Marshrutizasiya (routing)-adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali asosida tarmoqning ikki punkti o‘rtasida yo‘l qidirish jarayoni.
Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini uzatishni ta'minlab beradi va umumiy holatda signal tarqatish muhitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga imkoniyat beruvchi uskunalar majmuasini o‘z ichiga oluvchi qurilmalardir. Fizikaviy muhit juft mis simlar, optik tola,efir bo‘lishi mumkin. Muhit turiga bog‘liq ravishda aloqa liniyalari simli va simsizga ajratiladi.
Simli liniyalarga signal sun'iy tashkil qilingan yo‘naltiruvchi muhitda tarqaladigan, masalan, himoyalangan qobiqqa ega simlar(kabel' aloqa liniyalari) kiradi. Kabel' aloqa liniyalarida uzoq masofani ta'minlash maqsadida, ma'lum intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa liniyalari ham simli hisoblanadi, ularda tarqalish muhiti sifatida dielektrik material, xususan, yupqa shisha tolalar ishlatiladi. Ularning afzalligi konstruksiyasida defisit bo‘lgan mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshinning yo‘qligidir.
Tarmoq tuzilmasi komponentlari. Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari odatda segment miqyosi, uning bajarayotgan vazifasi, ishlatilayotgan telekommunikasion texnologiyasi bo‘yicha tasniflanadi. Tarmoqni segmentasiyalashning asosiy vazifasi segment ichidagi oqim ulushini maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi bilan tasvirlanadi (3.6-rasm):
-lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi kichik hudud, muassasa, sanoat korxonasi va hokazo ichida chegaralanadi, ya'ni katta bo‘lmagan ma'lum hududda joylashgan komp'yuterlar tarmog‘i. Umumiy holda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taaluqli bo‘lgan qurilmalar majmuasi;
-hududiy (mintaqaviy) tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN), yirik aholi punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan;
-yirik miqyosli hududiy (global) tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta hudud, davlat, kontinent hamda turli kontinentlarda joylashgan LAN, MAN turidagi tarmoqlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur magistral tarmoq uzatish muhiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi.
LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan har biri kichik miqyosdagi bir qator segmentlarga bo‘linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi va ularning har bir segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq funksional vazifani bajaradi. Har qanday qatlamda segmentlar bog‘liqligi magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta'minlanadi.
3.6-rasm. Masshtab belgisiga ko‘ra tarmoqning ierarxiya segmenti
Oxirgi punktlarning segment ichida birlashishi va magistral segmentlarning amalga oshirilishi umumiy kommunikasion muhit yoki tugun tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy kommunikasion muhitni ishlatish iqtisodiy tomondan foydalidir. Bunda bitta tugun tizimi bilan generatsiya qilinadigan yuklama barcha boshqa tizimlarga yuboriladi, biroq qabul qiluvchi manzili bo‘lgan bitta tizim bilan qabul qilinadi. Umumiy bo‘linadigan muhitli tarmoq segmentlari misoliga shina topologiyali kichik bir rangli mahalliy tarmoqlarni hamda transport halqa tamoyili bo‘yicha tashkil qilingan hududiy tarmoqlarni keltirsa bo‘ladi.
Tugun tashkil qilish segment kommutasiyalanayotgan topologiyani ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish modelini (Open System Interconnection,OSI) kanal va tarmoq vazifalarga ega bo‘lgan uskunalar tugunida joylashtirish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Bunda umumiy kommunikasion muhitdan farqli ravishda tarmoqning katta miqyosi, yuqori ishlab chiqarish darajasi va ishonchliligi ta'minlanadi, biroq narxi oshadi. Bunday tarmoqlarga misol sifatida yuqori tezlikli mahalliy tarmoqlarning magistral segmentlarini hamda radial tugun tamoyili asosida tashkil qilingan hududiy tarmoqlarni keltirsa bo‘ladi.
Tarmoq (tarmoq segmentlari) bog‘lovchi magistral sifatida tashkil qilinsa, tayanch tarmoq (backbone network) deb ataladi. Magistral qurilishining turli topografik variantlari bo‘lishi mumkin, bunga asoslanib tayanch tarmoqlarning nomlanishi ham turlichadir, masalan: «tizma tarmoq», «transport halqa», «kommutasiyalanadigan tarmoq». Ulardan har biri aniq vazifa doirasida chegaralangan.
Tayanch tarmoq ixtiyoriy darajada (LAN, MAN, WAN) tashkil qilinishi mumkin, ya'ni tarmoqning ishonchliligi, ishlab chiqarishni oshirish maqsadida, tarmoqning mantiqiy segmentasiya vazifasi yechiladigan hamma joyda ishlatilishi mumkin. Turli darajalardagi tayanch tarmoqlarning yig‘indisi taqsimlangan tarmoqning ierarxik bog‘liqligini ta'minlab beradi. Shuni qayd qilish lozimki, kichik miqyosli segmentlar (LAN, MAN) uchun tayanch tarmog‘i vazifasini bitta tugun bajarishi mumkin. Bunday magistral o‘zgargan magistral (collapsed backbone) yoxud tayanch tuguni (backbone node) deb nomlanadi. Misol tariqasida mahalliy tarmoqlarning marshrutizator yordamida markaziy nuqtada birlashishini keltirsak bo‘ladi. Tayanch tugun oxirgi punkt segmenti yoki bitta daraja segmentlari o‘rtasida yuklamani qayta taqsimlaydi, bu yo‘l bilan yuqoriroq darajadagi segmentnm tashkil qiladi va uning chegara ortiga yo‘naltiriladigan oqimlarni konsentratsiya qiladi.
Taqsimlangan tarmoq bog‘liqlik ierarxiyasidagi yuqori daraja tayanch tarmog‘ini transport tarmoq (transport network) deb atashadi. U yuklamani ancha sekin segmentlar bo‘lmish mintaqaviy va mahalliy darajaga uzatadigan yuqori tezlikli trakt (segment) tizimi ko‘rinishida amalga oshiriladi.
«Transport tarmog‘i» atamasi segmentning masshtabini emas, balki funksionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog‘i texnologiyalarni qo‘llab tashkil qilingan katta bo‘lmagan hududiy tarmoqlarning tayanch tarmoqlarini aksariyat hollarda transport tarmoqlari deb ataladi. Barcha vaziyatlarda segmentlarning transport magistrali bilan birlashishi uning oxirgi punktlari bo‘lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi.
Funksionallikni kompozision tamoyil sifatida qabul qilib, kirish tarmog‘i (Access Network) deb transport tarmog‘iga kirish punkti bilan o‘zaro bog‘langan axborot tarmoqni hududiy taqsimlangan oxirgi punktlari traktini tashkil qiladigan segment yoki segmentlar yig‘indisiga aytiladi (3.7-rasm). Xususan, servis tuguni bilan foydalanuvchilarning terminal tizimlari o‘zaro ta'sir qiladigan tarmoq segmenti abonent kirish tarmog‘i (customer access network) deb ataladi.
Transport tarmoqlari va kirish tarmoqlari funksional belgilari bo‘yicha mustaqil tuzilma komponentlari, ya'ni telekommunikasion tarmoqning funksional segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin.
Axborot tarmog‘i konsepsiyasida axborot va hisoblash resurslariga kirishni taqdim etuvchi ishchi tizimlar bilan foydalanuvchilarni terminal tizimlarning o‘zaro ta'sirini ta'minlab beruvchi telekommunikasion tarmoq segmentlari yig‘indisi uzoqlashgan kirish (remote access) sifatida tavsiflanishi mumkin. Uni amalga oshirish uslublari global aloqalarni tashkil qilish sxemalari va ishlatilayotgan dasturiy mahsulotlar funksiyalari bilan ahamiyatli farqlanishi mumkin.
Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish platformasini tashkil qilish ham tarmoq komponentlarini vazifalari bo‘yicha birlashtirishga asoslangan. Xizmatlar ko‘rsatishning yagona platformasini tashkil qilishda xizmatlarni yetkazib beruvchi va aloka operatorlarini birlashtiruvchi global kommunikasiyalar segmentining yig‘indisi baza tarmog‘i (Core Network) deb ataladi.
3.7.-rasm. Access va Core tarmoqlarini ko’rinishi
Turli o‘lchamdagi (butun tarmoqdan alohida fragmentgacha) texnologik ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarning keskin rivojlanishida axborot tarmoqlarining evolyusion rivojlanishi tufayli paydo bo‘ldi. Bunday segmentlarning mavjudligi xizmatlar ko‘rsatishning yagona mul'tiservisli platformaga o‘tish davri uchun xosdir. Ularni funksional-texnologik belgilar bo‘yicha tasniflab, quyidagi tushunchalar ishlatiladi: analog tarmoq, raqamli tarmoq, ISDN tarmog‘i, IP-tarmoq, SDH tarmog‘i, FR(Frame Relay) tarmog‘i, ATM tarmog‘i va boshqalar (3.8.-rasm IPTV tarmog’i keltirilgan).
3.8.-rasm. IPTV tarmog’ida komponentlar va tarmoq elementlari
Do'stlaringiz bilan baham: |