WINDOWS OS lokal tarmog'ida axborotlarni uzatish. fayllardan foydalanib xabarlarni uzatish. WINPOPUP dasturlaridan foydalanib xabarlarni uzatish
1.WINDOWS OS lokal kompyuter tarmog'ida kompyuterlararo xabarlarni quyidagi usulda uzatish mumkin:
-qabul qiluvchilar kompyuterlari umumiy papkasiga nusxalab, matn fayllari yordamida.
Ushbu usul kamchiliklarga ega. Ular: Kompyuter foydalanuvchilari, ya'ni axborot qabul qiluvchilar davriy ravishda o'z kompyuterlarining umumiy papkasini tekshirib turishlariga to'g'ri keladi. Chunki yangi axborot kelgan yoki kelmaganligi xaqida xabar qilinmaydi.
-WINPOPUP dasturlaridan foydalanib, yuborilayotgan xabar (masalan, "Tushlik 12da") kompyuter ishchi stolining maxsus oynasida paydo bo'ladi. Bu usul ham kamchiliklarga ega. Xabar yuborish jarayonida har ikki kompyuterda ham WINPOPUP dasturi faol bo'lib turishi lozim. Ikkinchi katta kamchiligi shuki, rus alfavitida yuborilayotgan xabar qabul qiluvchi tomonidan noto'g'ri anglanadi, shuning uchun ham uni lotin alfavitiga o'tkazish kerak. WINPOPUP dasturlari yordamida xabarlarni uzatish WINDOWS 9x OS lokal kompyuter tarmoqlari uchun juda tez va samaralidir.
2. Matn fayllari yordamida xabarlarni uzatish jarayoni.
Oldindan har bir kompyuterda "Pochta qutisi" umumiy papkasini yaratish lozim. Qaysi kompyuterdan qaerga xabar uzatilishini tayin etish kerak (masalan, WS 1 kompyuterdagi xabar WS 2 kompyuterga, WS3 dan WS 4 kompyuterga va hokazo).
Quyida bayon etilgan amallarni barcha o'quvchilar bajarsa yaxshi bo'lar edi.
-Ishchi stolida nom bilan matn hujjati hosil qiling. Bu quyidagicha bo'ladi: "Xat (Sizning kompyuteringiz tarmoq nomi) ", ya'ni masalan, WS 1 tarmoq nomli kompyuter uchun matn fayli quyidagi tartibda yoziladi: "WS 1 dan xat". Muallim ushbu fayllarning hosil qilinishini nazorat qilib turishi kerak, chunki tarmoq bo'ylab matn fayllari yuborilishida turli xatolar bo'lishi mumkin. Ayniqsa, turli kompyuterlardagi nomlarning ustma-ust tushishi ehtimoldan holi emas.
Faylni juda qisqa ham yozish mumkin.
-yangi hosil bo'lgan faylni nusxalang;
-"Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ektini oching;
-xabar yuborilayotgan kompyuterni oching;
-pochta qutisi umumiy qutisini oching;
-"Fayl" menyusida o'rnating buyrug'ini tanlang.
Xabarni yuborib bo'lgach, ishchi stolidagi umumiy papka ochilsa, agar hamma aytilganlar to'g'ri bajarilgan bo'lsa, u holda Pochta qutisida fayl paydo bo'ladi. Ana shu faylni ochishni talab qiling. Zaruriyat tug'ilganda, boshqa nom bilan ushbu jarayonni qaytaring. Ta'kidlash kerakki, tarmoqda nafaqat matn xabarlari, balki grafik fayllarni ham yuborish mumkin.
3.WINPOPUP dasturi. WINPOPUP dasturining tavsifi. Avtoyuklash yuklash guruhidan WINPOPUP dasturini tarmoqdagi har bir kompyuterga yuklash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
-Topshiriqlar paneli menyusini chaqirish; ("sichqoncha" chap tugmasi topshiriqlar panelida harakatlantiriladi);
-"Ishga tushirish" menyusidan "Sozlash" tanlanadi;
-"Qo'shish" tugmasi bosiladi;
-hosil bo'lgan muloqat oynasidan WINDOWS papkasi ochiladi;
-WINPOPUP tanlanadi;
-"Ochish" tugmasi bosiladi;
-muloqot oynasidagi hosil bo'lgan dasturlar menyusidan Avtoyuklash guruhi tanlanadi;
-"Navbatdagi"ni bosing;
-OK ni bosing.
Agar axborot hajmi ko'payib ketsa, WINPOPUP qayta avtomatik yuklanadi. Bunday holda oynani yopmaslik kerak, aksincha o'rab qo'yish kerak. Ehtimol, quyidagicha ham bo'lishi mumkin. Muallim "Izlash" menyusi yordamida WINPOPUP dasturini qidirib, ishga tushirishi mumkin.
WINPOPUP dasturi bir vaqtning o'zida hammaga kichik matnlarni jo'natish imkonini yoki lokal tarmoqdagi har bir foydalanuvchiga xabar yuborish imkonini beradi. Yana shuni aytish joizki, xabarlarni uzatish chog'ida WINPOPUP dasturi kompyuter-jo'natuvchida ham, kompyuter-qabul qiluvchi tomonida ham faol bo'lishi lozim. Matn xabarlari esa lotin alfavitida bo'lishi shart.
WINPOPUP dasturi oynasining asosiy elementlari:
-oynaning sarlavhasi, u erda dastur nomi va oynani boshqarish tugmalari joylashadi;
-menyu qatori;
-uskunalar paneli-WINPOPUP dasturlari bilan ishlash uskunalari;
-ishchi o'rni;
-holat qatori.
Xabarlarni yuborish jarayoni:
1. Tarmoqning ma'lum foydalanuvchisiga uzatish jarayonini bayon etish. Ushbu jarayon adresini yozish shakliga e'tibor bering, bu erda: foydalanuvchi nomi yozilmaydi, tarmoqdagi kompyuter adresi yoziladi.
2. Bir guruh foydalanuvchilarga xabar uzatishni bayon qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |