Kompyuter tarmoqlari: dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari



Download 32,95 Kb.
Sana29.01.2017
Hajmi32,95 Kb.
#1331

Kompyuter tarmoqlari: dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari




Reja:




  1. Kirish

  1. Lokal va global kompyuter tarmog’i

  2. Virus dasturlar haqida tushuncha

  3. Dasturiy, yuklanuvchi,makro va tarmoq viruslari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Ushbu mustaqil ishni yozar ekanman, Komyuter tarmoqlarining rivojlanishi virus dasturlar rivojlanishining tezlashishiga olib kelgani aytib o’tmoqchiman. Ayniqsa global tarmoqlarning ommalashishi virusli dasturlarning ko’payishiga sabab bo’la boshladi. Shu sababdan ushbu mustaqil ishimda viruslar haqida mulohaza olib borishdan avval tarmoqlar haqida tushunchalar bermoqchiman.

Tarmoqlar — bu tezda murojaat qilsa bo’ladigan ma’lumotning cheksiz olamidir.

Firmani samarali boshqarish tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz kuzatmasdan va o’zining filiali va xodimlari faoliyatini tezkor o’zaro muvofiqlashtirmasdan iloji yo’qdir.

Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko’pincha bir-biridan hudud jihatdan uzoqlashgan ko’p sonli turli xil mutaxassislarning boshqarishda birgalikda qatnashishini talab еtadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o’zaro harakatlanish tizimini tashkil еtishning markazita taqsimlangan axborot-hisoblash tizimlari quyilishi kerak.

Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash — hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko’rinishiga еga bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lmagan, lekin o’zaro bog’langan kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir.

Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma’lumotni teleqayta ishlash tizimlari va ko’p mashinali hisoblash tizimlari bo’lgan еdi.

Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari — bu axborot-hisoblash tizimi bo’lib, ularda, aloqa kanallari bo’yicha qayta ishlash markazita kelib tushuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi.

Ko’p mashinali hisoblash tizimlari — bu bir nechta bir xil yoki mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarni o’z ichiga olgan tizim bo’lib, unda kompyuterlar bir-biri bilan ma’lumotlarni almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo’yicha bog’langan. Aloqa kanallari bo’yicha bog’langanda gap ma’lumot-hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi.

Lokal kompyuter tarmog’i

Hududiy taqsimlanishi jixatidan kompyuter tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin.

1. Lokal tarmoqlar (LAN–Local Area Network), bir korxona, muassaning bir yoki bir nechta yaqin binolardagi ob‘ektlarni boglaydi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar orasidagi masofa uncha katta emas, agar radiokanal aloqasidan foydalansa 20 kmni tashkil qiladi.

Lokal tarmoqda kompyuterlarni birlashtiruvchi sim (kabel) sifatida qalin koaksil, ingichka koaksil, juft-juft qilib o’ralgan (toking Ring «vitaya para») optik to’qima (tola) simlari ishlatilishi mumkin.

Kompyuter tarmog’i maxsus operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Hozir ko’p ishlatilayotgan Windows-XP, 7 8 operatsion tizimlari tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkonini beruvchi dasturlar mavjud.

Lokal kompyuter tarmoqlari boshqa kompyuter tarmoqlari turlaridan quydagi xususiyatlari bilan farq qiladi:



  1. O’zining o’lchamlari ;

  2. Axborot almashish texnologiyasi bilan;

  3. Topologiyasi (tuzilishi) bilan

Lokal kompyuter tarmog’ining o’lchamlari uncha katta bo’lmaganligi sababli, ular o’ziga xos dizayniga ega bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda ular bitta kabeldan tashkil topgan axborot tashish texnologiyasiga ega bo’ladi. Lokal kompyuter tarmog’ining axborot uzatish tezligi 10 Mb/sek dan 100 Mb/sekgacha bo’ladi.

Hozirgi kunda gigabit lan tarmoqlar ham, maxsus sohalarda ko’p qo’llanilmoqda

Lokal kompyuter tarmog’ining topologiyasi ko’p hollarda quyidagi ikki ko’rinishga ega bo’ladi: to’g’ri chiziqli topologiya va aylana ko’rinishli topologiya. Bunday bir topologiyada istalgan kompyuter ishlab turgan bo’lishi mumkin, hozirgi onda ishlab turgan, ya‘ni tarmoqqa axborot jo’natayotgan kompyuter мастер deyiladi.

