasperskiy laboratoriyasi»ning yangi mahsulotlari kompyuterni har qanday zamonaviy xavfdan himoya qila olishga qodir texnologiyalar bilan boyitilgan. Masalan, Kaspersky Internet Security-2011 yechimida proaktiv himoya bloki kuchaytirilgan. Bu degani, antivirus dasturi umuman notanish, yangi viruslarni ham bir qancha ko`rsatkichlar bo`yicha aniqlaydi va yuklanishiga yo`l qo`ymaydi. Ko`pgina virus va hujumchi dasturlar qo`llaydigan ayrim xatti-harakatlar, texnik jihatlar belgilangan bo`lib, ular biror dasturda aniqlangan taqdirda, shu dasturning ish faoliyati to`xtatiladi.
Antivirus dasturlarining ishlash tezligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun oxirgi ishlab chiqilayotgan bunday himoyachi dasturlarda tezlik xususiyatiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Agar siz «Kasperskiy laboratoriyasi»ning antivirus dasturini o`rnatsangiz, bilingki, uning bazasi har soatda, antispam bazasi esa bir kecha-kunduz ichida 12–24 martagacha yangilanadi. Ya’ni kompyuteringiz Internetga ulanishi bilan kafolatlangan «Kasperskiy» antivirusi o`z bazasiga o`zi yo`l topib, yangilanib oladi. Va shu tariqa sizning himoyangizni ta’daqiqalaydi.
Norton 360. Norton markali antiviruslar, ayniqsa, G`arbda juda taniqlidir. U ko`pincha, kompyuter va noutbuk olinganda baravar xarid qilinadi. Uning imkoniyatlari va ishonchliligini yuqorida keltirib o`tilgan antivirus dasturi bilan solishtirish mumkin. Mazkur Norton 360 antivirus dasturida «oila nazorati» — bolalarni turli zararli saytlarga kirishiga yo`l qo`ymaydigan modul mavjud.Bundan tashqari Norton 360 da parol, kredit kartalarining raqamlari va shu kabi boshqa shaxsiy ma’lumotlarning himoya vositalari ancha takomillashgandir. Aynan shuning uchun ushbu antivirasni Internet-xaridlarni amalga oshiruvchilar uchun ma’qul ekanini ta’kidlagan bo`lar edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |