WINDOWS OS lokal tarmog'ida tarmoq disklari bilan ishlash. Kompyuterni olisdan boshqarishni sozlash Ilgari biz kompyuterlararo axborotni almashishni ta'minlaydigan umumiy papkalar, tarmoqlar bilan ishlashni o'rgangan edik. "Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ekti yordamida mazkur tarmoqlarga kirish mumkin edi. Agar Siz boshqa kompyuter umumiy papkasi bilan ishlayotgan bo'lsangiz, noqulay bo'lsa ham, har safar "Mening kompyuterim" ob'ektini ochishga to'g'ri keladi. Shuning uchun umumiy papka bilan ishlashning yana bir usuli bilan tanishtiramiz va ularni tarmoq diskka ulashni ko'rib chiqamiz. Bu holda tarmoq diskning kompyuteringizga ulanganidan so'ng, umumiy papka (uning asosida tarmoq disk yaratiladi) disk sifatida qabul qilinadi "Mening kompyuterim" ob'ektida yangi disk belgisi paydo bo'ladi. WINDOWS 9x OS yuklanganda, tarmoq parolini kiritilgandan so'ng, tarmoq diskiga kirishga ruxsat so'raladi.
Bu usulning eng katta afzalliklaridan biri shuki, bunda tarmoq disklari bilan ishlashda siz umumiy papkani olasiz, ya'ni "Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ektini chaqirishning hojati qolmaydi.
2. Tarmoq diskni hosil qilish:
Ushbu jarayonni "So'zlaymiz- bajaramiz" qabilida o'tkazishni tavsiya etamiz. Ish boshidan avval hamma kompyuterlarda umumiy papka hosil qilish kerak. Muallim qanday kompyuter ulanganini aniqlashi, masalan WS 1 kompyuterida ishlovchilar umumiy papka tarmoq diski sifatida WS 3 kompyuteriga nom bilan bog'lanishini oldindan belgilab berishi kerak.
-"Mening kompyuterim" ob'ekti kontekst menyusini chaqiring;
-"Tarmoq diskni ulash" buyrug'ini tanlang;
-hosil bo'lgan menyuda tarmoq disk nomini yozing;
-kiritish maydonida tarmoq diski bo'ladigan umumiy papkaga yo'l ko'rsating. Masalan, Namuna umumiy papkasi WS 10 tarmoq nom bilan saqlanayotgan bo'lsa, unga yo'l quyidagicha yoziladi:
\\WS10\namuna;
-OK ni bosing.
Endi o'quvchilar boshqa kompyuterdagi umumiy papkalardan foydalanib, mustaqil tarmoq disklarini hosil qilishlari mumkin. Ish natijalarini albatta nazorat qilish kerak. (Buning uchun "Mening kompyuterim" ob'ekti ochilsa, u erda yangi belgilar paydo bo'ladi).
3. Tarmoq disklari bilan ishlash.
Oddiy disklardagi kabi, tarmoq disklarda ham papka va fayllarni hosil qilish, nusxalash va yo'qotish kabi amallarni bajarish mumkin. Shu erda bir necha tarmoq disklarini, tarmoq disklarida fayl va papkalarni hosil qilishni mashq qilish o'quvchilarga tavsiya etiladi.
4. Tarmoq diskni olib tashlash:
-"Mening kompyuterim" ob'ekti kontekst menyusini chaqirish;
-"Tarmoq diskni uzing" buyrug'ini tanlash.
5. Olisdagi kompyuterni boshqarishni sozlash .
Lokal tarmoqlar bilan ishlashning yana bir usuli tarmoqdagi olis kompyuterlar boshqaruvini sozlashdir. Bu holatda har bir kompyuterda umumiy papkalar bo'lishi shart emas. Olisdagi boshqaruvga ruxsat berilgach, uning vinchesteriga to'g'ridan -to'g'ri kirish imkoni tug'iladi.
Olisdagi kompyuterni boshqarishni sozlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
-"Ishga tushirish" menyusidan "Sozlash" menyusini oching;
-boshqaruv paneli bo'limini tanlang;
-parol ob'ektini oching;
-"Olisdagi boshqaruv" ni tanlang;
-"Olisdagi boshqaruvga ruxsat" bayroqchasini o'rnating;
-"Parol" qatoriga, agar lozim bo'lsa olis boshqaruv parolini kiriting.
Bu parolni kiritishdan maqsad shuki, Sizning kompyuteringizga kirish uchun, uzoqdagi kompyuterda ham ayni shu parol bo'lishi lozim.
-OK ni bosing.
Olisdan boshqarishga sozlangan kompyuterning diskiga kirish uchun:
-"Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ektini oching;
- kompyuter nomini tanlang;
-ushbu kompyuter belgisi bo'ylab "sichqoncha"ning o'ng tugmasini harakatlantiring;
-hosil bo'lgan menyudan "Xususiyat" bo'limini tanlang;
-"Olisdagi boshqaruvga ruxsat" degan bayroqchani o'rnating;
-agar talab qilinsa, parolni kiriting;
-OK ni bosing.
Kerakli kompyuter ochilsa, resurslar ro'yxatida kompyuter disk belgisi paydo bo'ladi.