KT ga ko’rsatma:
KT tibbiyotda bir necha maqsadlarda keng qo’llaniladi.
1) Skrining test qo’yidagi holatlarda:
Bosh og’rig’i
Bosh miya jarohati
Hushdan ketish holatlarida
O’pka rakini inkor etish
2) Shoshilinch KT
Og’ir travmalar
Miyaga qon qo’yilishiga gumon qilinganda
Tomir shikastlanishiga gumon qilinganda (aorta anevrizmasi)
3) KT- rejali diagnostika maqsadida
4) Davo natijasini nazorat qilish maqsadida. Masalan, KT nazorati ostida punktsiya qilish.
KT ga qarshi ko’rsatma:
KT o’tkazishga hech qanday qarshi ko’rsatma yo’q.
Bu tekshirish usulini bemorning hohlagan holatida ( hattoki o’pka sun’iy ventilyatsiyasi vaqtida ham) o’tkazish mumkin. Faqatgina homilador ayollarda va yosh bolalarda konkret hollarda qo’llash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |