Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr


Ochiq tizimlarning tashkil etilishi



Download 188,85 Kb.
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi188,85 Kb.
#304838
1   2   3   4
Bog'liq
KT Ma'ruza 5-6

Ochiq tizimlarning tashkil etilishi.

Etalon modelga muvofiq hisoblash tarmog‘i taqsimlangan axborot hisoblash muhiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muhit vertikal bo‘yicha har biri axborot hisoblash muhiti asosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog‘onalarga bo‘linadi. Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo‘linadi (5.1.- rasm).

“Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishi” (OSI- Open System Interconnection) atamasi tizimlar orasidagi ma'lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya'ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatishlari tufayli bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.

5.1.-rasm. Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi.


Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‘ona tarkibiga kiruvchi ochiq tizimning bir qismi ob'ekt deb ataladi. N-pog‘onaning o‘zaro bog‘lanish qoidalari yig‘indisi N-protokoli deb ataladi. Qo‘shni pog‘onalar ob'ektlari o‘rtasidagi aloqa interfeys orqali aniqlanadi (masalan N-va (N-1)- pog‘ona ob'ektlari o‘rtasidagi aloqa (N-1)- interfeysi bilan aniqlanadi).

Ochiq tizimlar pog‘onalarida ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash muhitiga ruxsat jarayonlarini tashkil etish, interfeyslar, shuningdek kommunikasiyalar muhitining transport sathi vazifalarini amalga oshiruvchi operasion muqitning komponentlari aks ettirilgan.

Ma'lumotlarni qayta ishlash ochiq tizimlar arxitekturasi qo‘llanmaning «Ma'lumot uzatish tarmoqlari» qismida batafsil ta'riflangan. Ochiq tizimlar g‘oyasining ahamiyati shundaki, komponentlar guruhining vazifalari bo‘yicha yaqinlik chegarasida ushbu vazifali tizimlarning butun sinfi yoki tizimlar majmuasi uchun interfeyslarni va axborot almashuv jarayonlarning umumlashtirishga uslubiy yondashish imkoniyatini beradi.

Ochiq tizimlarining tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asosi sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta'minlovchi o‘zaro bog‘lanishini aniqlaydi va kuyidagilarni muvofiqlashtiradi:


• qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini;

• ma'lumotlarni taqdim etish shakllarini;

• ma'lumotlar saqlanilishi bir xilligini;

• tarmoq resurslarini boshqarish;

• ma'lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;

• dasturlar va texnik vositalarning tashhisini.

Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi. OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 ta: qo‘llanish/ilovalar, taqdim etish, seans, transport, tarmoq, kanal va fizikaviy pog‘onalarga bulinadi. Har bir pog‘ona tarmoq qurilmalari o‘zaro bog‘lanishining ma'lum bir aspekti bilan ish olib boradi.




    1. Download 188,85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish