Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi;
yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi;
halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan.
Hub va Switch qurilmalarini tushuntiring?
Xab (Сетевой концентратор---Hub — центр) – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo’lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo’yicha yetti pag’onaga bo’ladigan bo’lsak, xab birinchi pag’onaga to’g’ri keladi. Xab 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o’zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda xabga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatildi. shu portda signallarni yo’qotilishi sodir bo’ladi. Chunki xab yarimdupleks rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Xab shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to’liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalni nusxasini olib yuborish xab ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko’payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo’qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari xabning FIK kamayib boradi.
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag’onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan switch – bu kommutator, bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog’lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo’lib, to’liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo’yicha signalni jo’natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAС adresini o’zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo’lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo’lmasa 10 – portni 20 – portga translyastiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo’llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Token–Ring tаrmоg‘ini tushintirib bering. Token-Ring-тармоғи технологияси IBM фирмаси томонидан таклиф қилинган. Token-Ring тармоққа IBM томонидан ишлаб чиқилган барча турдаги компьютерларни (шахсий компьютердан катта компьютергача) бирлаштирган. Token-Ring тармоғида юлдуз-ҳалқа топологияси ишлатилади. 1985 yili IBM firmаsi tоmоnidаn Token – Ring tаrmоg‘i tаklif qilindi (birinchi vаriаntlаri 1980 yillаrdа sаvdоgа chiqаrilgаn). Token – Ring tаrmоg‘ining vаzifаsi IBM firmаsi ishlаb chiqаrаyotgаn hаmmа turdаgi kоmpyutеrlаrni (оddiy shахsiy kоmpyutеrlаrdаn tо kаttа EHM gаchа) birlаshtirish edi. Kоmpyutеr tехnikаsini dunyo miqyosidа eng ko‘p ishlаb chiqаruvchi vа eng оbro’li IBM firmаsi tоmоnidаn tаklif qilingаn Token – Ring tаrmоg’igа e’tibоr qilmаslikning sirа hаm ilоji yо’q аlbаttа. Muhimi shundаki hоzirgi vаqtdа Token – Ring xаlqаrо stаndаrt IEEE 802.5 sifаtidа mаvjud. Bu hоlаt Token – Ring tаrmоg’ini Ethernet tаrmоq mаvqеi bilаn bir o‘ringа qo‘yadi, аlbаttа. Tаshqi ko‘rinishidаn «yulduz» tоpоlоgiyasini eslаtsа hаmki Token – Ring tаrmоg‘idа «hаlqа» tоpоlоgiyasidаn fоydаlаnilgаn. Bu аlоhidа оlingаn оbеktlаr (kоmpyutеrlаr) tаrmоqqа to‘g‘ri ulаnmаy, mахsus kоnsеntrаtоrlаr yoki egа bo’lishning ko‘p stаnsiyali qurilmаlаri (MSAU yoki MAU - Multistation Access Unit) yordаmidа ulаnаdilаr. Shuning uchun tаrmоq jismоnаn yulduz - hаlqа tоpоlоgiyasidаn tаshkil tоpgаn bo‘lаdi. Aslidа esа bаribir hаlqаgа birlаshtirilgаn bo’lаdilаr, ya’ni ulаrdаn hаr biri ахbоrоtni bir tаrаfdаgi qo’shnisidаn оlib, ikkinchi tаrаfidаgi qo’shnisigа uzаtаdilаr.
Do'stlaringiz bilan baham: |