Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr


Tarmoq operatsion tizimlarining tuzilishi



Download 9,67 Mb.
bet114/134
Sana16.04.2022
Hajmi9,67 Mb.
#556457
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari Dilmurodan


28.2. Tarmoq operatsion tizimlarining tuzilishi

Tarmoq operatsion tizimi har qanday hisoblash tarmog‘ining asosini tashkil etadi. Tarmoqdagi har bir kompyuter ma’lum bir darajada avtonom hisoblanadi, shuning uchun tarmoq operatsion tizimi ostida keng ma’noda ma’lumotlar almashish maqsadida o‘zaro aloqa qiluvchi va resurslarni bitta qoida – protokollar asosida taqsimlab beruvchi alohida kompyuterlar operatsion tizimlarining yig‘indisi tushuniladi. Tor ma’noda Tarmoq operatsion tizimi – bu alohida kompyuterning unga tarmoqda ishlashni ta’minlab beruvchi operatsion tizimidir.



28.1-Rasm. Tarmoq operatsion tizimining strukturasi
Alohida mashinaning tarmoq operatsion tizimida bir qancha qismlarni ajratish mumkin (28.1-rasm.):
– Kompyuterning lokal resurslarini boshqarish vositalari: jarayonlar o‘rtasidagi operativ xotirani taqsimlash funksiyalari, jarayonlarni rejalashtirish va dispetcherizatsiyalash, multiprotsessor mashinalarida protsessorlarni boshqarish, periferiya qurilmalarini boshqarish va lokal operatsion tizimi resurslarini boshqarishning boshqa funksiyalari.
– Shaxsiy resurslar va hizmatlarni umumiy foydalanishga taqdim etish vositalari - operatsion tizimning server qismi (server). Bu vositalar fayllar va yozuvlarni birgalikda ishlashida kerak bo‘ladigan himoyasini, tarmoq resurslari ismlarini ma’lumotnomasini olib borishni, shaxsiy fayl tizimi va ma’lumotlar bazasiga masofadan ruhsat berish so‘rovlarini qayta ishlashni, masofadagi foydalanuvchilarni o‘zining periferiya qurilmalariga so‘rovlari navbatini boshqarishni ta’minlaydi.
– Masofadagi resurs va hizmatlarga bo‘lgan ruxsat so‘rovlari vositasi va ularni ishlatish – OT ning klient qismidir(redaktor). Bu qism aniqlanishni va ilovalardan va foydalanuvchilardan so‘rovlar tarmog‘idagi uzoqlashtirilgan resurslarga qayta yo‘naltirishni bajaradi, shu bilan birga so‘rov lokal formadagi ilovalardan tushadi, lekin tarmoqqa server talablariga to‘g‘ri keladigan boshqa formada uzatiladi.Klient qism yana server javoblarini qabul qilish va ularni lokal formatga o‘tkazishni ham amalga oshiradi, shuning uchun ilovada lokal va uzoqlashgan so‘rovlarni bajarishni farqi yo‘q.
– OT ning kommunikatsion vositalari yordamida tarmoqda ma’lumot almashinishi ro‘y beradi. Bu qism ma’lumotlarni adresatsiyasi va buferizatsiyasini, tarmoqda ma’lumot uzatish marshrutini tanlash, uzatish ishonchliligi kabilarni ta’minlaydi, ya’ni ma’lumotlarni o‘tkazib qo‘yish vositasi hisoblanadi.
Biror konkret kompyuterga qo‘yilgan funksiyaga qarab uning operatsion tizimida yo klient qismi yo server qismi yo‘q bo‘lishi mumkin.
Bu yerda kompyuter 1 “sof” klient vazifasini, kompyuter 2 esa “sof” server vazifasini bajaradi, mos ravishda birinchi mashinada server qismi ikkinchi mashinada klient qismi yo‘qdir. Rasmda klient qismining redirektor komponentasi alohida ko‘rsatilgan. Xuddi shu redirektor ilovalardan kelayotgan hamma so‘rovlarni ushlab oladi va ularni tahlil qiladi. Agar berilgan kompyuter resursiga so‘rov jo‘natilgan bo‘lsa, unda u lokal OT ning taaluqli ost tizimiga qayta adreslanadi, agarda bu so‘rov uzoqlashtirilgan resursga bo‘lsa, unda u tarmoqqa qayta yo‘naltiriladi. Bunda klient qism lokal formadan tarmoq formatiga o‘tuvchi so‘rov yaratadi va uni ko‘rsatilgan serverga ma’lumotlar yetkazilishiga javob beruvchi transport ost tizimiga beradi. Komyuter 2 OTning server qismi so‘rovni qabul qiladi, qayta ko‘radi va uni o‘zining lokal OT sini bajarish uchun berib yuboradi. Natija olingandan keyin, server transport ost tizimiga murojaat qiladi va so‘rov bergan klientga javobni yuboradi. Klient qism natijani kerakli formatga o‘tkazadi va uni so‘rov jo‘natgan dasturga qayta adreslaydi.
Amaliyotda tarmoq operatsion tizimlarini qurishda bir nechta yondashishlar yuzaga keldi (28.2-rasm).
Birinchi tarmoq OT lari hozirgi lokal OTlarning yig‘indisidan va uning o‘rnatilgan tarmoq qobig‘idan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga lokal OT ga asosiy tarmoq funksiyalarini bajaruvchi tarmoq qobig‘i uchun kerak bo‘ladigan minimum tarmoq funksiyalari o‘rnatilgan. Bunday yondashishga misol bo‘lib har bir kompyuterda MS DOS operatsion tizimining ishlatilishini olish mumkin (uchinchi versiyasidan boshlab unda fayllarga qo‘shma ruxsatni ta’minlaydigan fayllarini va yozuvlarni qulflash kabi o‘rnatilgan funksiyalari paydo bo‘ldi). Lokal OT ustidan tarmoq qobig‘i ko‘rinishida tarmoq OTlarini qurish prinsiplari zamonaviy OTlarda ishlatiladi, bularga, masalan, LANtastic yoki Personal Ware kiritish mumkin.

28.2-rasm. Tarmoq OT larni qurish variantlari

Biroq boshdanoq tarmoqda ishlash uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlarni ishlab chiqish yo‘li ancha effektli ko‘rinadi. Bunday OT larning tarmoq funksiyalari ularning asosiy tizim modullari ichiga chuqur o‘rnatilgan bo‘ladi, bu esa ularning logik mukammalligi, oson ishlatilishi va modifikatsiyasi, shuningdek yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Bunday OT ga misol qilib Microsoft firmasining Windows NT tizimi hisoblanadi, bu tizim o‘rnatilgan tarmoq vositalari hisobiga ma’lumotlarni ishlab chiqarilishi va havfsizligini shu firmani o‘zidan chiqqan (IBM firmasi bilan birga) LAN Manager OT taqqoslaganda ancha yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi.




Download 9,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish