a. 10BASE - 5 standarti Bu standart Xerox firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq bo’lib uni klassik Ethernet, asosiy Ethernet tarmog’i deb ataladi. l0Base-5 standartida ma’lumotlarni uzatish muhiti sifatida 50 Om to’lqin qarshiligiga ega bo’lgan koaksial kabel ishlatilgan. Kabelning markazidan o’tgan mis sismning diametri 2,17 mm. RG-8 va RG-11 kabellari anna shunday o’rsatgichlarga egadirlar. Bu standartni «yo’g’on Ethernet» ham deb ataladi. Kabelning tashqi diametri 10 mm ga yetadi.
3.12-rasm. Uchta segmentdan iborat bo’lgan 10Base-5 standartining fizik sathi tarkibiga kiruvchi qurilmalar.
Bu kabel barcha stansiyalar, ya’ni kompyuterlar uchun monokanal sifatida ishlatiladi. Kabel segmentining uzunligi ko’pi bilan 500 m gacha bo’lishi mumkin. Ularning oxirlarida 50 Om qarshilikka ega bo’lgan terminatorlar ulangan bo’lishi kerak.
b. 10BASE - 2 standarti 10Base-2 standartida axborotni uzatish muhiti sifatida markazidan diametri 0,89 mm bo’lgan mis sim o’tgan, tashqi diametri esa 5 mm bo’lgan ingichka koaksial kabeldan foydalaniladi («tonkiy» Ethernet). Bu kabelning to’lqin qarshiligi 50 Om ga teng. RG-58 /U, RG-58 A/U va RG-58 C/U kabellari ana shunday ko’rsatgichga ega kabellar hisoblanadi..
3.13. 10Base-2 standarti
Bitta segmentning uzunligi ko’pi bilan 185 m bo’lishi mumkin. Segmentning ikki tomonida, ya’ni oxirlarida 50 Om qarshilikka ega bo’lgan terminatorlar ulangan bo’lishi kerak. l0Base-2 standartida takrorlovchilarni ishlatib tarmoqning uzunligini oshirish imkoniyati bor. Bunda ham l0Base-5 standartidagi kabi «5-4-3 qoidasiga» amal qilish kerak. Tarmoqning maksimal uzunligi 5x185 = 925 m ni tashkil qilishi mumkin. Bitta segmentdan iborat bo’lgan 10Base-2 tarmog’ining ko’rinishi 3.13 - rasmda keltirilgan. Bu standartni amaliyotda qo’llash unchalik qiyin emas, negaki tarmoqni hosil qilish uchun faqatgina tarmoq adapterlari, T-konnektorlari va 50 Om li terminatorlar bo’lsa bas.
d. 10BASE - F standarti 10Base-F standartida ma’lumotlarni uzatish muhiti sifatida o’tkazish qobiliyati 500-800 MGs bo’lgan uzunligi esa 1 km gacha yetkazilishi mumkin bo’lgan nisbatan arzon hisoblangan optik tolali kabel ishlatiladi. Bu standartning tuzilish chizmasi 10Base-T standartining chizmasi bilan bir xil bo’ladi. Bunda ham tarmoq adapterini konsentrator bilan ulash uchun ikkita optik tolali kabel ishlatiladi, ya’ni adapterning Tx chiqishini, konsentratorning Rx kirishi bilan va adapterning Rx kirishini esa konsentratorning Tx chiqishi bilan ulanadi.