Tarmoq topologiyalari Tarmoqda kompyuterlarning ulanish va joylashish tartibi tarmoq topologiyasi deb ataladi. Topologiyani ishchi stansiyalar, serverlar va boshqa tarmoq qurilmalari tasvirlangan tarmoq haritasi bilan o’xshatish mumkin. Topologiya tanlovi tarmoqning umumiy imkoniyatlari, qo’llaniluvchi tarmoq qurilmalari, protokolllar, shuningdek kelgusida tarmoqni kengaytirish imkoniga ta’sir o’tkazadi. Fizik topologiya — tarmoqning fizik elementlari qay tarzda ulanishining tasviridir. Mantiqiy topologiya tarmoq ichidagi ma’lumotlarning o’tish yo’lini belgilaydi.
Tarmoqning besh turdagi topologiyalari farqlanadi:
umumiy shina;
yulduz;
halqa;
yacheykali;
aralash.
Umumiy shina (bus)
Bu holda barcha kompyuterlar ma’lumotlar shinasi deb nomlangan bir kabelga ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga ulangan barcha kompyuterlar tomonidan qabul qilinadi.
Tarmoq tezligi ko’p jihatdan umumiy shinaga ulangan kompyuterlar soni bilan belgilanadi. Bu kompyuterlar soni qancha ko’p bo’lsa, tarmoq shuncha sekin ishlaydi. Bundan tashqari, bunday topologiya, bir necha kompyuterlar tarmoqqa bir vaqtda ma’lumot uzatishga harakat qilgan vaqtda, turli kolliziyalar vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Kolliziya – tarmoq ishi vaqtida sodir bo’luvchi normal holat. Kolloziyani taxlil qilish va bartaraf etish uchun barcha kompyuterlar kabelda payo bo’luvchi signallarni o’rganadilar. Agar uzatilayotgan va qabul qilinayotgan signallar bir-biriga mos kelmasa, kolliziya mavjudligi qayd etiladi. Kolliziyani sezgan kompyuterlar tarmoqqa 32-bitli jam - ketma-ketlik deb ataluvchi xabarni jo’natadi. Tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni ortgan sari kolliziya paydo bo’lish ehtimolligi ortadi.
Suratda terminatorlar aks etgan. Bu qurilmalar tarmoq oxiriga o’rnatiladi va ma’lumotlar chetga chiqishidan himoyalaydi. Biror yerda kabel uzilsa, yoki tarmoqning biror chetiga terminator o’rnatilmasa, signal kabelning uzilgan joyidan yoki tarmoq oxiridan aks eta boshlaydi va aloqa uzilishi kelib chiqadi.
“Umumiy shina” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
- kabel tejaladi;
- oson kengaytiriladi;
- soda va kafolatli.
Asosiy kamchiliklar:
Kabelning ishdan chiqishi tarmoq ishini to’xtatadi;
Tarmoqda kompyuterlar soni ortishi kolliziya paydo bo’lish htimolligini oshiradi.
Har bir kompyuter tarmoq bo’ylab uzatiluvchi ma’lumotlarni olishi mumkin.
Yulduz (star)
Yulduzsimon topologiyadan foydalanilganda tarmoqning barcha kompyuterlaridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator yoki konsentratorga ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga jo’natilgan barcha paketlar shu qurilma orqali yetib boradi. Bunda ham passiv, ham aktiv konsentratordan foydalanish mumkin.
Kompyuter va konsentrator o’rtasidagi aloqa uzilishi tarmoqning qolgan qismi ishiga ta’sir etmaydi. Agar konsentrator ishdan chiqsa tarmoq ishi to’xtaydi. Yulduz topologiyasi orqali lokal tarmoqlarni ham bir-biriga ulash mumkin.
Yulduz topologiyasi ishdan chiqqan elementlarni qidirishda qulay: kabel, taroq adapter yoki razyomlarning nosozligi oson aniqlanadi. “Yulduz” “umumiy shina” dan yangi qurilmalarni ulashda ancha qulaylik tug’diradi. Uzatish tezligi 100 va 1000Mbit/s tarmoqlar “yulduz” topologiyasi orqali qurilganini ham hisobga olish lozim.
Agar “yulduz”ning markazida konsentrator joylashgan bo’lsa, tarmoqning mantiqiy topologiyasi “umumiy shina”ga ozgaradi.
“Yulduz” topologiyasini qo’llashning avzalliklari:
Yaratish va boshqarish soddaligi;
Tarmoqning yuqori ishonchliligi;
Tarmoq ichida uzatiluvchi ma’lumotning yuqori darajada himoyalangani (agar yulduzning markazida kommutator joylashgan bo’lsa).
Asosiy kamchiligi – konsentratorning ishdan chiqishi butun tarmoq ishini to’xtatadi.
Halqa topologiyasi (ring)
Halqali topologiyadann foydalanilganda tarmoqning hamma kompyuterlari yagona halqasimon kabelga ulanadi. Paketlar halqa bo’ylab bir yo’nalishda tarmoqqa ulangan kompyuterlarning tarmoq platalari orqali uzatiladi. Har bir kompyuter signalni kuchaytirib, halqa bo’yicha uzatadi.
Halqa topologiyasining markerli usulda tashkil etishni ko’rib chiqamiz. Marker ikkilik razryadlarining boshqaruv ma’lumotlaridan iborat ma’lum ketma-ketligini tashkil etadi. Agar tarmoq qurilmasi markerga ega bo’lsa, unda ma’lumotni tarmoqqa uzatish huquqi bo’ladi. Halqa ichida faqat bitta marker bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni uzatishga tayyorlanayotgan kompyuter tarmoqdan markerni olib ma’lumotni halqa bo’ylab uzatadi. Har bir kompyuter ma’lumotlarni keying kompyuterga uzatadi toki u adresatga yetib bormaguncha. Ma’lumotni qabul qilgan adresat uni yuborgan kompyuterga axborot yetib kelganligini tasdiqlovchi xabar jo’natadi, ma’lumotni jo’natgan kompyuter yangi marker xosil qiladi va uni tarmoqqa uzatadi.
Mazkur topologiyani qo’llashning avzalliklari:
umumiy shinadan ko’proq hajmdagi ma’lumotlarga xizmat ko’rsatadi;
har bir kompyuter takrorlovchi hisoblanadi: u signalni keying kompyuterga uzatishdan avval uni kuchaytiradi va tarmoq o’lchamlarini kengaytirish imkonini yaratadi;
tarmoqqa kirishda turli imtiyozlarni berish imkoniyati; yuqori imtiyozga ega kompyuter markerni uzoqroq vaqt ushlab turishi va ko’proq ma’lumot uzatishi mumkin.
Kamchiliklari:
tarmoq kabelining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan chiqishiga ollib keladi;
istalgan kompyuter tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotlarni olish imkoniga ega.
Yacheykali topologiya (mesh)
Bu topologiya har bir kompyuterni tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan alohida kabel orqali ulanishini nazarda tutadi. Bu usul ma’lumotlarni uzatishda qo’shimcha yo’llardan foydanalish imkonini beradi. Biror kabel ishdan chiqqanda ma’lumot boshqa yo’l orqali uzatiladi va tarmoq normal faoliyat ko’rsatishda davom etadi. Bunday topologiya global hamda bir necha uzoqlashtirilgan tarmoqlarni optic tolali, ajratilgan yoki yo’ldosh aloqa liniyalari orqali birlashtirishda qo’llaniladi. Lekin lokal tarmoqlarda bir mashinada bir nechta tarmoq interfeyslari hamda ko’p hajmdagi kabellar talab etilgani uchun qo’llanilmaydi.
Yacheykali topologiyaning avzalliklari:
katta ma’lumot oqimlari bilan samarali ishlash;
qo’shimcha aloqa kanallaridan foydalanish hisobiga tarmoqning yuqori darajada barqarorligi;
yuqori darajadagi xavfsizlik; ma’umotlar oqimi uzatuvchidan to’g’ri qabul qiluvchiga uzatilib, nazariy jihatdan ma’lumotni o’g’irlashning imkoni yo’q.
Kamchiliklar:
kompyuterlarda tarmoqqa chiquvchi bir nechta tarmoq interfeyslariga bo’lgan talab;
tarmoqni tashkil etishning narxi yuqoriligi.
Aralash topologiya (hybrid)
Aralash topologiya o’zida ikki yoki undan ortiq topologiyani birlashtiradi ba shu bilan tugallangan tarmoq tuzilmasini hosil qiladi. Hozirda bu topologiya eng keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha yulduzsimon va shina topologiyasi birga qo’llanadi.
Bunda yulduz topologiyasiga ega bir nechta tarmoq bir shinaga ulanadi.
Bu topologiyada bir kompyuterdagi nosozlik tarmoq ishiga xech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, lekin agar markaziy component (konsentrator) ishdan chiqsa, tarmoqlar boshqa aloqa qilolmaydi.
“Yulduz-halqa” topologiyasida kompyuterlar markaziy komponentga yulduzsimon tarmoqdagi kabi ulanadi. Shu bilan birga barcha komponentlar tarmoq bilan halqa topologiyasi bo’yicha birlashgan.
Avvalgi holatga o’xshash bu holatda ham tarmoqdagi biror kompyuterning ishdan shiqishi tarmoq ishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Bo’sh markerni uzatish usuliga ko’ra tarmoqning barcha kompyuterlari ma’lumot uzatishda teng imkoniyatga ega, bu esa tarmoq ichidagi axborot oqimlarining soni ortishiga olib keladi.