Master ishini qolgan kompyuterlar kutib turadi. Shuning uchun 2 ta kompyuter bir vaqtning o’zida axborot jo’natish hollarini bartaraf etish rejimi statsionar va dinamik rejim bo’lishi mumkin. Axborot jo’natish mexanizimi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan bo’lishi mumkin. Har qanday kompyuter tarmog’idan foydalanishning shu tarmoqqa xos qoidalari, ya‘ni protokollari ishlab chiqilgan.

2. Shahar miqyosidagi kompyuter tarmoqlari (Metropolitian Area Networks MANs).

Shahar miqyosidagi kompyuter tarmoqlari umuman olganda Lokal kompyuter tarmoqlariga o’xshash bo’lib, ishlash texnologiyasi deyarli bir xil.

Odatda MANlarga qo’shni ofislar birlashtiriladi. Yoki shahar miqyosidagi korxonalar ofislari birlashtiriladi. MANlar xususiy tarmoqlar bo’lishi mumkin. MANlarni Lokal televizion tarmoqlarga ham ulash mumkin. MANlarning alohida kategoriyalariga bo’linishi sabab shundaki, ular uchun xalqaro standartlar ishlab chiqilgan. Bu standartning nomi DQDB (Distributed Queue Dual Bus)-tarkatilgan navbat ikqilangan kanal, magistral. DQDB –standarti bo’yicha kompyuterlarni tarmoqqa ulash sxemasi quydagicha bo’ladi. Bu sxema 2 ta bir xil magistrantdan iborat bo’lib, bo’larga tarmoqqa kiradigan kompyuterlar kiradi. Har bir magistral axborotlarni jo’natish qurilmasiga ega bo’ladi. Bu qurilma head–end (boshi-oxiri) deyiladi.

Har bir kompyuterdan bu kompyuter o’ng tomonga joylashgan kompyuterlarga axborot jo’natish uchun yuqori magistraldan foydalanishga to’g’ri keladi. Chap tomondagi kompyuterlarga ma‘lumot yuborish uchun esa quyi magistraldan foydalanish kerak.

MANlarni asosiy xususiyati shundan iboratki, axborotlarni keng ko’lamda tarqatish imkoniyatlari bor, bu kompyuter tarmog’i o’ziga xos dizaynerga ega bo’ladi. MANlarni topologiyasi regulyar (to’g’ri) sxemada bo’ladi.

Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WANs )

Texnologiyasi, miqyosi bilan kompyuter tarmoqlari bir–biri bilan farq qiladi. Odatda keng zonali kompyuter tarmoqlari bir kichikroq mamlakat, yoki kichikroq qit‘a miqyosida ishlatiladi.

WANlar foydalanuvchilar masalalarini yechishga mo’ljallangan kompyuterlar kollektsiyasidan tashkil topadi. Kelgusida bu kompyuterlarni asosiy kompyuterlar yoki (host computers) host deb yuritamiz.

WAN larda host (asosiy) kompyuterlar bir-biri bilan komunikatsiya tizim osti deb ataluvchi tizim osti bilan ulanadi. Kompyuter tarmog’ining kommunikatsiya tizim osti subnet deb ataladi.

Subnetning asosiy vazivasi–tarmoqdagi asosiy kompyuterlar orasida aloqa o’rnatishdan, ya‘ni tarmoqdagi bir kompyuterdan ikkinchi asosiy kompyuter axborot uzatishdan iboratdir. Keng zonali kompyuter tarmoqlarida–WANlarda quydagi ikkita tushunchani ajratib takidlab o’tamiz.


  1. Aloqa tarmoqlari (Subnet)

  2. Tarmoqning amaliy masalalarini yechishda qo’llaniladigan qismi, ya‘ni host (asosiy) kompyuterlar.

Bu 2ta tushunchani bir-biridan ajratish WANlarni loyxalashni, ya‘ni ularni dizaynini soddalashtirish imkoniyatini beradi. Ko’p hollarda komutatsiya yoki aloqa Subneti quydagi 2ta har xil kompyuterlardan iborat bo’ladi:

1. Uzatish tarmoqlari (liniya peredachi)

2. Boshqa aloqa tarmog’iga ulash elementlari.

Uzatish tarmoqlarining vazifasi aloqa axborotlarini uzatish,ya‘ni bitlarni uzatishdan iborat).

Axborotlarni bitta asosiy kompyuterdan boshqa asosiy kompyuterlarga o’zatiladi. Bu alohida aloqa tarmog’ining vazifasi. Bitta aloqa tarmog’ini boshqa aloqa tarmog’i bilan ulaydigan elementlarning vazifalari bir aloqa tarmog’ini boshqa aloqa tarmog’i bilan ulashdan iboratdir. Bu vazifani, ya‘ni bir tarmoqni ikkinchi tarmoq bilan ulash vazifasini maxsus moslashtirilgan kompyuterlar bajaradi. Tarmoqlarni ulash elementiga kiruvchi tarmoqdan axborot kelganda ulash elementi kelgan axborotni jo’natish uchun chiqish tarmog’ini tanlashi kerak. Tarmoqlarni ulaydigan kompyuterlarni router deb qabul qilamiz.

Router – yo’naltiruvchi, marshrutizator degan manoni bildiradi.

Lekin asosiy kompyuterlar har doim LANlarga ulangan bo’lishi shart emas. Agar bitta router dan jo’natilgan axborot,ikkinchi router yetib borishi uchun orada 2-3 ta routerlardan utsa, tabiyki, jo’natilgan axborot oralikdagi routerlarga kelib kiradi. Ma‘lumki bu oralik routerda saqlanib turishi mumkin, keyin chiqish yo’li bush bo’lganda jo’natiladi. Axborotni bir routerdan boshqaga yetib borish modeli 2 nuqtali model deyiladi (Point to point). Bu modelda axborot jo’natuvchi va axborot qabul qiluvchi bor.

Katta xajmga ega bo’lmagan axborotlar va o’zaro teng bo’lgan axborotlar adabiyotda cellelar deyiladi. Keng zonali kompyuter tarmog’ining WANlarni topologiyasi irregulyar (noto’g’ri) sxemada bo’ladi.


Virus dasturlar haqida tushuncha


Kompyuter viruslari. Bu nima va unga qarshi qanday kurashish kerak? Bu mavzuga o’nlab kitoblar va yuzlab maqolalar yozilgan. Kompyuter viruslariga qarshi minglab professional mutaxassislar ko‘plab kompaniyalarda ish olib borishmoqda. Bu mavzu o’ta qiyin va muhimki ko‘p e’tiborni talab qilmoqda. Kompyuter virusi informatsiyani yuqotish sabablaridan biri va asosiysi bo‘lib qolmoqda. Viruslar ko‘plab tashkilot va kompaniyalarni ishlarini bo’zishga olib kelganligi ma’lum. Shunday ma’lumotlar mavjudki, Niderlandiya gospitallaridan birida bemorga kompyuter quygan tashxis buyicha iste’mol qilingan dori oqibatida bemor olamdan o’tgan. Bu kompyuter virusining ishi bo’lgan.

E’tiborsizlik bilan qilingan ishdan kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi o’zgarishi, vazni o’zgarishi, holsizlanish va og’rikning paydo bo’lishi kuzda tutiladi. Kompyuter virusi bilan zararlangan kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, fayllarsi xajmi o’zgaradi, g’ayritabiiy va ba’zi bir noma’lum xatoliklar, ma’lumotlar va sistema fayllari yuqotilishi. Ba’zi viruslar zararsiz ko‘payadi, lekin qurqinchli emas. Bu viruslar ekranga xato ma’lumot kikaradi. Ammo, bir turdagi viruslar xujum qiluvchi, ya’ni, yomon asoratlar qoldiruvchi xisoblanadi. Masalan, viruslar qattiq diskdagi informatsiyalarni o‘chirib tashlaydi.

Mashxur «doktor» lardan biri D.N.Lozinskiy virusni kotibaga uxshatadi.

Tartibli kotibani faraz qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak bulgan ishlarni - qog‘ozlar qatlamini ko’radi. U bir varog’ni ko‘paytirib bir nusxasini o’ziga ikkinchisini keyingi qo’shni stol ga qo’yadi. Keyingi stoldagi kotiba ham kamida ikki nusxada ko‘paytirib, yana bir kotibaga o’tkazadi. Natijada kontoradagi birinchi nusxa bir necha nusxalarga aylanadi. Ba’zi nusxalar yana ko‘payib boshqa stollarga xam o’tishi mumkin.

Kompyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, fakat qog‘ozlar o’rnida endi dasturlar, kotiba bu - kompyuter. Birinchi buyruq «kuchirish-nusxa olish» bo’lsa, kompyuter buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o’tib oladi. Agar kompyuter biror zararlangan dasturni ishga tushirsa virus boshqa dasturlarga tarqalib borib butun kompyuterni egallashi mumkin.

Agar bir dona virusning ko‘payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan keyin bu 1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrog’i kompyuter xotirasidagi bush joylarni band qilishi mumkin.

Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada sodir bulgan. Global tarmoq orqali uzatilayotgan axborot orkali virus bir kompyuterdan boshqasiga o’tib yurgan. Bu virus Morris virusi deb atalgan.

Ma’lumotlarni virus qanday yo’q qilishi mumkin degan savolga shunday javob berish mumkin:

1. Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko‘payib o’tib oladi;

2. Kalendar buyicha 13-sana juma kunga to’g’ri kelsa

hamma hujjatlarni yo’q qiladi (o’chiradi).

Buni hammaga ma’lum «Jerusalem» («Time» virusi xam deb ataladi) virusi juda «yaxshi» amalga oshiradi.

Ko‘p xollarda bilib bo’lmaydi, virus qayerdan paydo bo’ldi.

Kompyuter viruslari - ko‘payuvchi, dasturlarni {|S||ga ko’chib olishi, yomon oqibatlar keltirib chiqaruvchi dasturlardir. Lekin ular qat’iy bir ko’rinishda bo’lishi belgilab quyilmagan.

Virusni Aniqlanishi shundagi, u kompyuter sistemasida joylashib va ko‘payib borishiga bog‘liq. Misol uchun, nazariy jihatdan operativ sistemada virus davolab bo’lmaydi. Bajaruvchi kodning soxasini tuzish va o’zgartirish ta’qiqlangan sistema misol bo’lishi mumkin.

Virus hosil bo’lishi uchun bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma’lum bir sharoitda shakllanishi kerak. Kompyuter virusining xossalaridan biri o’z nusxalarini kompyuter tarmoqlari orqali bajariluvchi obyektlarga kuchiradi. Bu nusxalar ham o’z-o’zidan ko‘payish imkoniyatiga ega.

Dasturiy, yuklanuvchi, makro va tarmoq viruslari

Hozirgi kunda kompyutеr viruslari g‘arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil dasturlarni olib kеlib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Kompyutеr viruslarini dasturli viruslar dеb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.



Dasturli virus dеb avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o‘z – o‘zidan qushiluvchi, ishga qodir va kompyutеr tarmoqlari va alohida kompyutеrlarda o‘z – o‘zidan tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan dasturga aytiladi.

Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar dеyiladi.

Virus

Xavfsiz


Xavfli

Juda xavfli

Fayllar tarkibini buzmaydigan

Fayllar tarkibini buzadigan

Qurilmalarni buzadigan

Operator sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi



Zararlangan disk – bu ishga tushirish sеktorida virus dastur joylashib olgan diskdir.

Hozirgi paytda kompyutеrlar uchun ko‘pgina noqulayliklar tug‘dirayotgan har xil turlardagi kompyutеr viruslari kеng tarqalgan. Shuning uchun ham ulardan saqlanish usullarini ishlab chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 65000 dan ko‘p bo‘lgan virus dasturlari borligi aniqlangan. Bu viruslarning katta guruxini kompyutеrning ish bajarish tartibini buzmaydigan, ya’ni «ta’sirchan bo‘lmagan» viruslar guruxi tashkil etadi.

Viruslarning boshqa guruxiga kompyutеrning ish tartibini buzuvchi viruslar kiradi. Bu viruslarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: xavfsiz viruslar (fayllar tarkibini buzmaydigan), xavfli viruslar (fayllar tarkibini buzuvchi) hamda juda xavfli viruslar (kompyutеr qurilmalarini buzuvchi va opеrator sog‘ligiga ta’sir etuvchi). Bu kabi viruslar odatda profеssional dasturchilar tomonidan tuziladi.

Kompyutеr virusi – bu maxsus yozilgan dastur bo‘lib, boshqa dasturlar tarkibiga yoziladi, ya’ni zararlaydi va kompyutеrlarda o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshiradi.

Kompyutеr virusi orqali zararlanish oqibatida kompyutеrlarda quyidagi o‘zgarishlar paydo bo‘ladi:

• ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi;

• bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o‘zgaradi;

• ekranda anglab bo‘lmaydigan bеlgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo bo‘ladi;

• kompyutеrning ishlashi sеkinlashadi va tеzkor xotiradagi bo‘sh joy hajmi kamayadi;

• disk yoki diskdagi bir nеcha fayllar zararlanadi (ba’zi hollarda disk va fayllarni tiklab bo‘lmaydi):

• vinchеstеr orqali kompyutеrning ishga tushishi yuqoladi.



Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sеktorlarini va еxе, som, sys va bat kеngaytmali fayllarni zararlaydi. Hozirgi kunda bular qatoriga Ofis dasturlari yaratadigan faylarni ham kiritish mumkin. Oddiy matnli fayllarni zararlaydigan viruslar kamdan – kam uchraydi.

Fayllar tarkibini buzmaydigan viruslar

Tеzkor xotira kurilmasida ko‘payuvchi

Opеratorni ta’sirlantiruvchi

Tarmoq viruslari



Opеratorni ta’sirlantiruvchi

Kurilmalarni ishdan chikaruvchi

Tеrminalda xabar chikaruvchi

Tovushli effеktlarni xosil kiluvchi

Ish tartibini uzgartiruvchi

- protsеssor







- klaviatura

- xotira

- matnli

- oxang




- MD,vinchеstеr







- displеy

- printеr

- grafikli

- nutk sintеzi




- port PS-232







printеr

Displеy




- maxsus effеktlar




- klaviatura







- port PS-232

Kompyutеrning viruslar bilan zararlanish yullari quyidagilardir:

1. Diskеtlar orqali.

2. Kompyutеr tarmoqlari orqali.

3. Boshqa yullar yuk.



Fayl tarkibini buzuvchi viruslar

Foydalanuvchining ma’lumotlari va dasturlarni buzuvchi

Tizim ma’lumotlarini buzuvchi

Dasturlarni buzuvchi

Ma’lumotlarni buzuvchi

Disk soxasini buzuvchi

Formatlash

Tеzkor tizim fayllarini buzuvchi

Dasturning boshlangich yozuvlarini buzuvchi

Ma’lumotlar bazalarini buzuvchi

Diskning mantikiy tarkibini buzish







Bajariluvchi dasturlarni buzuvchi

Matnli hujjatlarni buzuvchi

Ma’lumot tashuvchilarning tarkibini buzuvchi







Kompilyatorlarning kism dasturlar tuplamini buzuvchi

Grafik tasvirlarni buzuvchi













Elеktron jadvalni buzuvchi










Opеrator va qurilmalarga ta’sir etuvchi viruslar

Qurilmalarni buzuvchi

Opеratorga ta’sir etuvchi

Displеyning Lyuminafor qatlamini kuydiruvchi

Kompyutеrlarning mikrosxеmasini ishdan chiqaruvchi

Printеrni ishdan chikaruvchi

MDni buzuvchi

Opеrator tеxnikasiga ta’sir etuvchi

Hozirgi paytda hazil shaklidagi viruslardan tortib to kompyutеr qurilmalarini ishdan chiqaruvchi viruslarning turlari mavjud.

Masalan. Win 95.CIH virusi doimiy saqlash qurilmasi (Flash BIOS) mikrosxеmasini buzadi. Afsuski, bu kabi viruslarni yuq qilish uchun, faqat ular uz g’arazli ishini bajarib bo‘lgandan so‘nggina, qarshi choralar ishlab chiqiladi. Win 95.CIH virusiga qarshi choralarni ko‘rish imkoniyati Dr.Web dasturida mavjud.



Algoritmning ahamiyatiga qarab viruslar qo’yidagi gruppalarga bo’linadi:
1. «Hamjixat-yuldoshlar» - fayllarni o’zgartirmaydigan viruslar. Bu viruslar EXE kengaytmali fayllarga qo’shimcha nusxa olib, bu nusxani .som yoki .bat kengaytmali fayl qilib yozib qo’yadi. Bunday faylga murojaat etilganda birinchi .com yoki .bat kengaytmali fayl ishga tushadi so’ngra esa virus .exe kengaytmalisini ishga tushirib yuboradi.

2. "Chuvalchang-luqmalar" - bu viruslar kompyuter setlariga tarkaydi, fayl va disk sektorlarini o’zgartirmaydi. Ular kompyuter seti orqali xotiraga kiradi. Boshqa viruslar adreslarini topib ularga o’z nusxalarini yozib quyadi. Bunday viruslar ba’zida fayllar tuzadi, lekin umuman kompyuter resurslariga murojaat qilmaydi.

3. "Parazit" viruslar - nusxalarini disk sektori va fayllarga o’zgartirib tarqatadi. Bu viruslar yuqoridagilardan farqlanadi.

4. "Talaba" viruslari - juda ko‘p xatoliklar keltirib chiqaruvchi hisoblanadi. Ular har-xil harflarni paydo qilishi kutiladi.

5. "Kurinmas Stels" virusi - uzining imkoniyatidan kelib chikib operativ sistemada fayllarni zararlantirib uz urniga boshqa ma’lumotlarni kuyib "qochib qoladi". Bu viruslar AVP (antivirus programmalari) ni aldab ketadi.

6. "Polimorfik-ajina-mutantlar" virusi -yetarlicha tutish qiyin bulgan viruslar hisoblanadi. Ular Aniq bir joyda turmaydi (kuchib yuradi). Ko‘p xollarda polimorfik viruslar o’zining bir xil nusxasiga ega bo’lmaydi.

7. "Troyan otlari" virusi - kerakli dasturlar ichiga kirib olib har bir buyruq berilganda qaqshatgich zarba bera oladi. U kompyuter va uning setlari orqali ko‘payib sezilarli zararlarni paydo qiladi.

8. "Makro" viruslari - asosan ma’lumotlarn kayta ishlashga tuskinlik kiladi va matn muharrirlariga zarar yetkazadi. Xozirgi vaktda Microsoft Word, Exsel va Access muharrirlarida tayyorlangan hujjatlarda ko‘plab uchrab turadi.


Xulosa

  • Elektron pochtadagi, ayniqsa, notanishlardan kelgan xabarlarga ham judayam ehtiyotlik bilan yondashib, sal shubhalangan xabarlarni ham ochmasdan olib tashlang va xabarni jo’natgan shaxs bilan bog’laning va u jo’natgan xabarda virus yo’q bo’lishiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, antivirus dastur hamma elektron pochta orqali kelayotgan xabarlarni tekshirayotganligiga amin bo’lish kerak.

  • Antiviruslarni yaxshi tarafi shundaki, sifatli yaratilgan dastur hamma ma’lum bo’lgan viruslarni aniqlash xususiyatiga ega. Lekin virusning ma’lumotlar bazasini tez-tez yangilab turish kerak, chunki antivirus dasturi yangi chiqib kelayotgan zararali dastur kodlari bilan qanday kurashish kerakligini bilishi shart.

Adabiyotlar ro’yxati:

  • «Iqtisodiy informatika» S.S.G‘ulomov va boshqalar S.S.G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «Sharq», 1999.- 546 b

  • “Axborot tizimlari va texnologiyalari”: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik//Mualliflar jamoasi: S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshk./; S.S.G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «Sharq», 2000.- 592 b.

  • Ayupov R.X., Ismoilov S.I., Ayupov X.R. Xususiy kompyuterlarda ishlash. “Microsoft Word 2000 matn muharriri”. – T.: TMI, 2002. 124 bet

  • Maraximov A.R., Rahmonqulova S.I. “Internet va undan foydalanish asoslari.“ O‘quv qo‘llanma.-T.:Toshkent davlat texnika universiteti nashriyoti, 2001.–176 b.

  • G‘ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari – T.: «Sharq», 2000

  • Aripov M.M, Muxammadiyev J..U “Informatika va informatsion texnologiyalar”. O‘quv qullanma. Toshkent shaxri, 2005 yil.

  • Makarova “ Informatika “ Toshkent sh 2005 yil.

  • Ermatov SH “Shaxsiy kompyuterlarning operatsion tizimlari,kurilmalari va vositalari”. Toshkent 2007 yil.

  • Zakirov F.I dr.Informatika i informatsionniye texnologii”.Tashkent 2007 g.

  • Simonovich S.V. i drugiye. Obshaya Informatika. Uchebnoye posobiye. – M.: Izdatelstvo «ASTPress», 2001

  • Simonovich S.V. i drugiye. Spetsialnaya Informatika. Uchebnoye posobiye. – M.: Izdatelstvo «ASTPress», 2001

  • Simonovich S.V. i drugiye. Internet – laboratoriya mastera/ M, Izdatelstvo «ASTPress», 2000

  • Ostreykovskiy V.A. Informatika. Uchebnik dlya VUZ-ov – M.: «Visshaya shkola», 1999

Download 32,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish