O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO’MITASI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER TIZIMLAR” KAFEDRASI
REFERAT
Mavzu: Ish stolini tozalash va tartiblash. OTni o’rnatish,oldingi holatini tiklash.OT ni sozlash uchun mo’ljalangan dasturlar TOBSHIDI; XIDIROV U
QABULQILDI; DUSANOV X
SAMARQAND 2014
Mavzu: Ish stolini tozalash va tartiblash. OTni o’rnatish,oldingi holatini tiklash.OT ni sozlash uchun mo’ljalangan dasturlar
Windows operatsion sistemasini o'rnatishning ikki variantini qarab chiqamiz: sistemani noldan o'natish, yani bo'sh (toza) kompyuterga о'rnatish va Windows yangi versiyasini eskisining ustiga qayta o'rhatish (yangilash).
Windows XР ni o'rnatish dasturini Windows XР, Windows 2000, Windows NT4, Windows Me yoki Windows 98/95 sistemalarida ishga tushirish mumkin. Shuningdek, o'rnatish dasturini DOS dan ishga tushirish mumkin. Agar komputerda hech qanday sistema o'rnatilmagan bo'lsa, Windows XP ni o'rnatish kompakt-diskdan yuklash mumkin. Quyida o'rnatishning bu har bir ikki variantining avzalliklari va kamchiliklarini qarab chiqamiz.
Windows XP o'natish kompakt-diski yuklovchi hisoblanadi.Ya'ni CD-Rom diskovodga qo'yilgan kompakt diskdan avtomatik yuklash jarayoni boshlanadi. Agar kompyuteringiz kompakt-diskdan avtomatik yuklanmasa (ko'p hollarda shu variant ro'y beradi), BIOS ning mos parametrlarini o'zgartirish kerak bo'ladi. Buning uchun BIOSning konfiguratsiya oynasiga o'tamiz (sistema yuklanish jarayonida F2, Esc yoki Del tugmalaridan birontasini bosish kerak), boshlang'ich yuklanishga oid paramaetrlarga o'tib, boot device priority (yuklovchi qurilmalar prioriteti) yoki boot sequence (boshlangich yuklanish ketme-ketligi) parametrlarini moslash zarur.
Agar kompakt-diskdan Windows yuklanish jarayoni muvaffaqiyatli tugasa, bir necha daqiqa davomida qurilma ta'minoti drayverlarini yuklash jarayoni bajariladi. Shu tufayli o'rnatish dasturi qattiq disk, CD-ROM va kontrollerlarni qo'llab-quvvatlaydi. O'rnatish tugagandan so'ng, sistema konkret kompyuter (sistema o'rnatilayotgan kompyuter) uchun zarur drayverlarni yuklaydi. Initsializatsiya tugagandan so'ng Enter tugmasini bosib yuklash jarayonini davom ettiramiz (agar R tugmasi bosilsa, Windowsni qayta tiklash taklifi paydo bo'ladi).
Bu ekranda WindowsXP sistemasini o'rnatish uchun disk v adisk bo'limini tanlaymiz. Bunda mavjud disk bo'limlaridan birini tanlashimiz yoki kompyuter bo'limlari jadvalini o'zgartirishimiz mumkin(bu haqda "Disk bo'limlari bilan ishlash" bandida to'la ma'lumot beriladi). WindowsXP foydalanuvchiga kataloglar uchun joy tanlash imkonini bermaydi, ya'ni qattiq diskda \Windows papkasi avtomatik yaratilib, barcha fayllar shu papkaga nusxalanadi. Agar sistema qayta o'rnatilayotgan bo'lsa, yuqoridagi holat muammo keltirishi mumkin, bu haqda "Windows versiyalarini yangilash" bandida ma'lumotlar berilgan.
Windows versiyasini yangilash
Windowsning WindowsXP gacha bo'lgan versiyalarini yangilash uchun kompyuterda o'rnatilgan Windows seriyaidan WindowsXPni o'rnatish dasturini ishga tushiramiz. Ya'ni Windows 2000 ни (yoki boshqa biror versiyasini) yuklab, CD-ROMga WindowsXPni o'rnatish kompakt-diskini qo'yamioz va avto-yuklash mexanizmi (Autoplay) ishlay boshlaydi.
Agar Autoplay mexanizmi o'chirilgan bo'lsa yoki biron sabab bilan ishga tushmasa, yo'lboshlovchi(проводник) oynasini ochib, o'rnatish kompakt diskining o'zak katalogidan setup.exe faylini ishga tushiramiz. Shundan so'ng, quyidagi to'rtta bo'lim taklif etiladi:
I. Install WindowsXP (Установить Windows XP)
Bu buyruq bo'yicha Windowsni o'rnatish asosiy dasturi ishga tushadi(\i386\winnt32.exe). Ochilgan oynadan Upgrade (Recommended, Обновление) yoki New Installation(Advanced, Новая установка) variantlaridan birini tanlaymiz. Windowsning joriy versiyasi o'rniga Windows XPni o'rnatmoqchi bo'lsak, birinchi variantni tanlaymiz. Bu holda WindowsXP joriy Windows o'rnini egallaydi.
Ikkinchi variantni tanlab, WindowsXPni boshqa disk bo'limiga yoki boshqa qattiq diskka o'rnatishimiz mumkin. Bu variant WindowsXPni qo'sh(ikkilik) yuklash rejimida ham o'rnatish imkoniyatini beradi.
II. Install Optional Windows Components
(Установить дополнительные компоненты Windows)
Bu variant boshqaruv panelidagi "Установка и удаление" bo'limidan "Установка и удаление компонентов Windows " bandini tanalash buyruqlariga teng kuchli hisoblanadi.
III. Perform Additional Tasks
(Bыполнение дополнительных задач)
Bu sahifada bir qancha foydali protseduralarga ssilkalar joylashgan. Tarmoq sistemasiga Remote Desktop rejimida ulanish dasturiy ta'minotini o'rnatish uchun "Установка удаленное соединение (Setup Remote Connection)" (8-mavzuga qarang) tarmoqni o'rnatish ustasi (Network Setup Wizard)ni ishga tushirish uchun "Установить домашнюю и малую сеть(Setup a home or small office network)" bo'limini tanlaymiz. Fayl va papkalarni ko'chirish ustasini chaqirish uchun "Перенести файлы и параметры" bandini belgilaymiz. Bu haqda ushbu mavzuning "Windows XPni boshqa diskka yoki kompyuterga ko'chirish" bandida to'laroq ma'lumot berilgan.
Bu buyruq yordamida "Microsoft Windows Update Advisor" dasturi ishga tushadi. Bu dastur sistemada muyammoli bo'lishi mumkin bo'lgan manbaalarni, masalan, dasturiy va apparat ta'minoti nomutanosibliklarini tekshiririb, yakunda natijalar hisobot ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Kerakli bo'limdan birini tanlaymiz. Shundan so'ng Windowsning o'rnatish dasturi fayllarni ko'chirish va sistemani konfiguratsiyalash boshlanadi.
Buyruqlar satridan o'rnatish
Agar WindowsXPni yangi sistemaga o'rnatmoqchi bo'lsak vca kompakt diskdan bunga imkon bo'lmasa, OSni yuklash yumshoq diskidan ham yuklash mumkin. jarayon yakunlangach DOSning taklif satri paydo bo'ladi. U yerdan kompakt diskka murojaat qilamiz (E: yoki F: disk). So'ngra \i386\winnt.exe buyrug'ini terib, DOSga mo'ljallangan o'rnatish dasturini ishga tushiramiz. O'rnatish dasturi qattiq diskka barcha zaruriy fayllarni ko'chiradi. Kompyuter qayta yuklangach, yuqorida aytib o'tilgan o'rnatish dasturi ishga tushadi.
WindowsXPni qayta o'rnatish
WindowsXPni qayta o'rnatish zarurati sistemada konfigurarsion muammalar kelib chiqqanda yoki ziyon yetgan sistema ish faoliyatini qayta tiklash kerak bo'lganda tug'iladi.
Agar WindowsXPni yuklash va CD-ROMga murojaat imkoni bo'lsa, Windows muhitidan o'rnatish dasturini ishga tushirgan ma'qul.
Agar sistema yuklanmasa, uning ish faoliyatini qayta tiklash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
O'rnatish kompakt diskidan WindowsXPni yuklaymiz (Bu uni bo'sh kompyuterga yuklash mexanizmiga o'xshash).
O'rnatish dasturi ish boshlagach 2 ta taklif paydo bo'ladi. Ulardan birinchisini tanlash uchun 2-3 soniya ichida F6 tugmasini bosamiz. Bu taklifnoma SCSI va RAID kontrollerlari drayverlarini yuklashni taklif qiladi. Bu imkoniyatdan faqatgina qattiq diskdan murojaatni amalga oshirish mumkin bo'lmagan holda foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkinchi taklifnoma sistemani avtomatik tiklash mexanizmidan foydalanishni tavsiya etadi. Buning uchun F2 tugmasini bosiladi. Bu mexanizm (ASR-Avtomated System Recovery) oldindan rejalashtirilgan ssenariyalarga asoslanib, sistemani qayta tiklashga urinadi.
Barcha zaruriy drayverlar yuklangach, bir necha variant taklif qilinadi. Agar qayta tiklash konsolidan (Recovery Console) foydalanish uchun R tugmasini, aks holda Enter bosiladi.