Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari:
- kommutatorlarning buferlaridagi xalaqit tarmoq holatiga bog’liq bo’lganligi sababli foydalanuvchilararo uzatish tezligining noaniqligi;
ma’lumot paketlarining o’zgaruvchanligi;
buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma’lumot
(paketlar) yo’qolishi.
Paketli kommutatsiya paytida qaysi qurilmalar ishlatiladi-Paketlar tarmoqning bitta tugundan ikkinchi tugunga bir biridan mustaqil ravishda umumiy qoidalar bo’yicha uzatiladi. Paketni qayta ishlash protsedurasi faqat unda bo’lgan parametrlar va tarmoq xolati bo’yicha aniqlanadi. Uzatilgan paketlar bo’yicha axborot tarmoq tomonidan saqlanmaydi va buni paket qayta ishlash paytida nazarga olinmaydi. Xar bitta alohida paket tarmoq tomonidan mustaqil uzatish birligi deb ko’rib chiqiladi – deytagramma. Paket uzatishi bo’yicha qarori kommutatsiya (marshrutizatsiya) jadvali asosida qabul qilinadi, bu ma’lumot bo’yicha keyingi tranzit (oxirgi) tugun marshrut aniqlanadi.
Logik ulanishni o’rnatish bilan uzatish – bu xost– uzatuvchi va xost– qabul qiluvchi paket almashish jarayonning bir nechta parametrlari tarmoq ikkita oxirgi tugunlar kelishuv protsedurasi borligi xisoblanadi.
Ulanishni initsiator tuguni qabul qiluvchi tugunga ulanishni o’rnatish taklifi bilan xizmat paketini yuborad.
Bu protsedura qo’yidagida aniqlanadi:
>Ulanishni initsiator tuguni qabul qiluvchi tugunga ulanishni o’rnatish taklifi bilan xizmat paketini yuboradi.
>Agar qabul qiluvchi tuguni bu bilan rozi bo’lsa, ulanishni o’rnatishni tasdiqlaydigan va bu logik ulanish chegarada ishlatiladigan bir nechta parametrlarni taklif qiladigan boshqa xizmat paketi yuboriladi.
>Ulanishni initsiator tuguni uchinchi xizmat paketi yuborganida ulanishni o’rnatish jarayonni tugatish mumkin, unda taklif qiladigan parametrlar unga mos tushadi deb xabar beradi.
Virtual kanal bu nima?- Virtual kanalini o’rnatish – maxsus paketni manba tugunidan jo’natish - ulanishni o’rnatish so’rovi (qo’yiladigan shu virtual kanal yuboradigan adresi va oqim metkasi uchun);
Tarmoq bo’yicha o’tish paytida so’rov xar bitta kommutatorda yangi yozuv shakllantiradi, bu yozuv berilgan metkaga ega bo’lgan paketni kommutator qanday xizmat qo’rsatish kerakligini ko’rsatadi;
Shakllantirilgan virtual kanali shu metka bilan identifikatsiyalanadi;
Virtual kanal o’rnatganidan keyin tarmoq kerakli ma’lumot oqimlarni bu kanal bo’yicha yuborishi mumkin;
Kirish interfeysga paket qabul qilinganidan keyin kommutator paket boshidan metkani o’qiydi va o’zini kommutatsiya jadvalini ko’rib chiqadi, bu jadval bo’yicha paketni qaysi chiqish portiga yuborishni aniqlaydi.
«Kompyuter tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari?
Kompyuter tarmoqlari nima?- Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Kompyuter tarmog’i – axborot uzatish liniyalari bilan bog’langan ikki va undan ortiq kompyuterlardan tashkil topgan bo’ladi. Axborot uzatish tezligi (kanalning o’tkazish qobiliyati) – bir soniyada bit axborot miqdori (bit/s) va o’lchov birliklari (kbit/s, Mbit/s, Gbit/s):
1 kbit/s = 1024 bit/s;
1 Mbit/s = 1024 Kbit/s;
1 Gbit/s = 1024 Mbit/s.
Kompyuter tarmoqlari ko’pgina belgilariga asosan tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi). Kompyuter tarmoqlarini tasniflashda asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
tarmoqning texnologik xususiyatlari;
tashkiliy mezonlari;
funktsional roli va tarmoq tarkibi.
Tarmoqning texnologik xususiyatlari nuqtai nazaridan tarmoq quyidagi belgilarga tasniflanadi:
hududni qoplashi;
uzatish muhit turi;
topologiyasi;
kommutatsiya usuli;
paketlarni harakatlash usuli.
Global tarmoq ta’rifi.- Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog’i xisoblanadi. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Nechta va qanday asosiy topologiyalar mavjud?- Kompyuter tарmоg’i topologiyasi - deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |