Sanitariya-Gigiyena Talablari
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ко'rа, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak.
Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim.
V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.
O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak.
Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchilarning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |