«Kompyuter tizimlari» kafedrasi S. T. Kubayev, U. I. Murtazayeva kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish


I-BOB. KOMPYUTER TIZIMLARINI TASHKIL ETISH



Download 4,8 Mb.
bet3/68
Sana23.04.2022
Hajmi4,8 Mb.
#576182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
2 5242208013711836164

I-BOB. KOMPYUTER TIZIMLARINI TASHKIL ETISH
1.1. Kompyuter tizimlari asosiy tushunchalar.
Kompyuter tizimlari qurilishi va ularning klassifikatsiyasi.
Davlat standartiga ko’ra kompyuter tizimi (KT) deganda – axborotni o’lchash, uni shaklini o’zgartirish va ishlash uchun mo’ljallangan, funksional jihatdan birlashtirilgan hamda iste’­molchiga, ya’ni foydalanuvchiga u talab qiladigan ko’rinishda axborotni (ma’lumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari - o’lchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat bo’ladi.
Kompyuter tizimini qurishdan maqsad - biror - bir jarayonni mantiqiy boshqarish vazifasini amalga oshirish, texnik diagnostika vazifalari, tas­virlarni ishlash va ko’pgina boshqa-boshqa vazifalardan birini yoki bir ne­chtasini amalga oshirish hisoblanadi.
Kompyuter tizimlarini bajaradigan vazifalariga qarab tasavvur qilish nisbatan oson bo’lgan quyidagi xillarini keltirish mumkin:

  • o’lchashlar uchun mo’ljallangan kompyuter tizimlari;

  • avtomatlashtirilgan boshqarish uchun mo’ljallangan kompyuter tizim­lari;

  • texnik diagnostika uchun mo’ljallangan kompyuter tizimlari;

  • tasvirlarni ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter tizimlari va hokazo boshqa-boshqa xildagi hozirda ishlab chiqilayotgan kompyuter tizimlari­ning nomlarini keltirib ro’yxatni davom ettirish mumkin. Masalan: vi­deofilmlarni yaratish jarayonida qo’llaniladigan kompyuter tizimlari, gazeta, jurnal va kitoblarni nashr qilishda qo’llaniladigan kompyuter tizimlari va h.k.

Kompyuter tizimlarining bir nechta belgilariga ko’ra quyidagicha umumlashtirilgan klassifikasiya bo’yicha ajratishimiz mumkin:
1. Qo’llaniladigan sohasiga qarab:
- sanoat sohasidagi kompyuter tizimlari;
- tijoratda sohasidagi kompyuter tizimlari;
- moliya sohasidagi kompyuter tizimlari;
- marke­ting sohalaridagi kompyuter tizimlari.
2. Boshqariladigan ob’yektning xiliga qarab:
- korxonadagi texnologik ja­rayonlarni boshqarish uchun mo’ljallangan kompyuter tizimlari;
- loyihalashni avtomat­lashtirish uchun mo’ljallangan kompyuter tizimlari;
- korxonani boshqarish uchun mo’ljallangan kompyuter tizimlari;
3. Natijaviy axborotni qanday qo’llanilishiga qarab:
- axborot - qidiruv tizimlari, ular axborotni yig’ish, saqlash hamda foy­dalanuvchining so’roviga qarab kerakli ma’lumotlarni topib berish vazifa­larini bajaradi (1-rasm);
- axborot - maslahat beruvchi tizimlar, ular foydalanuvchiga qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar berish vazifasini bajaradi;
- axborot - boshqarish tizimlari, ular boshqarish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni yetkazib berish vazifasini bajaradi.

1.1-rasm. Videokuzatuv va hodisalarni ro’yxatga olish
kompyuter tizimi.

XIX asrning yetmishinchi yillarning o’rtalariga kelib alohida kompyuterlar birlash­tirilib – hisoblash tizimlari, ya’ni kompyuter tizimlari, keyinchalik esa axborot - hisoblash tizimlari va tarmoqlari hosil qilindi. Elementlar ba­zasi texnologiyasining rivojlanishi – o’rta, yuqori va o’ta yuqori integra­tsiyali integral sxemalarning ishlab chiqilishi bunday o’zgarishlarga asosiy sabablardan biri bo’ldi.


Intel firmasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun Intel 8086, 80286, 80386, 80486, Pentium I, II, III, IV protsessorlari va kompyuter tizimlari uchun ishlab chiqilgan yuqorida sanab o’tilgan protsessorlarga o’xshash bo’lgan protsessorlar 1980-1995 yillar davomida va hozirga qadar ham ketma-ket ishlab chiqarila boshladi.
Bu davrlar mobaynida kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari nisbatan oddiy bo’lgan hisoblashlarni bajarish, matnli fayl­larni ishlash va o’zaro almashinish tizimlaridan, hozirda biz bilgan va ancha murakkab bo’lgan amallarni bajaradigan tizimlarga aylandi. Bunday amallarga nafaqat oddiy matnli fayllarni qayta ishlash, balki matn tarkibida turli chizma va tasvirlar bo’lgan fayllarni, video va audio fayllarni qayta ishlash va boshqa amallarni misol qilib keltirish mumkin.
Hozirgi paytga kelib kompyuterlar va kompyuter tizimlari – axborot hisoblash tizimlari sifatida ishlatilib, ma’lumotlarni o’lchash, yig’ish, saqlash, ishlash va jarayonlarni boshqarish vazifalari uchun qo’llanilmoqda.



Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish