OT xavfsizligi
Netware 4.1 C2 sinfi xavfsizlik talablariga javob beradi (tarmoq konfiguratsiyalariga qo‘yiladigan (“krasnaya kniga”)), Windows NT 3.5 – esa ishchi stansiyalar uchun S2 sinfi (“oranjevaya kniga”).
Microsoft, Windows NT ni ham “oranjevaya kniga” ham “krasnaya kniga” bo‘yicha S2 sinfiga mosligini sertifikatsiya qilingan.
Hamma zamonaviy UNIX tizimlarda, yo asosda, yoki qo‘shimcha modul asosida S2 xavsizlik sinfiga mos keladi (ishchi sinflar uchun) ba’zi va hollarda yuqori sinfiga ham mos keladi. UNIX ning ba’zi versiyalari, S2 ning S2 sinfiga ham mos keladi.
Windows NT da S2 sinfi talablarini qo‘llash yadro daajasida amalga oshirilgan. Bu esa, ba’zi ekspertlarga, Windows NT UNIX ga nisbatan yuqoriroq xavfsizlik darajasini ta’minlaydi deb hisoblashiga asos bermoqda. Ammo bu unday emas. Agar tizim sertifikatsiya qilingan bo‘lsa, boshqa so‘z bo‘lishi mumkin emas.
Ko‘p foydalanuvchili rejim
UNIX ning jiddiy ustunligi, Windows NT va Netware da bo‘lmagan ko‘p foydalanuvchilikni qo‘llashdir.
Bitta UNIX – mashinaga, xatto ShK asosida bo‘lsa ham, o‘nlab alfavit raqamli terminallarni ulash mumkin. Bu nima uchun kerak? Masalan, transport agentligini olaylik (poezd yoki avtobuslar uchun bitta sotuvchi, yoki aholidan jamg‘arma qabul qiluvchi bank). Microsoft nuqtai-nazaridan hamma shunday jroylarni Windows li ShK lar bilan jixozlash kerak., va ularga MBBT o‘rnatib, (albatta MS SQL Server), klient-server rejimida ishlaydigan tarmoq o‘rnatish kerak. Ammo bunday ish joylariga grafik interfeys tez tarmoq kanallari va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan ShK kerak emas. Albatta bu juda chiroyli, ammo bu ratsional emas, bu tejamli emas. Bunday joylarda, UNIX mashina qo‘yib, sekin asinxron kanallari orqali qimmat bo‘lmagan alfavit-raqamli terminallar qo‘yish arzon tushadi. Bunda, klient server arxitekturali murakkab tarmoq kerak emas.
Agar terminallar juda ko‘p talab etilsa, u holda meynfreym sotib olish qulay (anchayin arzon narhda). Yaxshi meynfreym yuzlab, xatto minglab terminallarni tortishi mumkin.
Tarmoq grafik interfeysi bilan ish boshqachadir. Ochiq tizimlar olamida grafik interfeysni tarmoqda qo‘llovchi uchun XWin.System standart hisoblanadi. Bu tizimda, topshiriq bajariluvchi tizim X-klient deb ataladi. Ma’lumot kiritiladigan qurilma (ShK yoki X.terminal) X-server deyiladi. Bunda X-klient va X-server bitta kompyuterda, yoki har xil, ba’zan mutanosib bo‘lmagan kompyuterlarda amalga oshiriladi. XWin System tizimlari aniq OT dan mustaqil yaratilgan bo‘lsa ham uni har OT larda amalga oshirish katta farq qiladi. Bu tizim, asosan UNIX tizimlariga mo‘ljallangan, va ko‘pgina kengaytmalariga ega, bu esa uni imkoniyatini oshiradi.
NetWare uchun XWin System qo‘llanishi yo‘qdir (oddiy X.Console dan tashqari).
Do'stlaringiz bilan baham: |