I-BOB. KOMPYUTER TIZIMLARINI TASHKIL ETISH
|
|
1.1.
|
Kompyuter tizimlarining asosiy tushunchalari
|
7
|
1.2.
|
Kompyuter tizimlarini tashkil etish
|
11
|
1.3.
|
Kompyuterlar arxitekturasi va ma'lumotlarni qayta ishlash
|
23
|
1.4.
|
Protsessorlar va hisoblash jarayonlarini tashkil etish
|
31
|
|
Nazorat uchun savollar
|
38
|
II -BOB. KIRITISH / CHIQARISH TIZIMLARINING TASHKIL ETILISHI
|
39
|
2.1.
|
Kompyuterlar xotirasi iyerarxiyasi
|
39
|
2.2.
|
Kompyuter shinalaring tashkil etilishi
|
43
|
2.3.
|
Kiritish / chiqarish tizimlarining tashkil etilishi
|
51
|
2.4.
|
Hisoblash jarayonlarini dasturiy boshqarish
|
58
|
2.5.
|
Kompyuter buyruqlar tizimi
|
68
|
|
Nazorat uchun savollar
|
75
|
III -BOB. KOMPYUTER TIZIMLARINING UNUMDORLIGINI OSHIRISH
|
76
|
3.1.
|
Kompyuter samaradorligini oshirish usullari
|
76
|
3.2.
|
Hisoblash tizimlarida xotiraning tashkil etilishi
|
86
|
3.3.
|
Kompyuter tarmoqlari – asosiy tushunchalar, topologiyalar va ishlash standartlari
|
99
|
3.4.
|
SIMD sinfi hisoblash tizimlari
|
108
|
|
Nazorat uchun savollar
|
113
|
IV -BOB. KOMPYUTER TIZIMLARINI LOYIHALASH
|
114
|
4.1.
|
Ko'p yadroli protsessorlar
|
114
|
4.2.
|
Kompyuterlar va kompyuter tizimlari dasturiy ta'minotlari
|
127
|
4.3.
|
Kompyuter va kompyuter tizimlarini loyihalash
|
139
|
|
Nazorat uchun savollar
|
148
|
|
Nazorat uchun testlar
|
150
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
155
|
|
Inglizcha-o’zbekcha-ruscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug’ati
|
157
|
Kirish
Insoniyat o’z rivojining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Yangi ming yillikning boshlanishi bilan industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o’tish boshlandi. Bu o’tishni ta’minlovchi jarayon axborotlashtirish nomini oldi. Axborotlashtirish – mehnat sifatini, yashash sharoitlarini tubdan o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan va jamiyatning barcha a’zolarini axborot bilan ta’minlash darajasini qo’llab-quvvatlovchi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va umumqo’llash jarayonidir. Axborotlashtirishning zarurati axborotning roli va qiymatining keskin o’sishi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’yektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot - kommunikasiya texnologiyalari bilan bog’liq.
Hozirgi yoshlarga yangi asrda o’qishga va ishlashga to’g’ri keladi. XXI asr oxirida insoniyat jamiyatining rivojlanish manbai deb tan olingan axborotsiz hech qanday ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Bugungi kunda insoniyat axborot texnologiyalari sohasida yuqori natijalarga erishdi. Inson hayotida ketma-ket paydo bo’lgan texnik vositalar, ya’ni telefon, radio, televizordan keyingi texnik qurilma kompyuter hisoblanadi. Tugallangan texnik ob’yekt sifatida kompyuter insoniyatning turli xil bilim sohalari mutaxassislarining ish mahsuli natijasidir. Hozirgi kunda kompyuter inson faoliyatining barcha sohalarida, ya’ni ilm – fanda, boshqaruvda, ta’limda va ishlab chiqarishda katta yordamchi hisoblanadi. Agar birinchi kompyuterlar (elektron hisoblash mashinalari - EHM) dan asosan olimlar foydalanishgan bo’lsa, hozirda ulardan maktab o’quvchilari va uy bekalari ham foydalanishmoqda.
Informatika ilmiy yo’nalish sifatida turli darajadagi mutaxassislarni tayyorlashda bir qator umumkasbiy va maxsus fanlar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot muhiti inson faoliyatida material manbaga nisbatan yetakchi bo’lib bormoqda. Axborot manbalari tijorat tavsifiga ega bo’lmoqda va yangi axborot xizmati jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarning hayotga tadbiq qilinishi foydalanuvchilar bilan bir qatorda ishlab chiquvchilar uchun ham tayyorgarlikni talab qiladi.
Agar alohida kompyuter – bu alohida foydalanuvchi masalalarini avtomatlashtirish va yechish uchun apparat va dasturiy majmua bo’lsa, u holda kompyuter tizimi yoki tarmog’i – bu individual va kollektiv foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun kompyuterlar, tashqi va kommunikasion qurilmalar majmuasi hisoblanadi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari ikkita muhim ilmiy-texnik yo’nalishlar jarayonining rivojlanishi natijasi bo’lib, bu yo’nalishlar: kompyuter va telekommunikatsion texnologiyalardir. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari o’zining dasturiy ta’minoti bilan zamonaviy axborot kommunikatsion tizimlarning asosini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda ixtiyoriy tashkilot kompyuterlashtirilgan axborot tarmog’iga ega. Bunday tizimlarning murakkabligi, jihozlanganlik darajasi, yechadigan masalalar sinfi, boshqarish holatlari va hududiy bo’linganligi tashkilot foydalanuvchilarining sohasiga bog’liq bo’ladi. Biroq, bunday tizimlarning asosida axborotni yig’ish, ishlov berish, saqlash, aks ettirish va uzatish imkonini beruvchi dasturiy-apparat vositalar majmuasidan iborat axborot texnologiyalari yotadi. Bunday turdagi avtomatlashtirilgan dasturiy-apparat vositalarning asosini hisoblash tizimlari tashkil qiladi. Hisoblash tizimlarining qo’llanilishi ishlov berish jarayonining tezlashishi evaziga hisoblash aniqliligi va ishonchliligini oshirish, foydalanuvchilarga servis xizmatlarini taqdim etishni asosiy maqsad qilib oladi.
Ushbu o’quv qo’llanmada kompyuter tizimining asosiy tushunchalari va uning tashkil etilishi, kompyuter arxitekturalari va ma’lumotlarni qayta ishlash, kompyuter xotiralari iyerarxiyasi, kiritish/chiqarish tizimining tuzilishi, hisoblash jarayonlarini dasturiy boshqarilishi, kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni parallel qayta ishlash, kompyuterlar va tizimlarni loyihalashtirish va ularnig asoslari, ko’p yadroli, ko’p protsessorli, klaster va super kompyuter tizimlari haqidagi mulohazalar keltirilgan
Talabalarga tavsiya etilayotgan ushbu o’quv - uslubiy qo’llanmaning asosiy g’oyasi yanada tushunarli bo’lishi uchun ma’ruzalarda misollar keltirilgan. Shuningdek, har bir ma’ruzaning oxirida mustaqil ishlash uchun nazorat savollari berilgan.
Ushbu o’quv qo’llanma kamchiliklardan holi bo’lmaganligi tufayli, muallif ma’ruzalar matni haqidagi tanqidiy fikr va mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi va o’z tashakkurini izhor etadi.
Mazkur o’quv qo’llanma OTM 5330500 – “Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)” bakalavriat yo’nalishi uchun mo’ljallangan. TATU Samarqand filiali o’quv – uslubiy kengashi tomonidan o’quv maqsadlarida foydalanishga tavsiya etiladi.
Ushbu o’quv qo’llanmaning taqrizchilari professor T.Safarov va dotsent Q.A.Bekmurodovga muallif o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |