Kompyuter tarmoqlari va ularning tasnifi Reja


Kompyuterni WINDOWS OS lokal tarmog'ida ishlash uchun sozlash



Download 96,5 Kb.
bet7/11
Sana13.07.2022
Hajmi96,5 Kb.
#793457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari va ularning tasnifi

Kompyuterni WINDOWS OS lokal tarmog'ida ishlash uchun sozlash
WINDOWS OS lokal tarmog'i bugungi kunda sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e'tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo'lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor. Buning uchun:
-"Ishga tushirish" menyusi, "Sozlash" menyusi, so'ng Boshqarish panelidan foydalanish;
-"sichqoncha"ning chap tugmasini ikki marta "Sistema" belgisida bosish;
-kompyuterga ulangan qurilmalarda tarmoq adapteri belgisining mavjudligiga ishonch hosil qilish;
-agar belgi yo'q bo'lsa, unda tarmoq plata-adapterni o'rnatish kerak, so'ng Boshqaruv panelidan "Yangi qurilmani qo'shing" belgisi orqali ishga tushirish lozim;
- agar belgi bor bo'lsa, u holda belgining "Sistema" muloqot oynasini yopib, so'ng "Tarmoq" belgisi bilan quyidagi amallar bajariladi:
1. Konfiguratsiyani ochib, "qo'shish" tugmasi bosiladi.
2. Ro'yxatdan "Mijoz" bo'limi tanlanib, "Qo'shimcha" tugmasi bosiladi.
3. WINDOWS OS lokal tarmog'ida ishlash uchun hosil bo'lgan ro'yxatdan "Microsoft Network tarmog'idagi mijoz" tanlanadi. Mijozni tanlash shuning uchun kerakki, bunda Sizning kompyuteringiz tarmoq resurslari, printerlar, papkalar, hamma uchun umumiy bo'lgan qurilmalarga bog'lanadi.
4. Muloqot oynasidan "Bayonnoma" bo'limi tanlanib, "Qo'shish" tutmasi bosiladi.
5. Hosil bo'lgan bayonnoma ro'yxatidan "IPX/SPX-qo'shma bayonnoma" tanlanadi.
6. Ro'yxatdan "Servis" bo'limi tanlanadi.
7. "Qo'shish" tugmasi bosiladi.
8.Hosil bo'lgan menyudan "Microsoft fayllari va printerlarga kirish xizmati"ni tanlash.
9. Ro'yxatdan "Adapter" bo'limini tanlang.
10. "Qo'shish" tugmasini bosing.
11. Hosil bo'lgan ro'yxatdan tarmoq platalar, jumladan uni ishlab chiqargan firmani tanlash kerak (Bu axborot plata bilan birga ham bo'lishi mumkin).
Navbatdagi majburiy jarayon kompyuterni tarmoqqa moslashtirish bo'ladi. Shuning uchun "Qo'llash" yoki OK ni bosib yuborishga shoshilmaslik kerak.
Kompyuterni tarmoqqa moslashtirish.
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o'z nomiga ega bo'lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo'natish).
Kompyuterni tarmoqqa moslashtirish uchun quyidagilar bajariladi:
-"Tarmoq" muloqot oynasidan "Moslashtirish" (Identifikatsiya) tanlanadi;
- "Kompyuter nomi" qatoriga kompyuter nomi kiritiladi, uni tarmoqda shu nom bilan belgilab qo'yiladi;
- "Ishchi guruh" qatoriga Sizning tarmog'ingiz ishlayotgan ishchi guruh nomini kiriting (odatda bu axborot kompyuter mutasaddi rahbarlari yoki firmada bo'ladi);
- kompyuter modeli qatorida o'zingiz ishlayotgan kompyuter modelini ko'rsatasiz;
- OK ni bosing.
Bu erda ham sozlash jarayoni majburiy ekanligini ta'kidlash lozim.
Ana shu ishlar bajarilgach, xabarlar oynasida kompyuterni qayta yuklash taklifi paydo bo'ladi. "Ha" tugmasini bosish kerak. Kompyuter qayta yuklangach, hamma o'zgarishlar kuchga kiradi va ishchi stolida "Tarmoqlararo bog'lanish" belgisi paydo bo'ladi (bu birinchi marotaba tarmoqqa ulanayotgan kompyuterlarda sodir bo'ladi).
Oldindan ishga sozlangan kompyuterlarda bayonnoma, mijoz, kompyuter nomi quyidagi tartibda o'zgaradi: Ishchi stolida "sichqoncha"ning o'ng tugmasini "Tarmoqlararo bog'lanish" belgisida harakatlan-tiring, keyin kerak bo'lsa, bosqichma-bosqich o'zgartiring. WINDOWS 9x OS kompyuter tarmoqlarini begonalar kirishidan saqlash uchun tarmoq parolini o'rnatish imkoniyati bor. U WINDOWS 9x OS ni yuklash chog'ida so'raladi. Tarmoq parollari kompyuterni sozlashning birinchi va ikkinchi jarayonidan keyin o'rnatiladi. Mazkur jarayonni ham kompyuterni qayta yuklab o'tkazish kerak. Agar sozlash ishlari tarmoqda to'g'ri o'tkazilgan bo'lsa, u holda muloqot oynasida "Tarmoq parolini kiritish" paydo bo'ladi. Ikkinchi jarayon natijasida berilgan nom birinchi qatorda tarmoq nomi bilan yoziladi. Ikkinchi qatorda parol nomi kiritiladi. OK ni bosing. Agar parolni kiritmasangiz, ENTER ni bosing. WINDOWS 9x OS ni yuklash vaqtida albatta tarmoq paroli so'raladi. Agar uni kiritmasangiz, "Tarmoq parolini kiritish" oynasi yana hosil bo'ladi. ESC tugmasi bosilgach, Sizning kompyuteringiz tarmoqqa ulanmaydi. Bu holda na kompyuterga, na tarmoq resurslariga kirish imkoni bor.



Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish